Moskvada ommaviy mushtlashgan migrantlarga qarshi jinoiy ish ochildi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishMigalka
Migalka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya JKning bezorilik moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu modda topilganlar yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Moskvaning Baumanskaya ko‘chadasida yuz bergan ommaviy mushtlashuvdan so‘ng jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Mazkur holat bo‘yicha Rossiya JKning 213-moddasi 2-qismi (Bezorilik) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Jinoiy ish yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Bu moddada aybdor deb topilganlar yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Draka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2021
Migrantlar o‘rtasida yana ommaviy mushtlashuv: bittasi kasalxonada, to‘rt nafari hibsga olingan
Avvalroq Moskvadagi Baumanskaya ko‘chasida Markaziy Osiy mamlakatlaridan bo‘lgan shaxslar ommaviy mushtlashgani xabar qilingan edi. Politsiya bo‘limiga voqeaga aloqadorligini tekshirish uchun qariyb 50 kishi olib kelingan. Shulardan 15 nafariga nisbatan mayda bezorilik moddasi bilan bayonnoma tuzilgan, qolganlari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Bundan tashqari, shaxsan Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin Moskva markazida migrantlar uyushtirgan ommaviy mushtlashuv yuzasidan tekshiruv o‘tkazishni topshirgan.
Yangiliklar lentasi
0