Ekopartiya O‘zbekiston prezidenti saylovidagi o‘z nomzodini e’lon qildi

© Dilshoda RaxmatovaNarzullo Oblomurodov, lider Ekopartii
Narzullo Oblomurodov, lider Ekopartii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘zbekiston prezidenti saylovida qatnashish uchun o‘z nomzodini e’lon qildi.
Nomzod partiya Markaziy Kengashining navbatdan tashqari plenumida ma’qullangan. Ma’qullangan nomzodni syezd muhokamasiga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
“O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Oblomurodov Narzullo Naimovich nomzodi ma’qullandi”, - deyilgan xabarda.
Narzullo Oblomurodov fevral oyida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylangan edi. U bunga qadar O‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda mamlakat prezidentligi uchun saylov kampaniyasiga 23-iyul kuni rasman start berildi. Saylov 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Lideri politicheskiy partiy Uzbekistana na zasedanii SIK, posvashennom startu prezidentskoy izbiratelnoy kampanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2021
O‘zbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida
Yangiliklar lentasi
0