Jizzax shahrida Qozon federal universiteti filiali ochiladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishGlavnoe zdanie Kazanskogo federalnogo universiteta.
Glavnoe zdanie Kazanskogo federalnogo universiteta.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2021
Obuna bo‘lish
Filialda ta’lim faoliyati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi. Talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Jizzax shahrida Qozon federal universiteti filiali tashkil etildi.
Qarorga ko‘ra, Filialda geologiya, dasturiy injiniring, iqtisodiyot, davolash ishi, stomatologiya, mashinasozlik, farmatsiya, tibbiy biokimyo bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
Filialda ta’lim faoliyati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi. Kadrlar tayyorlash kunduzgi, sirtqi va boshqa ta’lim shakllarida olib boriladi.
Talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunda, davlat granti asosida ta’lim olgan Filial bitiruvchilari 3-yildan kam bo‘lmagan muddat majburiy ishlab berish sharti bilan O‘zbekistonning davlat organlari va tashkilotlariga taqsimlanadi.
Bitiruvchilarga O‘zbekiston va Rossiyada oliy ma’lumot sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan Universitet O‘zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali bilan hamkorlikda “Dasturiy injiniring”, “Farmatsiya” va “Axborot tizimlari va texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni boshlaydi hamda mazkur yo‘nalishlarda o‘qishga qabul qilingan talabalar kelgusida o‘qishlarini Filialda davom ettiradi.
Filial Rossiyskogo ximiko-texnologicheskogo universiteta imeni D. I. Mendeleyeva (RXTU) v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Mehnat bozorida Rossiya OTMlari filiallari bitiruvchilariga talab qanchalik yuqori?
2022 yil yakunigacha Filial tarkibida OpenLab ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0