Hindiston “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishVaksina "Sputnik V"
Vaksina Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2021
Obuna bo‘lish
Hindiston koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini ma’qullagan 60-mamlakat bo‘ldi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Hindiston mamlakat hududida koronavirusga qarshi “Sputnik V” Rossiya vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi xabar qildi.
Ro‘yxatga olish vaksinaning Rossiyadagi klinik tadqiqotlari hamda Hindistondagi uchinchi bosqich qo‘shimcha klinik tadqiqotlarining ijobiy ma’lumotlarini inobatga olgan holda tezlashtirilgan tartib doirasida (emergency use authorization, EUA) amalga oshirilgan.
Ta’kidlanishicha, “Sputnik V” Hindistonda qo‘llanish uchun ruxsat berilgan uchta vaksinadan biridir.
Lyudi v meditsinskom uchrejdenii v Indii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Hindistonda bir kunda rekord darajada COVID-19 aniqlandi
Shuningdek, Hindiston “Sputnik V”ni ro‘yxatga olgan 60 ta mamlakat orasida eng ko‘p aholiga ega davlat sanaladi. “Sputnik V”ni ma’qullagan mamlakatlar aholisi soni 3 milliard yoki sayyora aholisining 40 foizini tashkil etadi.
Fevral oyining boshida obro‘li tibbiyot jurnali “Lancet” ilmiy jurnali “Sputnik V” vaksinasi klinik sinovlarining 3-bosqich natijalarini e’lon qildi. Unda vaksinaning 91,6% samaradorligi isbotlagan.
Yangiliklar lentasi
0