“Lyubaya biznes xorosha” kompaniyasi mansabdorlariga qarshi jinoyat ishi ochildi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovStatuya bogini pravosudiya
Statuya bogini pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2021
Obuna bo‘lish
Tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda “Lyubaya biznes xorosha”, “Plati-leti”, “S 707” va boshqa MChJlar mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, "Lyubaya biznes xorosha”, “Plati-leti”, “S 707” va boshqa MChJlar mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 179 (Soxta tadbirkorlik), 184 (Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 189-moddalari (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2020
"Mendirman Jaloliddin" filmi yuzasidan “O‘zbekkino” mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bosh prokuratura tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligini bildirgan.
“Lyubaya biznes xorosha”, “Plati-leti” va boshqa kompaniyalar o‘z nomlarida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning Alter Ego dasturiga bergan intervyusida aytgan iboralaridan foydalanishadi.
Yangiliklar lentasi
0