Korona-info: kecha O‘zbekistonning barcha hududlarida COVID aniqlandi, 1 bemor vafot etdi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy rabotnik izmerayet saturatsiyu u patsiyentki s COVID-19
Meditsinskiy rabotnik izmerayet saturatsiyu u patsiyentki s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2021
Obuna bo‘lish
Kasallikdan vafot etganlar soni 691 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 2-iyun – Sputnik. Kecha O‘zbekistonda 231 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi va infeksiyaga chalinganlar soni 100 726 nafarga yetdi.
Kecha kun davomida 346 bemor kasallikdan sog‘aydi va sog‘ayganlar soni jami 96 569 nafarga yetdi.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 691 nafarni tashkil qildi.
Eksponati vistavki v Uxani, organizovannoy vistavochnim sentrom, kotoriy bil vremennim gospitalem vo vremya pandemii koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2021
AQSh koronavirus pandemiyasi uchun aybdorni topdi
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3466 nafar bemor davolanmoqda.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 170 million 051 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 540 mingdan ziyod kishi vafot etgan (31.05.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 14:48 holatiga ko‘ra).
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha: AQSh birinchi o‘rinda turibdi, u yerda BSST ma’lumotlariga ko‘ra 32,929 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
Ikkinchi o‘rinda Hindiston (28,047 milliondan ortiq), uchinchi o‘rinda Braziliya (16,471 milliondan ortiq).
Yangiliklar lentasi
0