https://oz.sputniknews.uz/20210903/mirziyoev-islom-taraqqiyot-banki-bilan-hamkorlikni-rivojlantirish-boyicha-takliflar-bildirdi-20348312.html
Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirdi
Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 3 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr Toshkent shahrida boshlangan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar (ITB) kengashining... 03.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-03T07:47+0500
2021-09-03T07:47+0500
2021-09-03T07:47+0500
siyosat
islom taraqqiyot banki
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/02/20344381_0:132:1280:853_1920x0_80_0_0_264bcb071f35d6935e71b2e672567d3a.jpg
TOShKENT, 3 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr Toshkent shahrida boshlangan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar (ITB) kengashining 46-yillik yig‘ilishida mehmonlarni qutlab, O‘zbekistonning mazkur bank bilan hamkorligi, istiqboldagi muhim masalalar haqida nutq so‘zladi.Tadbir avvalida Qur’oni karim oyatlaridan tilovat qilindi."Bankning yillik anjumani Toshkentda o‘tkazilishi o‘ziga xos ramziy ma’noga ega. Biz buni O‘zbekistonning islom dunyosi rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, mamlakatda so‘nggi besh yil davomida olib borilayotgan izchil islohotlarning e’tirofi, deb hisoblaymiz", – dedi davlat rahbari.Ma’lumki, bugun dunyo mamlakatlari iqlim o‘zgarishi, yirik migratsion jarayonlar, tabiiy resurslar va oziq-ovqat yetishmovchiligi kabi sinovlarga duch kelmoqda. Shundan kelib chiqib, prezident bank faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qator takliflarni bildirdi.“G‘arbiy Afrikadan Sharqiy Osiyogacha yashil yo‘lak” nomli savdo-iqtisodiy makonni shakllantirish tashabbusi ilgari surildi. Uning amalga oshirilishi o‘zaro savdo va sarmoyaviy aloqalar kengayishga, mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan birlashishi va barqaror o‘sishiga xizmat qiladi.Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasi tomonidan moliyaviy instrumentlarni kengaytirish lozimligi qayd etildi. Bu erkin savdoni rag‘batlantirish, investitsiyaviy xatarlarni sug‘urtalash, transport va logistika infratuzilmalarini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.Koviddan keyingi davrda a’zo mamlakatlar iqtisodiyotlari rivojlanishiga innovatsion tus berish muhimligi ta’kidlandi. Jumladan, Islom taraqqiyot bankining fan, texnologiya va innovatsiyalar jamg‘armasi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, qishloq xo‘jaligiga ilg‘or ishlanmalarni joriy qilish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qayta tiklanadigan energiya va ekologik texnologiyalarni keng qo‘llash ayniqsa dolzarbdir.Shuningdek, mintaqaviy ahamiyatga ega investitsion va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish zarurligi qayd etildi."Bugungi xalqaro anjuman bank doirasidagi sherikligimizni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi va a’zo mamlakatlar xalqlarining umumiy farovonligiga katta hissa qo‘shadi", – deya ishonch bildirdi Shavkat Mirziyoyev.Tadbirda Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir ham nutq so‘zladi.Anjuman 4-sentabrgacha davom etadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210902/mirziyoev-itb-boshqaruvchilar-kengashi-yigilishida-qurondan-iqtibos-keltirdi--20342663.html
https://oz.sputniknews.uz/20210902/shavkat-mirziyoev-islom-taraqqiyot-banki-prezidentini-qabul-qildi---tafsilotlar-20342129.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/02/20344381_96:0:1233:853_1920x0_80_0_0_384bfd00ff3ebaf20f5022f5e4a489c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, islom taraqqiyot banki
siyosat, islom taraqqiyot banki
TOShKENT, 3 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr Toshkent shahrida boshlangan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar (ITB) kengashining 46-yillik yig‘ilishida mehmonlarni qutlab, O‘zbekistonning mazkur bank bilan hamkorligi, istiqboldagi muhim masalalar haqida nutq so‘zladi.
Tadbir avvalida Qur’oni karim oyatlaridan tilovat qilindi.
"Bankning yillik anjumani Toshkentda o‘tkazilishi o‘ziga xos ramziy ma’noga ega. Biz buni O‘zbekistonning islom dunyosi rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, mamlakatda so‘nggi besh yil davomida olib borilayotgan izchil islohotlarning e’tirofi, deb hisoblaymiz", – dedi davlat rahbari.
Ma’lumki, bugun dunyo mamlakatlari iqlim o‘zgarishi, yirik migratsion jarayonlar, tabiiy resurslar va oziq-ovqat yetishmovchiligi kabi sinovlarga duch kelmoqda. Shundan kelib chiqib, prezident bank faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qator takliflarni bildirdi.
“G‘arbiy Afrikadan Sharqiy Osiyogacha yashil yo‘lak” nomli savdo-iqtisodiy makonni shakllantirish tashabbusi ilgari surildi. Uning amalga oshirilishi o‘zaro savdo va sarmoyaviy aloqalar kengayishga, mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan birlashishi va barqaror o‘sishiga xizmat qiladi.
Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasi tomonidan moliyaviy instrumentlarni kengaytirish lozimligi qayd etildi. Bu erkin savdoni rag‘batlantirish, investitsiyaviy xatarlarni sug‘urtalash, transport va logistika infratuzilmalarini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.
Koviddan keyingi davrda a’zo mamlakatlar iqtisodiyotlari rivojlanishiga innovatsion tus berish muhimligi ta’kidlandi. Jumladan, Islom taraqqiyot bankining fan, texnologiya va innovatsiyalar jamg‘armasi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, qishloq xo‘jaligiga ilg‘or ishlanmalarni joriy qilish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qayta tiklanadigan energiya va ekologik texnologiyalarni keng qo‘llash ayniqsa dolzarbdir.
Shuningdek, mintaqaviy ahamiyatga ega investitsion va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish zarurligi qayd etildi.
"Bugungi xalqaro anjuman bank doirasidagi sherikligimizni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi va a’zo mamlakatlar xalqlarining umumiy farovonligiga katta hissa qo‘shadi", – deya ishonch bildirdi Shavkat Mirziyoyev.
Tadbirda Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir ham nutq so‘zladi.
Anjuman 4-sentabrgacha davom etadi.