https://oz.sputniknews.uz/20210831/tiv-afgon-qochoqlari-uchun-chegara-ochilganini-rad-etdi-20301822.html
TIV afg‘on qochoqlari uchun chegara ochilganini rad etdi
TIV afg‘on qochoqlari uchun chegara ochilganini rad etdi
Sputnik O‘zbekiston
Yaqin orada O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasidagi “Termiz” nazorat-o‘tkazish punktini ochish ko‘zda tutilmagan. 31.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-31T09:31+0500
2021-08-31T09:31+0500
2021-08-31T09:31+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
o‘zbekiston tiv
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/905/19/9051904_0:63:1201:738_1920x0_80_0_0_eb5a017cc31a9a3aaacba2cb587319a6.jpg
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi internetda tarqalgan “O‘zbekiston Afg‘onistondagi Tolibon rejimidan qochganlarga o‘z chegaralarini ochishga tayyorligi” haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Vazirlik rasmiy vakili rasmiy bayonot berdi.Bildirilishicha, hozirda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasi to‘liq yopilgan va “Termiz” nazorat-o‘tkazish punktidan quruqlik orqali o‘tish amalga oshirilmayapti. Yaqin orada O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasidagi “Termiz” nazorat-o‘tkazish punktini ochish ko‘zda tutilmagan.Vazirlik qo‘shni mamlakatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga qat’iy sodiqligi va qochoqlarni qabul qilmasligini yana bir bor ta’kidlagan.“Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida afg‘on qochoqlarini qabul qilmasligini, tranzitda yordam ko‘rsatishini, ularning mamlakatda qat’iy cheklangan vaqtda bo‘lib turishini yana bir bor ma’lum qiladi”, - deyilgan xabarda.
https://oz.sputniknews.uz/20210827/mirziyoev-afgonistondagi-vaziyat-boyicha-munosabat-bildirdi-20266130.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/905/19/9051904_66:0:1133:800_1920x0_80_0_0_36d47710d28a58bee79927a6320c9e8f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, o‘zbekiston tiv, afg‘oniston
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, o‘zbekiston tiv, afg‘oniston
TIV afg‘on qochoqlari uchun chegara ochilganini rad etdi
Yaqin orada O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasidagi “Termiz” nazorat-o‘tkazish punktini ochish ko‘zda tutilmagan.
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi internetda tarqalgan “O‘zbekiston Afg‘onistondagi Tolibon rejimidan qochganlarga o‘z chegaralarini ochishga tayyorligi” haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Vazirlik rasmiy vakili
rasmiy bayonot berdi. Bildirilishicha, hozirda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasi to‘liq yopilgan va “Termiz” nazorat-o‘tkazish punktidan quruqlik orqali o‘tish amalga oshirilmayapti. Yaqin orada O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasidagi “Termiz” nazorat-o‘tkazish punktini ochish ko‘zda tutilmagan.
“Chegarani kesib o‘tishga bo‘lgan har qanday urinishlar, ularning sabablaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bartaraf etiladi. O‘zbekiston tomoni qator davlatlarga oxirgi 12 kun ichida Afg‘onistondan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish bo‘yicha gumanitar operatsiyalarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatib, ularning mamlakatimizga kelishi va O‘zbekistonni tark etishi faqat havo yo‘li orqali amalga oshirildi”, - deyilgan bayonotda.
Vazirlik qo‘shni mamlakatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga qat’iy sodiqligi va qochoqlarni qabul qilmasligini yana bir bor ta’kidlagan.
“Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida afg‘on qochoqlarini qabul qilmasligini, tranzitda yordam ko‘rsatishini, ularning mamlakatda qat’iy cheklangan vaqtda bo‘lib turishini yana bir bor ma’lum qiladi”, - deyilgan xabarda.