https://oz.sputniknews.uz/20210424/sirdaryo-viloyatida-davlat-tibbiy-sugurtasi-tizimi-tajriba-sinov-tarqasida-joriy-etilmoqda-18477455.html
Sirdaryo viloyatida Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi tajriba-sinov tarqasida joriy etilmoqda
Sirdaryo viloyatida Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi tajriba-sinov tarqasida joriy etilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Tajriba-sinov loyihasi natijalariga ko‘ra davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich joriy etilishi kutilmoqda. 24.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-24T12:29+0500
2021-04-24T12:29+0500
2021-04-24T12:29+0500
jamiyat
tibbiyot muassasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0a/17485441_0:0:3159:1777_1920x0_80_0_0_56c93b51e5ef374a83dc662a067d619b.jpg
TOShKENT, 24 apr - Sputnik. Sirdaryo viloyatida Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi tajriba-sinov tarqasida joriy etilmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Shuningdek, loyiha doirasida “elektron poliklinika” axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari tajriba tariqasida sinovdan o‘tkaziladi. Loyihani amalga oshirish 2021-yil 1-iyuldan boshlanadi.Sug‘urta mexanizmlariga asoslangan tibbiyotni joriy etishning asosiy maqsadi aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish sifati, samaradorligi va maqbulligini oshirishdan iborat. Shuning barobarida bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘lamini kengaytirish, ushbu sohaga yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish, tibbiy xizmatlar bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, shu asosda aholi tomonidan kafolatlargan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatini oshirishga qaratilgan. Jamg‘armaning moliyaviy ta’minoti budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi, tibbiy tashkilotlarini moliyalashtirish esa birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami (BTSYo) muassasalari uchun aholi jon boshi bo‘yicha, tuman va viloyat kasalxonalari uchun esa har bir davolagnan holat uchun amalga oshiriladi.Bugungi kunda DTSJ Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan birga viloyatda belgilangan ishlarni izchil amalga oshirmoqda. Xususan: - ish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida BTSYo muassasalari kompyuter texnikalari bilan ta’minlanmoqda, bunda aholini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar axborot bazasiga kiritiladi; - bemorlarni yo‘naltirish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda: oilaviy vrach – tor mutaxassislarga maslahat va kasalxonaga joylashtirish uchun;- uchinchi va to‘rtinchi salomatlik guruhiga mansub aholining patronaj xamshiralari tomonidan maqsadli patronaji yo‘lga qo‘yilmoqda;- tuman va shaharlar markaziy kasalxonalarida ularning tuzilmasini sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeliga muvofiqlashtirish uchun tegishli o‘zgartirish kiritilmoqda;- birlamchi tibbiy yordam muassasalarida (OShP – oilaviy shifokorlik punkti, OP – oilaviy poliklinika, TMKP – tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida) ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar xronometraji o‘tkazilmoqda;- BTSYo muassasalarida mavjud tibbiy asbob-uskunalar inventarizatsiyasi o‘tkazilmoqda;- BTSYo muassasalarining dori-darmon, reaktivlar va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganilmoqda; - ekspertlar ishtirokida Sirdaryo viloyati tibbiy muassasalari xodimlarini tibbiy profilaktika, patronaj tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘qitish kurslari o‘tkazilmoqda.Hozirgi paytda aholining barcha qatlamlarini kafolatlangan paket doirasida sifatli va zarur tibbiy yordam bilan ta’minlash maqsadida tibbiy xizmatlarni strategik xarid qilish tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, Davlat budjetidan loyiha doirasida tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ajratilayotgan mablag‘larni jamlash, boshqarish, maqsadli va samarali taqsimlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Loyihaga tayyorgarlikni jadallashtirish maqsadida DTSJ 2021-yil 1-maydan Boyovut tumani, Yangiyer va Guliston shaharlarida yo‘lga qo‘yilgan tizimlarni aprobatsiya o‘tkazishga kirishadi. Tajriba-sinov loyihasi natijalariga ko‘ra davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich joriy etilishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20200921/Tibbiy-suurta-tizimini-zhoriy-etish-boshlandi-dastlab-Sirdarda-15020235.html
https://oz.sputniknews.uz/20201017/TIV-Turkiyaga-bormochi-blgan-fuarolarga-tibbiy-suurta-polisini-sotib-olishni-tavsiya-etdi-15203191.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0a/17485441_489:29:2719:1702_1920x0_80_0_0_317380f4c141c0befee0b4707ea70dee.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, tibbiyot muassasi
jamiyat, tibbiyot muassasi
Sirdaryo viloyatida Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi tajriba-sinov tarqasida joriy etilmoqda
Tajriba-sinov loyihasi natijalariga ko‘ra davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich joriy etilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 24 apr - Sputnik. Sirdaryo viloyatida Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi tajriba-sinov tarqasida joriy etilmoqda, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Shuningdek, loyiha doirasida “elektron poliklinika” axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari tajriba tariqasida sinovdan o‘tkaziladi. Loyihani amalga oshirish 2021-yil 1-iyuldan boshlanadi.
Sug‘urta mexanizmlariga asoslangan tibbiyotni joriy etishning asosiy maqsadi aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish sifati, samaradorligi va maqbulligini oshirishdan iborat. Shuning barobarida bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘lamini kengaytirish, ushbu sohaga yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish, tibbiy xizmatlar bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, shu asosda aholi tomonidan kafolatlargan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatini oshirishga qaratilgan.
Jamg‘armaning moliyaviy ta’minoti budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi, tibbiy tashkilotlarini moliyalashtirish esa birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami (BTSYo) muassasalari uchun aholi jon boshi bo‘yicha, tuman va viloyat kasalxonalari uchun esa har bir davolagnan holat uchun amalga oshiriladi.
Bugungi kunda DTSJ Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan birga viloyatda belgilangan ishlarni izchil amalga oshirmoqda.
- ish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida BTSYo muassasalari kompyuter texnikalari bilan ta’minlanmoqda, bunda aholini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar axborot bazasiga kiritiladi;
- bemorlarni yo‘naltirish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda: oilaviy vrach – tor mutaxassislarga maslahat va kasalxonaga joylashtirish uchun;
- uchinchi va to‘rtinchi salomatlik guruhiga mansub aholining patronaj xamshiralari tomonidan maqsadli patronaji yo‘lga qo‘yilmoqda;
- tuman va shaharlar markaziy kasalxonalarida ularning tuzilmasini sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeliga muvofiqlashtirish uchun tegishli o‘zgartirish kiritilmoqda;
- birlamchi tibbiy yordam muassasalarida (OShP – oilaviy shifokorlik punkti, OP – oilaviy poliklinika, TMKP – tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida) ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar xronometraji o‘tkazilmoqda;
- BTSYo muassasalarida mavjud tibbiy asbob-uskunalar inventarizatsiyasi o‘tkazilmoqda;
- BTSYo muassasalarining dori-darmon, reaktivlar va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganilmoqda;
- ekspertlar ishtirokida Sirdaryo viloyati tibbiy muassasalari xodimlarini tibbiy profilaktika, patronaj tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘qitish kurslari o‘tkazilmoqda.
Hozirgi paytda aholining barcha qatlamlarini kafolatlangan paket doirasida sifatli va zarur tibbiy yordam bilan ta’minlash maqsadida tibbiy xizmatlarni strategik xarid qilish tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, Davlat budjetidan loyiha doirasida tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ajratilayotgan mablag‘larni jamlash, boshqarish, maqsadli va samarali taqsimlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Loyihaga tayyorgarlikni jadallashtirish maqsadida DTSJ 2021-yil 1-maydan Boyovut tumani, Yangiyer va Guliston shaharlarida yo‘lga qo‘yilgan tizimlarni aprobatsiya o‘tkazishga kirishadi.
Tajriba-sinov loyihasi natijalariga ko‘ra davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich joriy etilishi kutilmoqda.