O‘zbekistonlik migrantlar uchun Rossiyaga charter poyezdlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

© Sputnik / Etvesh StasPoyezd iz Uzbekistana na jeleznodorojnom vokzale v Moskve
Poyezd iz Uzbekistana na jeleznodorojnom vokzale v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurilish vazirligi rahbari o‘rinbosari yil oxirigacha o‘zbekistonlik migrantlar uchun charter poyezdlar yo‘lga qo‘yilishi mumkinligini aytdi.
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Rossiyaga O‘zbekistondan migrantlarni Rossiyadagi qurilish ishlarida ishlashlari uchun charter poyezdlarda olib kelish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossiya Qurilish vazirligi rahbari o‘rinbosari Nikita Stasishin Vladivostokdagi Sharqiy iqtisodiy forumda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masalani O‘zbekiston hukumati bilan muhokama qilish rejalashtirilgan.
“Tez orada O‘zbekistonga safar tashkillashtiramiz. Biz pilot rejimda saralab olib, emlash va O‘zbekistondagi mehnat migrantlari bilan bog‘liq hamma narsani tashkillashtirishni rejalashtirapmiz. Bu bizga mehnat migrantlarini poyezdlarda xavfsiz, Qozog‘iston hududi orqali tashkillashtirilgan holda olib kelish imkonini beradi”, - dedi Stasishin. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Rossiyalik amaldor yil oxiriga qadar bu jarayon to‘liq yo‘lga qo‘yilishiga umid qilinayotganini qo‘shimcha qildi.
91 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2021
O‘zbekistondan 91 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi
Avvalroq Rossiya Qurilish vazirligi Rossiyadagi qurilish ishlari uchun mehnat migrantlarini charter poyezdlarda olish kelish imkoniyatini o‘rganib chiqayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Yangiliklar lentasi
0