https://oz.sputniknews.uz/20210628/poytaxtga-kirish-yopilgach-ishlaydiganlar-uchun-avtobus-qatnovlari-tashkil-etildi-19435535.html
Poytaxtga kirish yopilgach, ishlaydiganlar uchun avtobus qatnovlari tashkil etildi
Poytaxtga kirish yopilgach, ishlaydiganlar uchun avtobus qatnovlari tashkil etildi
Sputnik O‘zbekiston
Poytaxtdan 24 ta avtobus yo‘nalishlari Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradi. 28.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-28T08:40+0500
2021-06-28T08:40+0500
2021-06-28T08:40+0500
jamiyat
toshkent
karantin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/14/18822728_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_441d215eb668617172840e62130844bb.jpg
TOShKENT, 28-iyun - Sputnik. Bugundan "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 24 ta avtobus yo‘nalishlari Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradi.Sal avval, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 2021-yil 28-iyun kunidan boshlab 12-iyulga qadar, Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o‘ta zarurat bo‘lmagan hollarda kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilgan edi.Hozirgi kunda, "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 24 ta avtobus yo‘nalishlari Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradi. "Ushbu yo‘nalishlar xizmatlaridan foydalanuvchi aksariyat yo‘lovchilar Toshkent shahridagi idora va tashkilotlarda mehnat qilishi hamda ta’lim muassasalarida tahsil olishini inobatga olib, Toshkent viloyati hududiga qatnovlarni amalga oshiruvchi yo‘nalishlarning faoliyati o‘z ish tartibi va qatnov chizmasi asosida amalga oshirishda davom etadi", - deyiladi "Toshshahartransxizmat" xabarida.Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyati hududiga chiquvchi shahar avtobus yo‘nalishlari faoliyatiga doir cheklovlar joriy etilgan hollarda bu haqida “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan yo‘lovchilarga oldindan ma’lumot beriladi. Ayrim YPX post maskanlari avtomobillar harakati uchun yopilgan hollarda, Toshkent viloyati hududiga chiquvchi avtobuslar harakati YPX post maskanigacha tashkil qilinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210625/ozbekistonda-yangi-karantin-cheklovlari-kiritildi-19413354.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/14/18822728_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_015155728d93c4c0acc6d96d44c012cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent, karantin
jamiyat, toshkent, karantin
Poytaxtga kirish yopilgach, ishlaydiganlar uchun avtobus qatnovlari tashkil etildi
Poytaxtdan 24 ta avtobus yo‘nalishlari Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradi.
TOShKENT, 28-iyun - Sputnik. Bugundan "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 24 ta avtobus yo‘nalishlari Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradi.
Sal avval, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 2021-yil 28-iyun kunidan boshlab 12-iyulga qadar, Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o‘ta zarurat bo‘lmagan hollarda kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilgan edi.
Hozirgi kunda, "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 24 ta avtobus yo‘nalishlari Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradi.
"Ushbu yo‘nalishlar xizmatlaridan foydalanuvchi aksariyat yo‘lovchilar Toshkent shahridagi idora va tashkilotlarda mehnat qilishi hamda ta’lim muassasalarida tahsil olishini inobatga olib, Toshkent viloyati hududiga qatnovlarni amalga oshiruvchi yo‘nalishlarning faoliyati o‘z ish tartibi va qatnov chizmasi asosida amalga oshirishda davom etadi", - deyiladi "Toshshahartransxizmat" xabarida.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyati hududiga chiquvchi shahar avtobus yo‘nalishlari faoliyatiga doir cheklovlar joriy etilgan hollarda bu haqida “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan yo‘lovchilarga oldindan ma’lumot beriladi.
Ayrim YPX post maskanlari avtomobillar harakati uchun yopilgan hollarda, Toshkent viloyati hududiga chiquvchi avtobuslar harakati YPX post maskanigacha tashkil qilinadi.