O‘zbekiston davlat qarzi miqdori kamaydi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri: dollari SShA
Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2021
Obuna bo‘lish
Moliya vazirligi “O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi”ni tayyorladi.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. 2021-yil 1-aprel holatiga davlat qarzi 23,2 mlrd. dollarni yoki YaIMga nisbatan 40,1 foizni tashkil etdi va yil boshiga nisbatan 133,7 mln. dollarga yoki yalpi ichki mahsulotga nisbati 0,3 foizga kamaydi. Bu raqamlar O‘zbekiston Moliya vazirligi “O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi”da keltirilgan.
Perviy zamestitel predsedatelya Sentralnogo banka Respubliki Uzbekistan Timur Ishmetov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2021
Davlat qarzi qayerdan kelib qayerga ketmoqda - moliya vaziri ma’lumoti
“davlat tashqi qarzi 21,0 mlrd. dollarni yoki YaIMga nisbatan 36,3 foizni tashkil etdi va yil boshiga nisbatan 73,6 mln.dollarga yoki yalpi ichki mahsulotga nisbati 0,2 foizga kamaydi;
davlat ichki qarzi 2,2 mlrd.dollarni yoki YaIMga nisbatan 3,8 foizni tashkil etdi va yil boshiga nisbatan 60,1 mln.dollarga yoki yalpi ichki mahsulotga nisbati 0,1 foizga kamaydi”, - deyilgan hisobotda.
Davlat qarzining kamayishi asosiy qarz to‘lovlarining amalga oshirilishi hamda davlat qarz portfeli tarkibidagi valyuta kurslaridagi o‘zgarishlar bilan izohlanadi. Masalan, yanvar-mart oylarida Yaponiya iyenasi AQSh dollariga nisbatan 6,1 foizga qadrsizlangan. O‘zbekiston davlat tashqi qarzlari portfelida esa Yaponiya milliy valyutasining ulushi 11 foizni tashkil etadi.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0