https://oz.sputniknews.uz/20210705/yadroviy-karera-ozbekistonda-bolajak-atomchilar-uchun-qanday-sharoitlar-yaratilmoqda-19551205.html
"Yadroviy" karyera: O‘zbekistonda bo‘lajak atomchilar uchun qanday sharoitlar yaratilmoqda?
"Yadroviy" karyera: O‘zbekistonda bo‘lajak atomchilar uchun qanday sharoitlar yaratilmoqda?
Sputnik O‘zbekiston
2019 yilning sentabr oyida Toshkentda ochilgan Rossiya Milliy yadroviy izlanishlar universiteti O‘zbekiston energetika sohasi uchun yetuk mutaxassislarni tayyorlab... 05.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-05T23:01+0500
2021-07-05T23:01+0500
2021-07-05T23:01+0500
jamiyat
aes
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/19/16072505_0:160:3077:1890_1920x0_80_0_0_45990d8ebdd60e75b6627b0d6757a1fb.jpg
TOShKENT, 5-iyul - Sputnik. 2019-yilning sentabr oyida O‘zbekiston poytaxtida Rossiya Milliy yadroviy izlanishlar universiteti (NIYaU MIFI)ning filiali tantanali ravishda ochilgan edi. O‘zbekiston energetika sohasi uchun yetuk mutaxassislarni tayyorlaydigan ushbu dargoh ikki yil davomida har yili 100 nafardan yoshlarni talabalar safiga qabul qildi va joriy yil ham kvotalar o‘zgarishsiz qoldi.Yadroviy energetikani rivojlantirishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston yangi mutaxassislarni tayyorlash va professional kadrlar zaxirasini hozirlash maqsadida qanday chora-tadbirlarni ko‘rmoqda? Sputnik O‘zbekiston muxbiri ushbu savolga ilmiy ishlar bo‘yicha NIYaU MIFI rahbari o‘rinbosari Sayrambay Egamovdan javob oldi.Qabul kvotasi va imtihonlarTa’lim muassasasiga 2021/2022 o‘quv yili uchun bakalavrlarni tayyorlash bo‘yicha davlat granti asosida 4 ta ta’lim yo‘nalishida jami 100 o‘rin miqdorida qabul kvotasi belgilangan.Ro‘yxatdan o‘tish uchun: shaxsni, fuqarolikni tasdiqlovchi hujjat; ta’lim darajasini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjat talab etiladi.NIYaU MIFI vakili so‘zlariga ko‘ra, abituriyentlar matematika, fizika hamda rus tili va adabiyoti fanlaridan imtihon topshirishadi. Imtihonlarni qabul qilishda rossiyalik mutaxassislar ishtirok etishadi. Har bir fan bo‘yicha minimal o‘tish balli - 40 ballni tashkil etadi. Savollarning namunalari bilan talabgorlar mephi.uz saytida tanishishlari mumkin.Imtihonlar savollari murakkab emas, maktab dasturiga kiritilgan darsliklar asosida tuzilgan, deydi suhbatdosh.Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha abituriyentlar grant asosida tahsil olishadi.Bonus: ilmiy loyihalarda ishtirokNIYaU MIFI O‘zbekistonning energetika sohasi uchun yetuk va malakali kadrlarni yetkazib beradi. Eng muhimi, institut o‘z oldiga iqtidorli talabalarni yadroviy tadqiqotlarga jalb qilish vazifasini qo‘ygan."O‘qish davomida o‘zining bilimga chanqoqligini ko‘rsata olgan talabalar - NIYaU MIFIga qo‘shni hududda joylashgan Yadroviy fizika institutining ilmiy loyihalariga jalb etiladi. Yadroviy fizika instituti ham o‘z qatorlarini iqtidorli yoshlar bilan to‘ldirishdan manfaatdor. Hozirda ikkinchi kurs bitiruvchilaridan uch nafari xuddi shunday loyihalarda qatnashishmoqda", - deydi suhbatdosh.Qolaversa, uchinchi bosqichdan maxsus fanlar soni oshib, talabalar amaliyotning bir qismini yadroviy fizika institutida o‘tashlari belgilangan.Maxsus fanlardan Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan pedagoglar dars berishi belgilangan. Talabalar va domlalar uchun yotoqxonaShu vaqtga qadar talabalar Qibray tumanida joylashgan "O‘zbekgeofizika" AJga qarashli sog‘lomlashtirish kottedjlari va O‘zbekiston FA qoshidagi Yadroviy fizika instituti yosh olimlari uchun mo‘ljallangan yotoqxonalarda vaqtinchalik yashagan bo‘lsa, kuzgacha oliygoh o‘z yotoqxonasiga ega bo‘ladi.Ayni vaqtda talabalar va institutda dars beradigan o‘qituvchilar uchun 2ta to‘qqiz qavatli yotoqxonalarni qurish ishlari boshlab yuborilgan."Binolardan biri mehmonxona tipida quriladi. U MIFIga chet eldan taklif etiladigan o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan", - deya aniqlik kiritadi suhbatdosh.Strategik sohaNIYaU MIFI binosi bugun talabalarsiz osudadek ko‘rinsa-da, aslida unday emas. Atom sohasiga qiziqqan yoshlar, kunning jaziramasiga qaramay, institut binosiga hujjat topshirgani kelishmoqda.Aslida, onlayn ham topshirish mumkin, biroq ishonchliroq bo‘lsin, degan umidda shaxsan tashrif buyurganlarning birini suhbatga chorlaymiz."Energetika O‘zbekiston iqtisodiyotida eng yetakchi rol o‘ynaydi. Energetikasiz hech narsani tasavvur qilib bo‘lmaydi Qolaversa, mamlakatimizda kelajakda AES qurilishi rejalashtirilgan, shu uchun o‘g‘lim bu sohani tanladi, uni qo‘llab-quvvatlash uchun hujjat topshirgani birga keldim", - deydi abituriyentlardan birining otasi, o‘zini Mansur Fayzullov deya tanishtirgan suhbatdosh.Aytgancha, ikki yil davomida NIYaU MIFIga atomchi bo‘lish maqsadida 200 nafar yoshlar hujjat topshirishgan va o‘qishga qabul qilingan bo‘lsalar-da, bugungi kunda oliygohda atigi 168 nafar talaba tahsilni davom ettirmoqda."Biz institutlaringda nega bahoni qattiqqo‘llik bilan qo‘yasizlar, degan tanbehni ko‘p eshitamiz. Haqiqatan ham shunday. Talabalikka qabul qilingan kundan boshlab ushbu sohani tanlagan yoshlar o‘qishlari, o‘rganishlari, o‘z ustida tinimsiz izlanishlari shart. Hech kimga baho "ko‘tarib" qo‘yilmaydi. Rossiya tomonidan asosiy talab ham bitta bo‘lgan "Markani ushlanglar, uyaltirmanglar. Filialda yetuk kadrlar yetishib chiqishi shart". Biz mana shu talabga javob beradigan yoshlarni tayyorlayapmiz", - deydi oliygoh vakillari.
https://oz.sputniknews.uz/20201028/Bu-zbekistonni-zgartiradigan-imkoniyatim-MIFI-talabasi-orzui-va-Rossiyadagi-talim-aida-15276449.html
https://oz.sputniknews.uz/20210210/zbekistonda-yadroviy-makhfiylik-bormi--YaFI-direktori-bilan-intervyu-15972877.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/341/49/3414917_2292:101:3994:1803_100x100_80_0_0_1d51c694515a08c0bf3a09f945d5a0b4.jpg
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/341/49/3414917_2292:101:3994:1803_100x100_80_0_0_1d51c694515a08c0bf3a09f945d5a0b4.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/19/16072505_172:0:2903:2048_1920x0_80_0_0_66df7ae10015d5b07540e9f9ec22a219.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/341/49/3414917_2292:101:3994:1803_100x100_80_0_0_1d51c694515a08c0bf3a09f945d5a0b4.jpg
jamiyat, aes
"Yadroviy" karyera: O‘zbekistonda bo‘lajak atomchilar uchun qanday sharoitlar yaratilmoqda?
Dilshoda Rahmatova
redaktor
2019 yilning sentabr oyida Toshkentda ochilgan Rossiya Milliy yadroviy izlanishlar universiteti O‘zbekiston energetika sohasi uchun yetuk mutaxassislarni tayyorlab beradi.
TOShKENT, 5-iyul - Sputnik. 2019-yilning sentabr oyida O‘zbekiston poytaxtida Rossiya Milliy yadroviy izlanishlar universiteti (NIYaU MIFI)ning filiali tantanali ravishda ochilgan edi. O‘zbekiston energetika sohasi uchun yetuk mutaxassislarni tayyorlaydigan ushbu dargoh ikki yil davomida har yili 100 nafardan yoshlarni talabalar safiga qabul qildi va joriy yil ham kvotalar o‘zgarishsiz qoldi.
Yadroviy energetikani rivojlantirishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston yangi mutaxassislarni tayyorlash va professional kadrlar zaxirasini hozirlash maqsadida qanday chora-tadbirlarni ko‘rmoqda? Sputnik O‘zbekiston muxbiri ushbu savolga ilmiy ishlar bo‘yicha NIYaU MIFI rahbari o‘rinbosari Sayrambay Egamovdan javob oldi.
Qabul kvotasi va imtihonlar
Ta’lim muassasasiga 2021/2022 o‘quv yili uchun bakalavrlarni tayyorlash bo‘yicha davlat granti asosida 4 ta ta’lim yo‘nalishida jami 100 o‘rin miqdorida qabul kvotasi
belgilangan.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: shaxsni, fuqarolikni tasdiqlovchi hujjat; ta’lim darajasini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjat talab etiladi.
NIYaU MIFI vakili so‘zlariga ko‘ra, abituriyentlar matematika, fizika hamda rus tili va adabiyoti fanlaridan imtihon topshirishadi. Imtihonlarni qabul qilishda rossiyalik mutaxassislar ishtirok etishadi. Har bir fan bo‘yicha minimal o‘tish balli - 40 ballni tashkil etadi. Savollarning namunalari bilan talabgorlar
mephi.uz saytida tanishishlari mumkin.
Imtihonlar savollari murakkab emas, maktab dasturiga kiritilgan darsliklar asosida tuzilgan, deydi suhbatdosh.
Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha abituriyentlar grant asosida tahsil olishadi.
Bonus: ilmiy loyihalarda ishtirok
NIYaU MIFI O‘zbekistonning energetika sohasi uchun yetuk va malakali kadrlarni yetkazib beradi. Eng muhimi, institut o‘z oldiga iqtidorli talabalarni yadroviy tadqiqotlarga jalb qilish vazifasini qo‘ygan.
"O‘qish davomida o‘zining bilimga chanqoqligini ko‘rsata olgan talabalar - NIYaU MIFIga qo‘shni hududda joylashgan Yadroviy fizika institutining ilmiy loyihalariga jalb etiladi. Yadroviy fizika instituti ham o‘z qatorlarini iqtidorli yoshlar bilan to‘ldirishdan manfaatdor. Hozirda ikkinchi kurs bitiruvchilaridan uch nafari xuddi shunday loyihalarda qatnashishmoqda", - deydi suhbatdosh.
Qolaversa, uchinchi bosqichdan maxsus fanlar soni oshib, talabalar amaliyotning bir qismini yadroviy fizika institutida o‘tashlari belgilangan.
Maxsus fanlardan Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan pedagoglar dars berishi belgilangan.
Talabalar va domlalar uchun yotoqxona
Shu vaqtga qadar talabalar Qibray tumanida joylashgan "O‘zbekgeofizika" AJga qarashli sog‘lomlashtirish kottedjlari va O‘zbekiston FA qoshidagi Yadroviy fizika instituti yosh olimlari uchun mo‘ljallangan yotoqxonalarda vaqtinchalik yashagan bo‘lsa, kuzgacha oliygoh o‘z yotoqxonasiga ega bo‘ladi.
Ayni vaqtda talabalar va institutda dars beradigan o‘qituvchilar uchun 2ta to‘qqiz qavatli yotoqxonalarni qurish ishlari boshlab yuborilgan.
"Binolardan biri mehmonxona tipida quriladi. U MIFIga chet eldan taklif etiladigan o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan", - deya aniqlik kiritadi suhbatdosh.
NIYaU MIFI binosi bugun talabalarsiz osudadek ko‘rinsa-da, aslida unday emas. Atom sohasiga qiziqqan yoshlar, kunning jaziramasiga qaramay, institut binosiga hujjat topshirgani kelishmoqda.
Aslida, onlayn ham topshirish mumkin, biroq ishonchliroq bo‘lsin, degan umidda shaxsan tashrif buyurganlarning birini suhbatga chorlaymiz.
"Energetika O‘zbekiston iqtisodiyotida eng yetakchi rol o‘ynaydi. Energetikasiz hech narsani tasavvur qilib bo‘lmaydi Qolaversa, mamlakatimizda kelajakda AES qurilishi rejalashtirilgan, shu uchun o‘g‘lim bu sohani tanladi, uni qo‘llab-quvvatlash uchun hujjat topshirgani birga keldim", - deydi abituriyentlardan birining otasi, o‘zini Mansur Fayzullov deya tanishtirgan suhbatdosh.
Aytgancha, ikki yil davomida NIYaU MIFIga atomchi bo‘lish maqsadida 200 nafar yoshlar hujjat topshirishgan va o‘qishga qabul qilingan bo‘lsalar-da, bugungi kunda oliygohda atigi 168 nafar talaba tahsilni davom ettirmoqda.
"Biz institutlaringda nega bahoni qattiqqo‘llik bilan qo‘yasizlar, degan tanbehni ko‘p eshitamiz. Haqiqatan ham shunday. Talabalikka qabul qilingan kundan boshlab ushbu sohani tanlagan yoshlar o‘qishlari, o‘rganishlari, o‘z ustida tinimsiz izlanishlari shart. Hech kimga baho "ko‘tarib" qo‘yilmaydi. Rossiya tomonidan asosiy talab ham bitta bo‘lgan "Markani ushlanglar, uyaltirmanglar. Filialda yetuk kadrlar yetishib chiqishi shart". Biz mana shu talabga javob beradigan yoshlarni tayyorlayapmiz", - deydi oliygoh vakillari.