Qozog‘istonda qurg‘oqchilikdan uch milliondan ziyod chorva nobud bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishKorova
Korova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2021
Obuna bo‘lish
Jazira quyosh nurlaridan ko‘llar qurib qolgan, o‘t-o‘lanlar qovjirab qolgan. Balatopar qishlog‘ida uy hayvonlari ochlikdan azobli o‘lim topmoqda.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Qozog‘istonda uch milliondan ziyod uy hayvonlari nobud, ikki milliondan ziyod kishi esa o‘z daromadini yo‘qotishi mumkin. Bu haqda mamlakat milliy chorvachilik assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
“Yevraziya” birinchi kanal xabariga ko‘ra, qurg‘oqchilik Balqash ko‘li yaqinidagi qishloqlargacha yetib borgan.
Jazira quyosh nurlaridan ko‘llar qurib qolgan, o‘t-o‘lanlar qovjirab qolgan. Balatopar qishlog‘ida uy hayvonlari ochlikdan azobli o‘lim topmoqda.
Chorvadorlar va ekologlar bunda nafaqat anomal jazirama, balki befarq amaldorlarni ayblashmoqda.
Mamlakat milliy chorvachilik assotsiatsiyasi raisi Almasbek Sadirbekovning ta’kidlashicha, 30 foiz bosh chorva allaqachon yo‘qotilgan.
Ta’kidlanishicha, mamlakat Qishloq xo‘jaligi muammoni hal etish guruhini tuzib, ozuqa tayyorlash shtabini yiqqan. Yevropa ittifoqi Qozog‘istonga fermerlarga gumanitar yordam sifatida 100 million tenge ajratgan.
Turisti na verblyudax v pustine v Dunxuane, Kitay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2020
Markaziy Osiyo hayotsiz cho‘lga aylanishi mumkin - tadqiqot
Yangiliklar lentasi
0