Universitet emas, orzu: Yangi O‘zbekiston oliygohiga qanday kirish mumkin?

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaFlag universiteta "Noviy Uzbekistan"
Flag universiteta Noviy Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2021
Obuna bo‘lish
Bu universitetga kirish bugungi kunda ko‘plab iqtidorli yoshlarning chinakam orzusiga aylangan. Nega deganda, Universitet talabalariga eng nufuzli mahalliy ishlab chiqarish korxonalari va hatto chet elda ham amaliyot o‘tash imkoni beriladi.
O‘zbekiston prezidetining "Yangi O‘zbekiston" universitetini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori joriy yil iyun oyi oxirida imzolangan edi. Bugungi kunda universitet binosini qurish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Hujjatlarni 15-avgustga qadar topshirish mumkin, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar o‘qishni oktabr oyida boshlaydilar.
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2021
Yangi O‘zbekiston universiteti barcha bilimdon yoshlar uchun ochiq – Asadov
Yangi O‘zbekiston universiteti qanday ta’lim muassasasi o‘zi, u qanday kadrlarni tayyorlaydi? Oliygohga kirish shartlari qanaqa? Stipendiya masalasi nima bo‘ladi? Sputnik O‘zbekiston muxbiri shu va shu kabi boshqa savollarga kuni kecha prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan universitetiga qabul jarayonlari yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida javob oldi.
Prezident maktablari agentligi rahbari Hilola Umarovaning aytishicha, Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil qilish mamlakat uchun kerakli kadrlar, ya’ni kelajak mutaxassislarini 10-yil oldin tayyorlash maqsadida tashkil etilgan.
Mamlakatdagi yaqin vaqtlargacha yirik zavodlarga chetdan mutaxassislar olib kelish masalasida qiyinchiliklar bo‘lgan, ammo endilikda noyob yo‘nalishdagi mutaxassislar Yangi O‘zbekistonning Yangi O‘zbekiston deb nomlangan universitetida tayyorlanadi.

Yangi universitetga qabul jarayoni: yo‘nalishlar va imtihon

Yangi O‘zbekiston universitetiga qabul jarayoni hozir ham o‘z ishini davom ettirmoqda.
"Xohlovchilar 15-avgustga qadar onlayn tarzda o‘z hujjat topshirishlari mumkin. ujjatlar qabul qilib bo‘lingach, imtihon kuni sanasi e’lon qilinadi. Imtihonlarini sentabr oyi boshida o‘tkazishni rejalashtirganmiz, o‘qish esa oktabr oyida boshlanadi", - deydi Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil etish departamenti boshlig‘i Samariddin Shamsiyev.
Pamatnik osnovopolojniku voyenno-polevoy xirurgii Nikolayu Ivanovichu Pirogovu v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2021
Toshkentda Rossiya tibbiyot universiteti filiali ochiladi
"Yangi O‘zbekiston" universitetiga 2021/2022 o‘quv yili uchun 3ta yo‘nalishda o‘qishga taklif e’lon qilingan:
- Mexanika muhandisligi - imtihonlar matematika va fizika fanidan topshiriladi (100 o‘rin)
- Kimyo muhandisligi - imtihonlar matematika va kimyo fanidan topshiriladi (100 o‘rin)
- Dasturiy ta’minot muhandisligi - imtihonlar matematika va fizika fanidan topshiriladi (100 o‘rin)
Kirish imtihonlari savollari universitetning asosiy hamkorlaridan biri bo‘lgan - Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya) tomonidan 9, 10, 11-sinf materiallari asosida tayyorlangan va imtihon ingliz tilida bo‘lishi belgilangan.
Kirish imtihonlari savollari namunalari bilan Yangi O‘zbekiston universitetining telegramm kanalida yoki universitet rasmiy saytida tanishish mumkin bo‘ladi.
Birinchi yil 300ta kvota bo‘yicha talabalar qabul qilinsa, ularning bir qismini prezident maktablari bitiruvchilari va iqtidorli olimpiada g‘oliblari tashkil etadi.
Rejaga ko‘ra, iqtidorli va akademik muvaffaqiyatga erishgan talabalar uchun turli grantlar taqdim etiladi. Stipendiya to‘lash ko‘zda tutilmagan va bu xalqaro standartlarga mos keladi, deydi universitet tashkilotchilari.
O‘qish 4-yil davom etadi. Ta’lim davlat tili va ingliz tillarida olib boriladi.

Xalqaro hamkorlik

“Yangi O‘zbekiston” universiteti dunyodagi yetakchi oliy ta’lim dargohlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, "Dunyoning eng yaxshi 100 universiteti" reytingida 1 o‘rinda turadigan Massachuset texnologiya instituti hamda xalqaro sifat standartlariga muvofiq kompleks va ilmiy-texnik markazlarini yaratishda Munxen Texnika universiteti bilan hamkorlik qiladi.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2021
Yangi o‘quv yilidan ta’lim krediti 14 foizda 7-yilga beriladi
"Ushbu hamkorlarimiz o‘z navbatida bizga rekrutmentda - ya’ni, eng yaxshi professorlarni tanlab olish, ularni O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha ko‘mak berishmoqda. Bugungi kunda hamkorlarimiz orqali 50 dan ziyod mahalliy va xalqaro nomzodlar ushbu universitetda ishlash uchun istak bildirib, hujjat topshirishgan. Hujjatlar ko‘rib chiqilib, suhbat asosida eng yaxshilari tanlab olinmoqdaa", - deydi Shamsiyev.

O‘quv binosi va o‘quv jarayoni: innovatsion eko-tizim yaratiladi

Universitet binosi O‘zbekistonda hali bo‘lmagan innovatsion usulda quriladi va o‘zida ulkan laboratoriyani aks ettiradi, bugungi kunda obyektni qurish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Jumladan, Munxen Texnika universiteti tomonidan Yangi O‘zbekiston universitetida o‘ziga xos eko-tizim yaratilishi - ya’ni sanoatni universitetga olib kelish ko‘zda tutilgan.
"Universitet binosi qancha vaqtda quriladi degan savolga aniq javob bera olmaymiz. Buni uchun deylik, 2-3 yil vaqt talab etilishi mumkin. Shoshilinch qurib bo‘lmaydi, nega deganda, aqlli qurilishdan boshlab barcha talablarini bajarishimiz kerak. Ba’zi bir uskunalar borki, to‘rt-besh yilda eskiradi, bu jarayon barcha davlatlarda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Massachuset texnologiya instituti va Munxen Texnika universitetini olib qaraydigan bo‘lsak, bu oliy o‘quv dargohlarining binolarida yuzlab nufuzli kompaniya va korporatsiyalarning ofislari joylashgan. Ya’ni nufuzli innovatsion kompaniyalar universitet bilan juda yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Biz ham universitetimizda mana shu tajribani yo‘lga qo‘ymoqchimiz. O‘zbekistondagi va dunyoning nufuzli sanoat korxonalari vakillari bilan muzokaralar olib borapmiz. Germaniyadagi juda ko‘plab korxonalar o‘z qiziqishlarini bildirishdi", - deydi Samariddin Shamsiyev.
Prezident maktablari agentligi rahbari Hilola Umarovaning aytishicha, universitetda ta’lim jarayoni xalqaro hamkorlar - Massachuset texnologiya instituti va Munxen Texnika universiteti o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Shu bois, bugungi kunda ko‘plab iqtidorli yoshlarning chinakam orzusiga aylangan. Nega deganda, Universitet talabalariga eng nufuzli mahalliy ishlab chiqarish korxonalari va hatto chet elda ham amaliyot o‘tash imkoni beriladi.
Aytgancha, birinchi o‘quv yilini talabalar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kampusida o‘tkazishadi. Ammo vaqtinchalik o‘quv binosi boshlang‘ich laboratoriyadan tortib, kutubxona va barcha zarur shart-sharoitlarga ega bo‘ladi. Xususan, birinchi yil o‘quv jarayonida ishlatiladigan barcha texnik-resurslar Munxen Texnika universiteti tomonidan taqdim etilgan.

Qanday hujjatlar talab etiladi?

* pasport nusxasi (doimiy propiska sahifasi bilan);
* umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;
* ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (eng kamida IELTS 6.0 / TOEFL iBT 60 / Duo Lingo 95);
Oxirgi uch oy ichida olingan fotosuratning elektron varianti.
Universitetiga kirish uchun arizalar joriy yilning 15-avgusti soat 18:00 ga qadar newuzbekistanuniversity.uz sayti orqali onlayn tarzda qabul qilinadi.
Yuqorida ta’kidlagandek, hozirda qabul jarayoni davom etmoqda. O‘zbekistonning o‘zida universitetga bo‘lgan qiziqish juda kattaligi aytilmoqda. Xorijiy davlat fuqarolaridan ushbu universitetda o‘qish bo‘yicha hozircha hujjat kelib tushmagan va bu holat butun dunyoda avj olgan epidemiologik vaziyat bilan izohlanmoqda. Ammo Janubiy Koreya va Germaniya davlatlaridan uchta korxona tomonidan talabalarni O‘zbekistonga shu universitetga o‘qishga jo‘natish bo‘yicha qiziqish bildirilgan.
Prezident ta’lim muassasalari agentligi hamda "TUM International GmbH" tashkiloti o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga muvofiq, Munxen Texnika Universitetida 24-yil davomida rektorlik qilgan Volfgang Herrmann "Yangi O‘zbekiston" universitetining “Faxriy rektori” bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0