https://oz.sputniknews.uz/20210902/tojikiston-iiv-mamlakat-afgon-qochoqlarini-qabul-qilishga-tayyor-emas-20339140.html
Tojikiston IIV: mamlakat afg‘on qochoqlarini qabul qilishga tayyor emas
Tojikiston IIV: mamlakat afg‘on qochoqlarini qabul qilishga tayyor emas
Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston IIV rahbarining ta’ikdlashicha, 20-yil ichida birorta ham xalqaro tashkilot mamlakatga qochoqlar va boshpana izlayotgan shaxslar uchun infratuzilma tashkil... 02.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-02T12:53+0500
2021-09-02T12:53+0500
2021-09-02T12:54+0500
dunyoda
tojikiston
afg‘oniston
tolibon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1a/20246666_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_b07e950000277554d1be1b6fa7c14fc7.jpg
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Bugungi kun voqeligida Tojikiston afg‘on qochoqlarining ommaviy oqimini qabul qila olmaydi. Bu haqda respublika IIV rahbari Ramazon Rahimzoda BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari vakolatxonasi (UNHCR) rahbari Mulugeta Zevdi bilan uchrashuvda ma’lum qildi.Uchrashuvda ehtimoliy afg‘on qochoqlarini Tojikiston hududiga joylashtirish masalalari muhokama qilingan.Rahimzoda so‘nggi 15-yil mobaynida Tojikiston 15 mingdan ziyod afg‘onistonlik qochoqlarni qabul qilgani va toliblar Kobuldagi hokimiyatni egallab olgandan so‘ng 5 ming nafarga yaqin afg‘on harbiylari tojik-afg‘on davlat chegarasini kesib o‘tganini ma’lum qildi.U afg‘on armiyasining askar va zobitlari Tojikiston hududida biroz vaqt bo‘lgandan keyin vataniga qaytishganiga aniqlik kiritdi.Shuningdek, u Tojikiston hukumati mamlakatning turli hududlarida ehtimoliy afg‘on qochoqlarini qabul qilish va joylashtirish uchun 70 gektar yer ajratganini ma’lum qildi.Ammo, Tojikiston IIV rahbarining ta’ikdlashicha, 20-yil ichida birorta ham xalqaro tashkilot mamlakatga qochoqlar va boshpana izlayotgan shaxslar uchun infratuzilma tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatmagan.U Tojikistonga Xatlon viloyati Jayhun tumani hududida joylashgan qochoqlarni qabul qilish va joylashtirish markazini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun ko‘mak zarurligini aytdi.Shuningdek, tojikistonlik vazir Afg‘onistondagi siyosiy noaniqlik va o‘ta salbiy gumanitar vaziyat terrorchilik tahdidi o‘sishi, qurol va narkotik kontrabandasi oqimi ko‘payishiga olib kelishi mumkinliga e’tibor qaratdi. Bu nafaqat Markaziy Osiyo mamlakatlari, balki butun jahon hamjamiyati uchun ham xafv tug‘diradi.
https://oz.sputniknews.uz/20210901/ei-afgon-qochoqlarini-qabul-qilish-evaziga-ma-davlatlariga-moliyaviy-yordam-bermoqchi---oav-20330075.html
https://oz.sputniknews.uz/20210729/tojikiston-afgon-qochoqlari-uchun-lager-qurmoqda-19875676.html
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1a/20246666_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_2adc48cf3e86b90958d50492504f14da.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, tojikiston, afg‘oniston, tolibon
dunyoda, tojikiston, afg‘oniston, tolibon
Tojikiston IIV: mamlakat afg‘on qochoqlarini qabul qilishga tayyor emas
12:53 02.09.2021 (yangilandi: 12:54 02.09.2021) Tojikiston IIV rahbarining ta’ikdlashicha, 20-yil ichida birorta ham xalqaro tashkilot mamlakatga qochoqlar va boshpana izlayotgan shaxslar uchun infratuzilma tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatmagan.
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Bugungi kun voqeligida Tojikiston afg‘on qochoqlarining ommaviy oqimini qabul qila olmaydi. Bu haqda respublika IIV rahbari Ramazon Rahimzoda BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari vakolatxonasi (UNHCR) rahbari Mulugeta Zevdi bilan uchrashuvda
ma’lum qildi. Uchrashuvda ehtimoliy afg‘on qochoqlarini Tojikiston hududiga joylashtirish masalalari muhokama qilingan.
Rahimzoda so‘nggi 15-yil mobaynida Tojikiston 15 mingdan ziyod afg‘onistonlik qochoqlarni qabul qilgani va toliblar Kobuldagi hokimiyatni egallab olgandan so‘ng 5 ming nafarga yaqin afg‘on harbiylari tojik-afg‘on davlat chegarasini kesib o‘tganini ma’lum qildi.
U afg‘on armiyasining askar va zobitlari Tojikiston hududida biroz vaqt bo‘lgandan keyin vataniga qaytishganiga aniqlik kiritdi.
Shuningdek, u Tojikiston hukumati mamlakatning turli hududlarida ehtimoliy afg‘on qochoqlarini qabul qilish va joylashtirish uchun 70 gektar yer ajratganini ma’lum qildi.
Ammo, Tojikiston IIV rahbarining ta’ikdlashicha, 20-yil ichida birorta ham xalqaro tashkilot mamlakatga qochoqlar va boshpana izlayotgan shaxslar uchun infratuzilma tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatmagan.
“Shu bois Tojikiston bugungi kun voqeiligida afg‘on qochoqlarining ommaviy oqimini qabul qila olmaydi”, - dedi Ramazon Rahimzoda.
U Tojikistonga Xatlon viloyati Jayhun tumani hududida joylashgan qochoqlarni qabul qilish va joylashtirish markazini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun ko‘mak zarurligini aytdi.
Shuningdek, tojikistonlik vazir Afg‘onistondagi siyosiy noaniqlik va o‘ta salbiy gumanitar vaziyat terrorchilik tahdidi o‘sishi, qurol va narkotik kontrabandasi oqimi ko‘payishiga olib kelishi mumkinliga e’tibor qaratdi. Bu nafaqat Markaziy Osiyo mamlakatlari, balki butun jahon hamjamiyati uchun ham xafv tug‘diradi.