https://oz.sputniknews.uz/20210624/turkiy-davlatlarning-yagona-turizm-kalendarini-tuzish-taklif-etildi-19387306.html
Turkiy davlatlarning yagona turizm kalendarini tuzish taklif etildi
Turkiy davlatlarning yagona turizm kalendarini tuzish taklif etildi
Sputnik O‘zbekiston
Aziz Abduhakimov turkiy tilli davlatlar orasida transport va logistika aloqalarini rivojlantirishni, doimiy va charter parvozlar sonini oshirishni taklif qildi. 24.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-24T10:09+0500
2021-06-24T10:09+0500
2021-06-24T10:12+0500
turizm
turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi
qo‘qon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/18/19387395_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_0546dad9cb84f72e7f8b174091bd542f.jpg
TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. O‘zbekiston turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov bugun qo‘qonda bo‘lib o‘tayotgan Turkiy tilli davlatlar turizm vazirlarining 6-yig‘ilishida turkiy davlatlarning yagona madaniy va turizm tadbirlari taqvimi tuzishni taklif etdi.Shuningdek, Abduhakimov turkiy tilli davlatlar turizm obxyektlarini o‘zaro targ‘ib qilish g‘oyasini ilgari surdi va bu borada O‘zbekiston “Turizm 365”, “ UzReport” va “Tarix”, “Al-Buxoriy” xalqaro yo‘ldosh telekanalida turkiy davlatlar tomonidan taqdim etiladigan dasturlarni joylashtirishga tayyor ekaninni bildirdi. Undan tashqari, O‘zbekiston turizm va sport vaziri Turkiy Kengash huzurida a’zo davlatlar mablag‘lari asosida Madaniy me’ros obyektlarini asrash jamg‘armasini tashkil qilish g‘oyasini bildirdi. Shu bilan birga Aziz Abduhakimov turkliy tilli davlatlar orasida transport va logistika aloqalarini rivojlantirishni, doimiy va charter parvozlar sonini oshirishni, turistik poyezd va avtobuslar harakatini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Ma’lumot uchun bugun Qo‘qonda “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Turizm vazirlarining VI yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon va Vengriya turizm vazirlari ishtirok etmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210624/qoqon---turkiy-dunyo-turistik-poytaxti-maqomini-olishi-mumkin---tafsilotlar-19384961.html
qo‘qon
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/18/19387395_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_b481d4b1c5c7b379680d7b0de0f27fe6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, qo‘qon
turizm, turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, qo‘qon
Turkiy davlatlarning yagona turizm kalendarini tuzish taklif etildi
10:09 24.06.2021 (yangilandi: 10:12 24.06.2021) Aziz Abduhakimov turkiy tilli davlatlar orasida transport va logistika aloqalarini rivojlantirishni, doimiy va charter parvozlar sonini oshirishni taklif qildi.
TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. O‘zbekiston turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov bugun qo‘qonda bo‘lib o‘tayotgan Turkiy tilli davlatlar turizm vazirlarining 6-yig‘ilishida turkiy davlatlarning yagona madaniy va turizm tadbirlari taqvimi tuzishni taklif etdi.
“To‘rtinchidan, turkiy davlatlarning yagona madaniy va turizm tadbirlari taqvimini yaratish taklifini bildirmoqchiman.
Unga ko‘ra, xalq o‘yinlari – etno sport (uloq-ko‘pkari, dorbozlik, kurash, kamondan o‘q uzish, tosh ko‘tarish kabi) va baxshilar musobaqasini o‘tkazib borish tarixiy an’analarimizning yo‘qolib ketishini oldini oladi”, - dedi vazir.
Shuningdek, Abduhakimov turkiy tilli davlatlar turizm obxyektlarini o‘zaro targ‘ib qilish g‘oyasini ilgari surdi va bu borada O‘zbekiston “Turizm 365”, “ UzReport” va “Tarix”, “Al-Buxoriy” xalqaro yo‘ldosh telekanalida turkiy davlatlar tomonidan taqdim etiladigan dasturlarni joylashtirishga tayyor ekaninni bildirdi.
Undan tashqari, O‘zbekiston turizm va sport vaziri Turkiy Kengash huzurida a’zo davlatlar mablag‘lari asosida Madaniy me’ros obyektlarini asrash jamg‘armasini tashkil qilish g‘oyasini bildirdi.
Shu bilan birga Aziz Abduhakimov turkliy tilli davlatlar orasida transport va logistika aloqalarini rivojlantirishni, doimiy va charter parvozlar sonini oshirishni, turistik poyezd va avtobuslar harakatini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.
Ma’lumot uchun bugun Qo‘qonda “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Turizm vazirlarining VI yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon va Vengriya turizm vazirlari ishtirok etmoqda.