AQSh elchixonasi amerikaliklarni Afg‘onistonni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Flag SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2021
Obuna bo‘lish
Elchixona Afg‘onistondan uchib ketish uchun har qanday tijoriy reyslardan foydalanishni tavsiya qiladi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Amerikaning Kobuldagi elchixonasi Afg‘onistondagi amerikaliklarni mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi. Bu haqda diplomatik missiya saytida xabar qilindi.
"Elchixona amerikaliklarga jinoyatchilik, terrorizm darajasi yuqoriligi sababli Afg‘onistonga kelish xavfli ekanligini eslatadi, mamlakatda bo‘lib turganlarni esa uni tark etish masalasini ko‘rib chiqishga chaqiradi", — xabarda.
AQSh elchixonasi Afg‘onistondan uchib ketish uchun har qanday tijoriy reyslardan foydalanishni tavsiya qiladi. Shu bilan birga, elchixona samolyotga chipta xaridga qilishga moliyaviy imkoni bo‘lmaganlarga qarz berish turishga tayyorligini bildirgan.
AQSh o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishini e’lon qilgach, mamlakatda toliblar* o‘z harakatlarini faollashtirdi. Afg‘oniston hukumati qator tumanlardagi nazoratni qo‘ldan boy bergan.
Flag Afganistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2021
Afg‘onistondagi Rossiya bosh konsulxonasi diplomatlari O‘zbekistonga ko‘chirildi
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0