Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrif dasturidan qanday tadbirlar o‘rin olgan

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaJiteli Tursunzade torjestvenno vstretili Prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva
Jiteli Tursunzade torjestvenno vstretili Prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2021
Obuna bo‘lish
Tadbirlar yakunida O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning muhim sohalarini qamrab olgan 30 dan ziyod hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 10-11 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif dasturida Dushanbe shahrida ikki tomonlama tadbirlar – rasmiy kutib olish marosimi, tor doiradagi va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar, ijtimoiy obyektlar ochilishi va ikki tomonlama hujjatlar imzolanishiga bag‘ishlangan onlayn marosimlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavi yego administratsii Sherzod Asadov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Asadov Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifidan nimalar kutilayotgani haqida gapirdi
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Ko‘p qirrali sheriklikning yangi “o‘sish nuqtalari”ni belgilash hamda uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan amaliy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi. Prezidentlar xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashadilar.
Bundan tashqari, davlat rahbarlari Tojikiston poytaxtida qo‘shma madaniy tadbirlarda ishtirok etadilar, So‘g‘d viloyatida jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, qator sanoat obyektlari bilan tanishadilar.
Tadbirlar yakunida O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning muhim sohalarini qamrab olgan 30 dan ziyod hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2021
Mirziyoyevning Tojikistonga amalga oshiradigan tashrifidan nimalar kutilmoqda
Tashrif arafasida birinchi Hududlararo forum va Ishbilarmonlar kengashining uchrashuvi o‘tkaziladi.
Ma’lum qilinishicha, o‘zaro savdo hajmi bir necha barobar ortib, o‘tgan yili 500 million dollardan oshgan, 200 dan ortiq qo‘shma korxona tashkil etilgan. Gumanitar sohada faol almashinuvlar, hududlar o‘rtasida samarali aloqalar amalga oshirilmoqda.
Premyer-ministri Uzbekistana i Tadjikistana Abdulla Aripov i Koxir Rasulzoda  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2021
O‘zbekiston va Tojikiston savdo aylanmasini qanday qilib 1 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Yangiliklar lentasi
0