O‘zbekistonda saratonni erta aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishLechenie opuxoley na obnovlennom gamma-noje v NII imeni Sklifosovskogo
Lechenie opuxoley na obnovlennom gamma-noje v NII imeni Sklifosovskogo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Kanada-Slovakiya kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda saraton kasalligini erta bosqichda antitanachalar orqali aniqlash amaliyotini yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda. Natijada o‘zbekistonliklar saratonni erta aniqlash uchun kamroq mablag‘ sarflashlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi Texnologiyalar transferi boshqarma boshlig‘i Jamoliddin Boboxonov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kimdir saratonni erta aniqlamoqchi bo‘lsa, qon topshiradi. Qon maxsus laboratoriyaga va qo‘shni mamlakatlarga jo‘natiladi. Va uni aniqlash uchun taxminan 2 oy vaqt ketadi.

Saratonni erta aniqlash uchun nafaqat vaqt, balki mablag‘ ham sarflanishi tabiiy. Boboxonovning qayd etishicha, ushbu texnologiya transferi o‘zbekistonliklar uchun 4 barobar arzonga tushadi va javobni 2 haftada olish imkonini beradi.

“Bu kabi amaliyot O‘zbekistonda bo‘lmagani uchun aholi 2 million so‘m atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Agar amaliyot O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilsa, 500 ming so‘m, ya’ni 4 barobar arzonga tushadi”, - dedi u.
Snimok MRT mozga patsiyenta  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2021
Saraton kasalligiga ishora qiluvchi beshta kutilmagan belgi
Yangiliklar lentasi
0