Zarar 5,3 mlrd so‘m: Toshkentda firibgarlar ijaraga olingan mashinalarni sotib yubordi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishMashina
Mashina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2021
Obuna bo‘lish
Jinoiy guruh 39 kishini chuv tushirgan. Ular go‘yoki fuqarolarning to‘lovlari o‘z vaqtida MChJga kelib tushmayotganligini iddao qilib, ulardan ijara shartnomasiga asosan olingan mashinalarni qaytarib olishgan.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Toshkent shahri Sergeli tumanida ijaraga olingan avtomashinalarni sotib yuborgan jinoiy guruh aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan. Unda fuqaro I.U. va boshqalar “M.L.” MChJdan ijara shartnomasiga asosan avtotransport vositasini olgan 39 nafar fuqaroni chuv tushirgani aniqlandi.
Firibgarlar go‘yoki fuqarolarning to‘lovlari o‘z vaqtida MChJga kelib tushmayotganligini iddao qilib, ulardan mashinalarni qaytarib olishgan. Keyin MChJ rahbarining xabardorligisiz boshqa shaxslarga sotib yuborishgan. Natijada jamiyat manfaatlariga 5,3 mlrd so‘m zarar yetkazishgan.
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Buxoroda 17 kishiga Moskvaga soxta aviachipta sotgan firibgarlar qo‘lga olindi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0