“Texnikani avgustda kutapmiz”: amerikaliklar Arktikaga yo‘l olishga shaylanishmoqda

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tish ZRK "Tor-M2DT"
 ZRK Tor-M2DT - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Andrey Kos. AQSh Arktikada Rossiyadan ortda qolmaslikka intilmoqda. Kuni kecha Quruqlikdagi qo‘shinlar harbiy “Oshkosh Defense”, “ ST Engineering” va “BAE Systems” bilan uchun harbiy yaratishga shartnoma imzoladi. Ma’lum bo‘lishicha, amerikaliklarning shunga o‘xshash zamonaviy mashinalari yo‘q ekan, borlari esa eskirib bo‘lgan. Qo‘mondonlik yangi texnikalarni avgustdayoq sinab ko‘rishga umid bildirmoqda. Ular haqida nimalar ma’lumligi RIA Novosti materialida.

Iyungacha qurib bitkazish

Arktika – har qanday armiya uchun jiddiy chaqiriq. O‘ta past ob-havo harorati, muz uyumlari, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurgan muzliklar, infratuzima yo‘qligi, qiyinlashgan logistika, uzoq qutb tuni – bularning bari yirik qo‘shin guruhlarini kengaytirishni murakkablashtiradi.
Sovuq urush yillarida AQSh, SSSRdan farqli o‘laroq, bu hududga keraklicha diqqat qaratmadi, shuning uchun bugungi kunda Pentagon taassarufida yagona “Polar Star” muzorari mavjud. Rossiya esa bu kabi 40 dan ziyod kemalarga ega. Qolaversa, u yerda amerikaliklarning deyarli harbiy bazasi yo‘q.
Repetitsiya Parada Pobedi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Rossiya shimoliy hududlarini g‘ayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
Quruqlikdagi qo‘shinlar uchun qutbning og‘ir shart-sharoitlarida yuk va harbiy xizmatchilarni tashishga qodir texnikasi ham taqchil. Bunga mos bo‘lgan yagona tagach-vezdexodlar – shved “Bandvagn 206” bor. Ular qurollanishga “Small Unit Support Vehicle” nomi bilan olingan. Ammo bu turdagi birinchi mashinalar 40-yil ilgari ishlab chiqarilgan va allaqachon zamon talablariga javob bermaydi.
Armiya Arktika texnikasi parkini yangilashga qaror qilib, “ColdWeather”, “All-Terrain Vehicle” dasturlari doirasida tanlov e’lon qildi. Pentagon ehtimolli tagachlarni yaratish, qurish va sinovlari uchun 2021-yilda 6,6 million va CATV 100 donasini xarid qilishga 9,25 million dollar sarflashga tayyor.
Keyin park 163 ta vezdexodgacha kengaytiriladi. Namunalar 14-iyunga kelib tayyor bo‘lishini kutishmoqda. Avgustdan dekabr oxirigacha – Alyaskadgi poligonda sinovlar. G‘olib 2022-yilda aniqlanadi.

To‘rt variant

CATV to‘rt variantda taqdim etilishi kutilmoqda. Umumiy ishlarga mo‘ljallangan vezdexod bortga haydovchidan tashqari kamida to‘rt askarni olishi hamda avtonom xatti-harakatlar uchun uch kunlik asbob-uskuna va zaxiralarga ega bo‘lishi lozim.
“Bu mashinalar boshqa texnika o‘ta olmaydigan ekstremal past harorat sharoitlarida qator vazifalarni hal qila oladi, - dedi jurnalistlarga AQSh armiyasi zobiti Tim Goddet. U CATV dasturi uchun mas’ul sanaladi. – Ular muammosiz muz bo‘ylab harakat qilishi, suv to‘siqlarini yengib o‘tishi, yuqorilikka oson chiqa olishi, xizmat ko‘rsatishda oddiy va yoqilg‘i sarflashda tejamkor bo‘lishi kerak”.
Muzni yorib, suv yuziga ko‘tarilgan Rossiya atom suvosti kemalari AQShni tashvishga soldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2021
Muzni yorib, suv yuziga ko‘tarilgan Rossiya atom suvosti kemalari AQShni cho‘chitib yubordi
Tanlov ishtirokchilari oldingi ishlanmalariga tayanishmoqda. “Oshkosh” va “ST Engineering” “Bronco 3” ikki halqali tagachni asos qilib olishdi. Bu mashina 20-yildan ziyod Britaniya armiyasi qurollarida bor, Afg‘onistondagi jangovar harakatlarda qatnashgan.
“BAE Systems” “Beowulf” ikki halqali tagach negizidagi yangi texnikani taqdim etadi, u ko‘p jihatdan “Bronco 3” va SUSV ga o‘xshash, ammo yuk ko‘tarish qobiliyati yuqori.

Rossiyaga yetib olish

Bir oy oldin chop qilingan “Arktika strategiyasida” amerikaliklar ochiqchasiga hududdan Moskva va Pekinni siqib chiqarish niyatlarini bayon qilishdi. Dunyodagi eng yirik muzurar floti, harbiy baza tarmog‘i va boy qurol-yaroqqa ega Rossiya Pentagonning alohida xavotiriga sabab bo‘lmoqda.
G‘alaba paradida hamisha Arktika modifikatsiyasi mahalliy havo hujumiga qarshi tizimlari ishtirok etadi: “Tor-M2DT” qisqa masofali zenit-raketa majmuasi, “Pansir-SA” zenit-raketa pushkasi hamda mashinalarning maxsus versiyalari.
Arktika hududi uchun deyarli barcha quruqlikdashi qo‘shinlar texnikasi DT-30 "Vitaz” vezdexodi negizida yig‘ilgan. Ular qo‘rqmasdan qahraton sovuqda ham (minus 55 darajagacha) yuroladi. Ayrim modifikatsiyalar suv to‘siqlarini yengib o‘toladi. Bu esa Shimoliy qutbda hamisha muz uyumlari paydo bo‘lishi sharoitida harakatchanligini oshiradi.
Ispitaniya krilatoy raketi s yadernim dvigatelem «Burevestnik” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Pentagonning dahshatli tushi: AQSh Rossiyaning "Burevestnik" kuchidan bezovta bo‘lmoqda
Murmans viloyati Alakurti posolkasida joylashgan 80-maxsus motoo‘qchi brigada noyob arsenalga ega. Bundan tashqari, 80-maxsus brigada jangchilari ekstremal sovuqqa moslashtirilgan “Ural” va KAMAZ, qordayurar TTM-1901 “Berkut”ga ham ega. Shuningdek, it va bug‘u qo‘shilgan chanaga.
Ulug‘ Vatan urushi yillarida chanalar qutb doirasidan nari yerlar mudofaasida muhim rol o‘ynagan. It va bug‘ularda manzilga o‘q-dori va shaxsiy tarkib yetkazilgan. Bundan tashqari, arktika brigadasi uchun tanklarning maxsus modifikatsiyasi, piyodalar jangovar mashina va vertolotlari, xususan, isitish tizimiga ega Mi-8AMTSh-VA ishlab chiqilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0