Mirziyoyev va Rahmon Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishStrani mira. Afganistan
Strani mira. Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-iyul kuni Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-iyul kuni Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarining ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar hamda mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.
Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
Amerikaliklar Afg‘onistonni Rossiyaga "tashlab qo‘ydimi"?
Mintaqada Afg‘oniston yo‘nalishidagi ahvolning yomonlashishi va keskinlikning kuchayishi bilan bog‘liq vaziyatning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Yaqin idoralararo muvofiqlashuvni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarni, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini o‘tkazish rejasini ko‘rib chiqdilar.
Eslatib o‘tamiz, 23-iyunda Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon telefon orqali muloqot qilib, Afg‘onistonning shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlarida, ikki mamlakatning Afg‘oniston bilan davlat chegarasi o‘tadigan hududlari bo‘ylab vujudga kelayotgan tahlikali vaziyatni juda keskin deb baholagandi.
Yangiliklar lentasi
0