Toshkentda fuqaro boshi bilan IIB xodimiga zarba berdi. Jinoyat ishi ochildi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent shahri Yangihayot tumanida fuqaro ichki ishlar xodimiga boshi bilan zarba berdi.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Internet tarmog‘ida fuqarolar va ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokidagi holat videosi tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
28 avgust kuni Yangihayot tumani IIO FMB patrul-post xizmati xodimlari safdor Hikmatilla I. va Farxodjon X.lar Yangihayot tumani Sputnik 15 massividagi 12-son avtobus parki yaqinida tungi vaqtdagi piyoda patrullash davomida hatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otgan ikki nafar fuqaro – 27 yoshli Tursunboy N. va 30 yoshli Ulug‘bek G.larni ko‘rib qolishdi. Xodimlar fuqarolarning yoniga kelib, o‘zlarini tanishtirgach, jamoat joyida niqobsiz yurish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishi haqida ogohlantirishdi. So‘ng fuqarolarning shaxslarini aniqlash maqsadida ular tuman IIO FMB ichki ishlar bo‘limiga taklif qilindilar.
Kulak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Samarqandda o‘g‘irlik qilayotgan erkak IIB xodimiga qarshilik ko‘rsatib, unga jarohat yetkazdi
Ammo yigitlar bu iltimosga javoban qo‘pol tarzda qarshilik ko‘rsatib, xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysinmadilar. Tursunboy boshi bilan safdor Hikmatilla I.ning burun qismiga zarba berib, unga badan shikasti yetkazdi. Tursunboy va Ulug‘bekning voqea joyiga yetib kelgan patrul-post xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olinish jarayoni videoga tushib qolgan. Huquqbuzarlar IIBga, jabrlanuvchi esa – tibbiyot muassasiga yetkazildi.
Mazkur fakt bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Yangihayot tumani prokuraturasiga yo‘naltirildi.
Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Tursunboy N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (“Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0