Moskvada COVID-19 bilan kasallanish keskin oshishi sabab yangi cheklovlar joriy etildi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishV Moskve usililsya kontrol za nosheniyem masok
V Moskve usililsya kontrol za nosheniyem masok     - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2021
Obuna bo‘lish
Sergey Sobanin koronavirus sabab yangi cheklovlar kiritilishini e’lon qildi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Moskva meri Sergey Sobanin Moskvada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sabab yangi cheklovlar kiritilishini ma’lum qildi.
Shunday qilib, Moskvada 13-iyundan boshlab ish beruvchilarga xodimlarining kamida 30 foizini hamda barcha 65 yoshdan yuqori va surunkali kasalliklari bor xodimlarni masofaviy ish shakliga o‘tkazish tavsiya qilindi. Bu emlangan xodimlarga taalluqli emas.
Gospital dlya bolnix COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2021
Rossiyada COVID-19 bilan kasallanish keskin ko‘paymoqda
15 iyundan 19-iyungacha maosh saqlangan holda dam olish kunlari deb e’lon qilindi. Shu tariqa Moskvada “uzun dam olish kunlari” 9 kun – 12 dan 20-iyungacha davom etadi.
Shuningdek, 13-iyundan 20-iyungacha hayvonot bog‘i, fudkort, bolalar o‘ynashi uchun mo‘ljallangan xonalar faoliyati vaqtinchi to‘xtatiladi. Bu davrda kafe va klublar ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaza olmaydi. Shuningdek, soat 23:00 dan soat 06:00 gacha mijozlarni qabul qilish taqiqlanadi. Buyurtmalarni eltib berishga ruxsat beriladi.
Kecha Moskvada 6701 ta yangi koronavirus bilan kasallanish qayd etildi. Bu so‘nggi bir necha oydagi eng yuqori ko‘rsatgichdir.
Yangiliklar lentasi
0