https://oz.sputniknews.uz/20210526/yol-harakati-qoidalarida-vijdon-sozi-yoq-18913922.html
Yo‘l harakati qoidalarida “vijdon” so‘zi yo‘q
Yo‘l harakati qoidalarida “vijdon” so‘zi yo‘q
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda so‘nggi vaqtda YTH va qurbonlar soni oshmoqda. Ushbu muammoning negizi nimada? Baxtsiz hodislarning oldini olish uchun qanday yo‘l tutish kerak? 26.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-26T12:15+0500
2021-05-26T12:15+0500
2021-05-26T12:15+0500
kolumnistlar
yth
xavfsizlik
yo‘l
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/480/11/4801193_1:0:1500:843_1920x0_80_0_0_7e5d2b8a0fe6f474a8a3158ade71494e.jpg
Hammamiz shoshamiz... Uyga, oilaga, xizmatga, qadrdonlar, oshna-og‘aynilar davrasiga. Biroq, keyingi kunlarda shoshayotganlarning barchasi ham manzilga yetib bormayotganligi ma’lum bo‘lmoqda. Ko‘chalar jang maydoniga aylanib ketgan. Har kuni qurbonlar berapmiz. O‘zbekistonda haydovchilikka o‘qitish va tayyorlash tizimi, fuqarolarga shu huquqni berish tartibi keskin tanqidlarga uchramoqda. Tizimni tanqid qiluvchilar ko‘p va ularning kuyinishlarida jon bor. Ushbu haqiqatni inkor qilmagan aytish lozim, tanganing boshqa tomoni ham mavjud: pulga haydovchilik guvohnomasini olish imkoni mavjuddir, lekin ongli insonning o‘zi anglab yetishi kerak-ku, ertaga ko‘chada guvohnoma, pul yoki o‘sha, guvohnomani bergan odam emas, o‘zi yurishini. Avtomobil boshqarishni boshlaganimga ko‘p bo‘lgani yo‘q, ammo shu qisqa muddatda mashinalar ko‘chalarda kun sayin ko‘payayotgani, harakat qatnashchilari o‘ta shafqatsiz bo‘lib ketganini, ko‘cha aybni, xatoni kechirmaydigan darajaga kelib qolganiga guvoh bo‘lmoqdaman.Ammo har nega qaramay, baribir odamlar, o‘z bilganidan qolmaydi. Ko‘pchilikning ongida o‘qish, o‘rganish chorasizlar, nochorlarning ishi, haqiqiy inson esa hammasiga qiynalmay, pul yoki tanish bilan erishadi, degan tushuncha toshday qotganday go‘yoki. Bu har qanday sohada, hatto asosiy ishi o‘qish, bilim olish bo‘lgan tizim – oliy ta’limda ham avj olgan. Bugun O‘zbekiston ko‘chalarida yuz berayotgan o‘limlar, baxtsiz hodisalarning zamirida ham shu illat yotadi – o‘qib, o‘rganishni or biluvchilar! Shuning ortidan bu tizimda korrupsiya gullab, hosil beraveradi.Bugun yo‘llarda yuz berayotgan yo‘l-transport hodisalarining yana bir sababi – bu yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining haydovchilar, fuqarolar ko‘z o‘ngida obro‘sizlantirilishi. Kunda, kun aro bir-ikki YPX xodimi ijtimoiy tarmoqlarda kulgi qilinadi. Bitta shunday kulgining bilvosita oqibatida bir-necha inson hayot bilan vidolashishini qachon tushunamiz?Jamiyat faqat ishonch, hurmat, qo‘rquv va xavotir tushunchalari orqali o‘zini tutib turadi. Ularga putur yetsa, jamiyatdagi balans buziladi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining obro‘sizlantirilishi orqasidan ular himoya qilib kelgan yo‘l harakati qoidalariga ham hurmat yo‘qoladi, ularning har ikkalasiga bo‘ysunmaslik avj oladi. Bugun jamiyatda blogerlar kuchi, qudrati va obro‘yi YPX xodimlarini qanchalik dovdiratib qo‘yishi, ularni masxara qilishi bilan o‘lchanadigan bo‘lib qoldi. Bu maqbul yo‘l ham, sog‘lom tartib ham emas. Albatta, tushunarli, davlat xizmatidagi xodim madaniyatli bo‘lishi lozim, ularda kasb etikasi, madaniyati degan qoidalar bor, rioya etilishi, doim xushmuomala bo‘lishlari talab etiladi. Biroq ularni hech kim boshqa davlatdan terib kelgan emas, shu xalqning vakili, har kuni yuzlab, minglab shu xalq vakillari bilan muomala qiladi. Har bir fuqaro bir tomchidan g‘azab tashlab ketsa, u g‘azabga, har bitta uchrashgani bir tomchidan mehr tashlab ketsa, u mehrga to‘la bo‘ladi. Tushunaman, YPX xodimini ko‘rishing bilan asabing o‘ynaydi, jahling chiqadi, yuziga shapaloq totib yuborging keladi (hatto otang ham, bir umr tarbiyalab, boqib, biror marta dakki bermagani holda, buning tartibga chaqirishi nimasi?!). Lekin na iloj, tartibga bo‘ysunish ko‘nikmasiniyam shakllantirish lozim bo‘ladi. Boshqa chorasi yo‘q. Yana bir holat: qoidalarning o‘zi “eplab, bizni buzib yuraver”, deyotganday. Masalan, Yo‘l harakati qoidasining “5.43” - “Radar” yo‘l belgisini oling. Ushbu belgi harakatlanish tezligi nazoratga olingan barcha joylarga o‘rnatilishi shart emish. Aynan “shart” degan so‘z bor!Savol: nega?! Hovliqib kelayotgan haydovchini ogohlantirish uchun-da!Tezlikdagi cheklov o‘zi nima uchun belgilanadi? Yo‘l-patrul xizmati xodimlari uchunmi, harakatni tartibga solish uchunmi?Bu tartibdan ko‘rinadiki, qoidalar faqat YPX xodimlari uchun. Agar qoida barchaga bo‘lganida, uni tekshirishdan oldin bunaqa belgi qo‘yilishi talab etilmasdi. “O‘zingga hushor bo‘l, qo‘shingni o‘g‘ri tutma”, deydi o‘zbeklar. Sen qoidaga amal qilib yursang, kim qayda, nimani tekshirayotgani bilan necha pulik ishing bor? Har doim qoidani buzib yurgan bo‘lsang, unda bunaqa belgi zarur, tezlikni pasaytirasan-da, nazoratchining oldidan mo‘min-qobilgina bo‘lib, o‘tib, yana bilganingni qilaverasan. Juda qo‘lga tushib qolsang, “Radar” belging qani?” deb do‘qlaysan. Xodim dovdirab qoladi. Keyin uni ijtimoiy tarmoqlarga masxaralab chiqarib yuborasan.Bu belgi shuning uchun kerak-da, demak. Buni davlat tomonidan hech kim ko‘rmagan joyda qoidalarni buzaverishga ruxsat berilishi, deb baholash mumkin... Albatta, haydovchining vijdoni haqida ham gapirib, yuqoridagi fikrga e’tiroz bildirish mumkin. Lekin, Yo‘l harkati qoidalarida “vijdon” degan so‘z bir marta ham ishlatilmagan.Ko‘pincha, avariyalarga yomon yo‘llarni ham sabab qilib ko‘rsatishadi. To‘g‘ri, katta trassalarda shunday. Ammo guvohi bo‘layotganim Toshkentning “okop”li ko‘chalarida haydovchilar tez yurishga cho‘chishadi, o‘ta hushor bo‘ladilar: mashina pulga kelgan axir! Qaniyda ular boshqalar hayotiga ham mana shunday, hushorlik bilan qaraganda edi!Yo‘larning yomonligi uchun kimdir javob berishi kerak, biroq odamlar o‘liminiyam ularning bo‘yniga osib qo‘yish nohaqlik bo‘lar edi. Buning butun mas’uliyati harakat ishtirokchilarining gardanida.So‘z so‘ngida ancha yillar burun xalq orasida ommalashgan latifani keltimoqchiman:Yigit oshnasinikiga, boshqa shaharga mehmonga boradi. Ikkalasi mashinada shaharni aylangani chiqadi. Mezbon chorrahadagi qizil chiroqda “mingga qo‘yib” o‘tib ketadi. Mehmon lol: “Nima qilyapsan, qizil-ku?!” “Xavotir olma, - debdi mehmon unga. – Men “krutoy”man, qizilda bemalol o‘tib ketaveraman”. Keyingi chorahaga kelishsa, yashil yonib qolibdi. Mehmon mashinasini shoshib to‘xtatibdi. Mezbon hayron: “Yurmaysanmi, yashil-ku?” “Oshna, bu shaharda “krutoy” bir men emasman”, dermish mezbon.Nimani tushundingiz? Bu shaharda teskari bo‘lsa ham tartib bor ekan. Odamlar qanday bo‘lishidan qat’iy nazar biror tartibga bo‘ysunishlari lozim. Anarxiya – tartibning onasi, degan qoidalar ketmaydi. Ayniqsa yo‘llarda.
https://oz.sputniknews.uz/20210504/uch-oy-ichida-qariyb-400-kishi-ythda-halok-bolgan-18607261.html
https://oz.sputniknews.uz/20210524/angrendagi-ayanchli-yth-tafsilotlari-ochiqlandi-18883205.html
https://oz.sputniknews.uz/20210513/qashqadaryodagi-mudhish-yth-biryola-7-kishini-hayotdan-olib-ketdi-18711791.html
https://oz.sputniknews.uz/20210310/jizzaxda--mudhish-yth-ikki-kishi-tiriklayib-yinib-ketdi-17481842.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/341/49/3414917_2292:101:3994:1803_100x100_80_0_0_1d51c694515a08c0bf3a09f945d5a0b4.jpg
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/341/49/3414917_2292:101:3994:1803_100x100_80_0_0_1d51c694515a08c0bf3a09f945d5a0b4.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/480/11/4801193_188:0:1312:843_1920x0_80_0_0_773c099d0275bbb6208d8cd6e9461860.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Dilshoda Rahmatova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/341/49/3414917_2292:101:3994:1803_100x100_80_0_0_1d51c694515a08c0bf3a09f945d5a0b4.jpg
kolumnistlar, yth, xavfsizlik, yo‘l
kolumnistlar, yth, xavfsizlik, yo‘l
Yo‘l harakati qoidalarida “vijdon” so‘zi yo‘q
Dilshoda Rahmatova
redaktor
O‘zbekistonda so‘nggi vaqtda YTH va qurbonlar soni oshmoqda. Ushbu muammoning negizi nimada? Baxtsiz hodislarning oldini olish uchun qanday yo‘l tutish kerak?
Hammamiz shoshamiz... Uyga, oilaga, xizmatga, qadrdonlar, oshna-og‘aynilar davrasiga. Biroq, keyingi kunlarda shoshayotganlarning barchasi ham manzilga yetib bormayotganligi ma’lum bo‘lmoqda. Ko‘chalar jang maydoniga aylanib ketgan. Har kuni qurbonlar berapmiz.
O‘zbekistonda haydovchilikka o‘qitish va tayyorlash tizimi, fuqarolarga shu huquqni berish tartibi keskin tanqidlarga uchramoqda. Tizimni tanqid qiluvchilar ko‘p va ularning kuyinishlarida jon bor.
Ushbu haqiqatni inkor qilmagan aytish lozim, tanganing boshqa tomoni ham mavjud: pulga haydovchilik guvohnomasini olish imkoni mavjuddir, lekin ongli insonning o‘zi anglab yetishi kerak-ku, ertaga ko‘chada guvohnoma, pul yoki o‘sha, guvohnomani bergan odam emas, o‘zi yurishini. Avtomobil boshqarishni boshlaganimga ko‘p bo‘lgani yo‘q, ammo shu qisqa muddatda mashinalar ko‘chalarda kun sayin ko‘payayotgani, harakat qatnashchilari o‘ta shafqatsiz bo‘lib ketganini, ko‘cha aybni, xatoni kechirmaydigan darajaga kelib qolganiga guvoh bo‘lmoqdaman.
Ammo har nega qaramay, baribir odamlar, o‘z bilganidan qolmaydi. Ko‘pchilikning ongida o‘qish, o‘rganish chorasizlar, nochorlarning ishi, haqiqiy inson esa hammasiga qiynalmay, pul yoki tanish bilan erishadi, degan tushuncha toshday qotganday go‘yoki. Bu har qanday sohada, hatto asosiy ishi o‘qish, bilim olish bo‘lgan tizim – oliy ta’limda ham avj olgan. Bugun O‘zbekiston ko‘chalarida yuz berayotgan o‘limlar, baxtsiz hodisalarning zamirida ham shu illat yotadi – o‘qib, o‘rganishni or biluvchilar! Shuning ortidan bu tizimda korrupsiya gullab, hosil beraveradi.
Bugun yo‘llarda yuz berayotgan yo‘l-transport hodisalarining yana bir sababi – bu yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining haydovchilar, fuqarolar ko‘z o‘ngida obro‘sizlantirilishi. Kunda, kun aro bir-ikki YPX xodimi ijtimoiy tarmoqlarda kulgi qilinadi. Bitta shunday kulgining bilvosita oqibatida bir-necha inson hayot bilan vidolashishini qachon tushunamiz?
Jamiyat faqat ishonch, hurmat, qo‘rquv va xavotir tushunchalari orqali o‘zini tutib turadi. Ularga putur yetsa, jamiyatdagi balans buziladi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining obro‘sizlantirilishi orqasidan ular himoya qilib kelgan yo‘l harakati qoidalariga ham hurmat yo‘qoladi, ularning har ikkalasiga bo‘ysunmaslik avj oladi.
Bugun jamiyatda blogerlar kuchi, qudrati va obro‘yi YPX xodimlarini qanchalik dovdiratib qo‘yishi, ularni masxara qilishi bilan o‘lchanadigan bo‘lib qoldi. Bu maqbul yo‘l ham, sog‘lom tartib ham emas.
Albatta, tushunarli, davlat xizmatidagi xodim madaniyatli bo‘lishi lozim, ularda kasb etikasi, madaniyati degan qoidalar bor, rioya etilishi, doim xushmuomala bo‘lishlari talab etiladi. Biroq ularni hech kim boshqa davlatdan terib kelgan emas, shu xalqning vakili, har kuni yuzlab, minglab shu xalq vakillari bilan muomala qiladi. Har bir fuqaro bir tomchidan g‘azab tashlab ketsa, u g‘azabga, har bitta uchrashgani bir tomchidan mehr tashlab ketsa, u mehrga to‘la bo‘ladi.
Tushunaman, YPX xodimini ko‘rishing bilan asabing o‘ynaydi, jahling chiqadi, yuziga shapaloq totib yuborging keladi (hatto otang ham, bir umr tarbiyalab, boqib, biror marta dakki bermagani holda, buning tartibga chaqirishi nimasi?!). Lekin na iloj, tartibga bo‘ysunish ko‘nikmasiniyam shakllantirish lozim bo‘ladi. Boshqa chorasi yo‘q.
Yana bir holat: qoidalarning o‘zi “eplab, bizni buzib yuraver”, deyotganday. Masalan, Yo‘l harakati qoidasining “5.43” - “Radar” yo‘l belgisini oling. Ushbu belgi harakatlanish tezligi nazoratga olingan barcha joylarga o‘rnatilishi shart emish. Aynan “shart” degan so‘z bor!
Hovliqib kelayotgan haydovchini ogohlantirish uchun-da!
Tezlikdagi cheklov o‘zi nima uchun belgilanadi? Yo‘l-patrul xizmati xodimlari uchunmi, harakatni tartibga solish uchunmi?
Bu tartibdan ko‘rinadiki, qoidalar faqat YPX xodimlari uchun. Agar qoida barchaga bo‘lganida, uni tekshirishdan oldin bunaqa belgi qo‘yilishi talab etilmasdi.
“O‘zingga hushor bo‘l, qo‘shingni o‘g‘ri tutma”, deydi o‘zbeklar. Sen qoidaga amal qilib yursang, kim qayda, nimani tekshirayotgani bilan necha pulik ishing bor? Har doim qoidani buzib yurgan bo‘lsang, unda bunaqa belgi zarur, tezlikni pasaytirasan-da, nazoratchining oldidan mo‘min-qobilgina bo‘lib, o‘tib, yana bilganingni qilaverasan. Juda qo‘lga tushib qolsang, “Radar” belging qani?” deb do‘qlaysan. Xodim dovdirab qoladi. Keyin uni ijtimoiy tarmoqlarga masxaralab chiqarib yuborasan.
Bu belgi shuning uchun kerak-da, demak. Buni davlat tomonidan hech kim ko‘rmagan joyda qoidalarni buzaverishga ruxsat berilishi, deb baholash mumkin...
Albatta, haydovchining vijdoni haqida ham gapirib, yuqoridagi fikrga e’tiroz bildirish mumkin. Lekin, Yo‘l harkati qoidalarida “vijdon” degan so‘z bir marta ham ishlatilmagan.
Ko‘pincha, avariyalarga yomon yo‘llarni ham sabab qilib ko‘rsatishadi. To‘g‘ri, katta trassalarda shunday. Ammo guvohi bo‘layotganim Toshkentning “okop”li ko‘chalarida haydovchilar tez yurishga cho‘chishadi, o‘ta hushor bo‘ladilar: mashina pulga kelgan axir! Qaniyda ular boshqalar hayotiga ham mana shunday, hushorlik bilan qaraganda edi!
Yo‘larning yomonligi uchun kimdir javob berishi kerak, biroq odamlar o‘liminiyam ularning bo‘yniga osib qo‘yish nohaqlik bo‘lar edi. Buning butun mas’uliyati harakat ishtirokchilarining gardanida.
So‘z so‘ngida ancha yillar burun xalq orasida ommalashgan latifani keltimoqchiman:
Yigit oshnasinikiga, boshqa shaharga mehmonga boradi. Ikkalasi mashinada shaharni aylangani chiqadi. Mezbon chorrahadagi qizil chiroqda “mingga qo‘yib” o‘tib ketadi. Mehmon lol:
“Nima qilyapsan, qizil-ku?!”
“Xavotir olma, - debdi mehmon unga. – Men “krutoy”man, qizilda bemalol o‘tib ketaveraman”.
Keyingi chorahaga kelishsa, yashil yonib qolibdi. Mehmon mashinasini shoshib to‘xtatibdi. Mezbon hayron:
“Yurmaysanmi, yashil-ku?”
“Oshna, bu shaharda “krutoy” bir men emasman”, dermish mezbon.
Nimani tushundingiz? Bu shaharda teskari bo‘lsa ham tartib bor ekan.
Odamlar qanday bo‘lishidan qat’iy nazar biror tartibga bo‘ysunishlari lozim. Anarxiya – tartibning onasi, degan qoidalar ketmaydi. Ayniqsa yo‘llarda.