https://oz.sputniknews.uz/20210410/ozbekistonda-osimlik-yogi-narxlarini-barqarorlashtirish-uchun-zarur-choralar-korilmoqda---mqkq-18254114.html
O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i narxlarini barqarorlashtirish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda - MQKQ
O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i narxlarini barqarorlashtirish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda - MQKQ
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Joriy yilning mart-aprel oylarida O‘zbekistonda kungaboqar va paxta yog‘lari narxlari keskin oshdi. Holatdan kelib chiqib, Monopoliyaga
2021-04-10T09:18+0500
2021-04-10T09:18+0500
2021-04-10T09:18+0500
iqtisod
o‘zbekiston
narx-navo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1375/91/13759174_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_f9bca77ec95c9b1b08f4ba692f27aad8.jpg
TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Joriy yilning mart-aprel oylarida O‘zbekistonda kungaboqar va paxta yog‘lari narxlari keskin oshdi. Holatdan kelib chiqib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ichki bozorda o‘simlik yog‘i mahsulotlari narxlari o‘zgarishini tahlil qilib bormoqda.Xabarda keltirilishicha, respublika bo‘yicha yiliga 300 ming tonnadan ortiq o‘simlik yog‘i talab etiladi.2020 yilda aholi iste’moli uchun 450 ming tonnadan ziyod o‘simlik yog‘i muomalaga chiqarilgan bo‘lib, shundan yarmidan ortiqrog‘i import qilingan.Ichki bozorlarda narxlar keskin o‘sishiga birinchi navbatda tashqi jahon bozorlarida narxlar oshishi va o‘tgan hosil yilida yetishtirish hajmlari nisbatan kamroq bo‘lishi munosabati bilan asosiy yetkazib beruvchilardan bo‘lgan qo‘shni davlatlarda kungaboqar yog‘i va urug‘i eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilanishi tartibi muddati uzaytirilishi ham ta’sir etgan.O‘z navbatida, import asosida olib kelinadigan kungaboqar yog‘i va urug‘i narxlarining oshishi mahalliy paxta yog‘i narxlariga ham bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.Shu bilan birga, mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish uchun ichki bozorda taklif yetarli darajada ekanligi ham ma’lum bo‘lgan.Yuqoridagilarga asosan, ichki bozorda o‘simlik yog‘i narxlarini barqarorlashtirish maqsadida barcha mutasaddi vazirlik va idoralar birgalikda barcha zarur choralarni ko‘rayotgani ma’lum qilinmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20190117/Ozbekistonda-yanada-koproq-osimlik-yogi-ishlab-chiqariladi-10533505.html
https://oz.sputniknews.uz/20201020/Rossiyada-kungaboar-narxi-keskin-kotarildi-15218985.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1375/91/13759174_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_b46a6f9fa861eb216eab949872af7e15.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, narx-navo
iqtisod, o‘zbekiston, narx-navo
O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i narxlarini barqarorlashtirish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda - MQKQ
TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Joriy yilning mart-aprel oylarida O‘zbekistonda kungaboqar va paxta yog‘lari narxlari keskin oshdi. Holatdan kelib chiqib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ichki bozorda o‘simlik yog‘i mahsulotlari narxlari o‘zgarishini tahlil qilib bormoqda.
Xabarda
keltirilishicha, respublika bo‘yicha yiliga 300 ming tonnadan ortiq o‘simlik yog‘i talab etiladi.
2020 yilda aholi iste’moli uchun 450 ming tonnadan ziyod o‘simlik yog‘i muomalaga chiqarilgan bo‘lib, shundan yarmidan ortiqrog‘i import qilingan.
Ichki bozorlarda narxlar keskin o‘sishiga birinchi navbatda tashqi jahon bozorlarida narxlar oshishi va o‘tgan hosil yilida yetishtirish hajmlari nisbatan kamroq bo‘lishi munosabati bilan asosiy yetkazib beruvchilardan bo‘lgan qo‘shni davlatlarda kungaboqar yog‘i va urug‘i eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilanishi tartibi muddati uzaytirilishi ham ta’sir etgan.
O‘z navbatida, import asosida olib kelinadigan kungaboqar yog‘i va urug‘i narxlarining oshishi mahalliy paxta yog‘i narxlariga ham bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
Shu bilan birga, mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish uchun ichki bozorda taklif yetarli darajada ekanligi ham ma’lum bo‘lgan.
Yuqoridagilarga asosan, ichki bozorda o‘simlik yog‘i narxlarini barqarorlashtirish maqsadida barcha mutasaddi vazirlik va idoralar birgalikda barcha zarur choralarni ko‘rayotgani ma’lum qilinmoqda.