https://oz.sputniknews.uz/20210426/taxiatosh-iesda-yirik-yongin-roy-bergani-rad-etildi-18489868.html
“Taxiatosh IES”da yirik yong‘in ro‘y bergani rad etildi
“Taxiatosh IES”da yirik yong‘in ro‘y bergani rad etildi
Sputnik O‘zbekiston
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Taxiatosh IES” AJ da yong‘in yuz bergani va buning natijasida Qoraqalpog‘istonning aksariyat hududlarida elektr energiyasi uzilishi yuz... 26.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-26T10:16+0500
2021-04-26T10:16+0500
2021-04-26T10:16+0500
hodisalar
elektr energiyasi
issiqlik elektr stansiyasi (ies)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/12/17824239_0:248:2758:1799_1920x0_80_0_0_7b2281af9bb98cc753180094472f7a39.jpg
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. “Taxiatosh IES” AJda hech qanday yong‘in yuz bermagan. Bu haqda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ rasman ma’lum qildi.Avvalroq ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Taxiatosh IES” AJ da yong‘in yuz bergani va Qoraqalpog‘istonning aksariyat hududlari svetsiz qolgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.Ma’lum qilinishicha, 25-aprel kuni soat 20:46 da stansiyadagi ochiq taqsimlovchi qurilmada qisqa tutashuv yuz berganligi sababli 1-sonli bug‘-gaz qurilmasi va 1, 3-sonli turbogeneratorlar avtomatik himoya tizimining ishga tushushi natijasida o‘chib qolgan. Voqea natijasida energouskunalarga hech qanday talofat yetmagan. Soat 21:23 da stansiyada ochiq taqsimlovchi qurilmaning ish faoliyati tiklangan.Xabarda energobloklar bosqichma-bosqich ishga tushirilib, energotizimga ulanayotgani qo‘shimcha qilingan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/12/17824239_15:0:2744:2047_1920x0_80_0_0_99126506a6a7295c63bfa5d7ce6c38ce.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , elektr energiyasi, issiqlik elektr stansiyasi (ies)
hodisalar , elektr energiyasi, issiqlik elektr stansiyasi (ies)
“Taxiatosh IES”da yirik yong‘in ro‘y bergani rad etildi
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Taxiatosh IES” AJ da yong‘in yuz bergani va buning natijasida Qoraqalpog‘istonning aksariyat hududlarida elektr energiyasi uzilishi yuz bergani haqida turli xabarlar tarqalgan edi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. “Taxiatosh IES” AJda hech qanday yong‘in yuz bermagan. Bu haqda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ rasman
ma’lum qildi. Avvalroq ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Taxiatosh IES” AJ da yong‘in yuz bergani va Qoraqalpog‘istonning aksariyat hududlari svetsiz qolgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lum qilinishicha, 25-aprel kuni soat 20:46 da stansiyadagi ochiq taqsimlovchi qurilmada qisqa tutashuv yuz berganligi sababli 1-sonli bug‘-gaz qurilmasi va 1, 3-sonli turbogeneratorlar avtomatik himoya tizimining ishga tushushi natijasida o‘chib qolgan.
Voqea natijasida energouskunalarga hech qanday talofat yetmagan. Soat 21:23 da stansiyada ochiq taqsimlovchi qurilmaning ish faoliyati tiklangan.
Xabarda energobloklar bosqichma-bosqich ishga tushirilib, energotizimga ulanayotgani qo‘shimcha qilingan.