Argentinada “Sputnik V” vaksinasidan so‘ng himoya qachon shakllanishi aniqlandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy rabotnik demonstriruyet flakon s I komponentom vaksini Gam-KOVID-Vak
Meditsinskiy rabotnik demonstriruyet flakon s I komponentom vaksini Gam-KOVID-Vak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyaning “Sputnik V” preparati bilan emlanganidan keyin koronavirus infeksiyasidan himoya 6 oy davomida asta-sekin o‘sishni boshlaydi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Rossiyaning “Sputnik V” preparati bilan emlanganidan keyin koronavirus infeksiyasidan himoya 6 oy davomida asta-sekin o‘sishni boshlaydi. Argentinalik olimlar shunday xulosaga kelishdi, tadqiqot medrxiv.org portalida berilgan.
Tajribalarga turli institut va tibbiyot muassasalari mutaxassislari jalb qilindi, xususan, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Buenos-Ayres universiteti, Sent-Luisdagi Vashington Amerika universiteti va boshqalar.
Migranti v punkte vaksinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom Sputnik Layt na territorii TS Sadovod v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2021
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi
Tadqiqotchilar Rossiya vaksinasi bilan emlangan odamlarninng 1,8 ming qon zardobi namunasini o‘rganib chiqishdi. Namunalar yanvaridan avgustigacha olindi. Olimlar antitanachalarning shakllanishi va "alfa" (Britaniya), "beta" (Janubiy Afrika), "gamma" (Braziliya), "delta" (Hindiston) va "lyambda" (Peru) shtammlariga qarshi turish xususiyatini kuzatdilar.
Rossiyalik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi argentinaliklarning ilmiy ishidan parchalar preparatga bag‘ishlangan veb-saytga joylashtirdi. Ma’lumotda koronavirusning mutatsiyalarni o‘z ichiga olgan yangi shtammlaridan himoyalanish emlashdan keyingi olti oy ichida "neytrallashtiruvchi antitanachalarning neytrallashtiruvchi samaradorligining oshishi natijasida" kuchayishi qayd etilgan. Bu, ayniqsa, "beta" va "gamma" shtammlarida ko‘ringan.
Migranti v punkte vaksinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom Sputnik Layt na territorii TS Sadovod v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
"Sputnik Layt" va Pfizer vaksinalari birikmasi delta-shtammdan kuchliroq himoyalashi mumkin
Argentinalik olimlar tomonidan olib borilgan ishlar, emlashdan keyin 120 kundan keyin antitanachalarni orlarni zararsizlantirish qobiliyati emlashdan keyin 42 kun davomida kuzatilgan ko‘rsatkichlarga nisbatan sezilarli darajada oshganini tasdiqladi.
“Sputnik V” vaksinasi Argentinada o‘tgan yilning dekabr oyida ro‘yxatga olingan. Argentina bu vaksinani qo‘llashga ruxsat bergan Rossiya va Belarusdan keyin dunyodagi uchinchi davlat hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0