https://oz.sputniknews.uz/20210408/navbahor---paxtakor-oyinida-hakamlar-va-mehmon-jamoaga-turli-buyumlar-uloqtirildi-18230436.html
“Navbahor” - “Paxtakor” o‘yinida hakamlar va mehmon jamoaga turli buyumlar uloqtirildi
“Navbahor” - “Paxtakor” o‘yinida hakamlar va mehmon jamoaga turli buyumlar uloqtirildi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan Namanganning “Navbahor” va poytaxtning “Paxtakor” futbol jamoalari o‘rtasidagi o‘yin
2021-04-08T16:45+0500
2021-04-08T16:45+0500
2021-04-08T18:41+0500
sport
futbol
paxtakor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/08/18229710_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_073c564df215bc4d712c58f302ace92b.jpg
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan Namanganning “Navbahor” va poytaxtning “Paxtakor” futbol jamoalari o‘rtasidagi o‘yin tartibsizliklar bilan yakunlandi. 7-aprel kuni “Navbahor” o‘yingohida bo‘lib o‘tgan o‘yin 2:1 hisobda poytaxtliklar foydasiga hal bo‘ldi.Hal qiluvchi gol bahsning 89-daqiqasida uchrashuv bosh hakami Firdavs Norsafarov videotakrorlardan keyin “Navbahor” darvozasiga belgilagan penaltidan so‘ng urildi. Hakamning bu qarori stadionga to‘plangan futbol ishqibozlarining keskin e’tirozlariga sabab bo‘lib, ularni junbushga keltirdi.Tomoshabinlar o‘yin yakunlangach, hakam va “Paxtakor” futbolchilar tomon turli buyumlarni “uchirdi”. Bundan tashqari, stadion atrofida minglab ishqibozlar to‘planib, o‘z noroziligini bildirdi. Kelgan muxlislar soni 15 mingdan ziyod edi.Namangan viloyati IIB e’tiroz bildirgan tomoshabinlar bilan tushuntirish ishlari olib borilgani, olomon tarqatilganini xabar qildi. Hakam, mehmon o‘yinchilar va “Paxtakor” fan-klubining 35 nafar a’zosi nazorat ostida Namangan shahridan kuzatib qo‘yilgan.Tomoshabinlar orasida faol e’tiroz bildirib, boshqalarga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lgan 2 nafar futbol ishqibozi ajratib olingan. Ular Davlatobod tuman IIBga olib kelingan va shaxslariga aniqlik kiritilgan. Keyin ular bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.“Navbahor” futbol klubi muxlislarining ushbu qiliqlaridan afsus bildirgan va bu klubga qimmatga tushishini qayd etgan. Chunki klub jarima tortilishi mumkin."Shunday ekan, aziz va qadrli “Navbahor” ishqibozlari, muxlislik madaniyatiga amal qilgan holda bu borada boshqa jamoa ishqibozlariga o‘rnak bo‘laylik!", - deyilgan klub xabarida.
https://oz.sputniknews.uz/20210315/sogdina-turon-uchrashuvi-bosh-hakami-nomuayyan-muddatga-hakamlikdan-chetlatildi-17762283.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/08/18229710_94:0:1394:975_1920x0_80_0_0_893540a06f854e987797bc1ae67559f3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, futbol, paxtakor
“Navbahor” - “Paxtakor” o‘yinida hakamlar va mehmon jamoaga turli buyumlar uloqtirildi
16:45 08.04.2021 (yangilandi: 18:41 08.04.2021) Namanganning “Navbahor” va poytaxtning “Paxtakor” futbol jamoalari o‘rtasida o‘yin tartibsizliklar bilan yakunlandi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan Namanganning “Navbahor” va poytaxtning “Paxtakor” futbol jamoalari o‘rtasidagi o‘yin tartibsizliklar bilan yakunlandi. 7-aprel kuni “Navbahor” o‘yingohida bo‘lib o‘tgan o‘yin 2:1 hisobda poytaxtliklar foydasiga hal bo‘ldi.
Hal qiluvchi gol bahsning 89-daqiqasida uchrashuv bosh hakami Firdavs Norsafarov videotakrorlardan keyin “Navbahor” darvozasiga belgilagan penaltidan so‘ng urildi. Hakamning bu qarori stadionga to‘plangan futbol ishqibozlarining keskin e’tirozlariga sabab bo‘lib, ularni junbushga keltirdi.
Tomoshabinlar o‘yin yakunlangach, hakam va “Paxtakor” futbolchilar tomon turli buyumlarni “uchirdi”. Bundan tashqari, stadion atrofida minglab ishqibozlar to‘planib, o‘z noroziligini bildirdi. Kelgan muxlislar soni 15 mingdan ziyod edi.
Namangan viloyati IIB e’tiroz bildirgan tomoshabinlar bilan tushuntirish ishlari olib borilgani, olomon tarqatilganini
xabar qildi. Hakam, mehmon o‘yinchilar va “Paxtakor” fan-klubining 35 nafar a’zosi nazorat ostida Namangan shahridan kuzatib qo‘yilgan.
Tomoshabinlar orasida faol e’tiroz bildirib, boshqalarga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lgan 2 nafar futbol ishqibozi ajratib olingan. Ular Davlatobod tuman IIBga olib kelingan va shaxslariga aniqlik kiritilgan. Keyin ular bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.
“Xizmat mobaynida jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan huquqni muhofaza qiluvchi barcha idoralar shaxsiy tarkibi orasida hech qanday tan jarohat olish holatlariga yo‘l qo‘yilmadi”,- deyilgan xabarda.
“Navbahor” futbol klubi muxlislarining ushbu qiliqlaridan afsus bildirgan va bu klubga qimmatga tushishini qayd etgan. Chunki klub jarima tortilishi mumkin.
"Shunday ekan, aziz va qadrli “Navbahor” ishqibozlari, muxlislik madaniyatiga amal qilgan holda bu borada boshqa jamoa ishqibozlariga o‘rnak bo‘laylik!", - deyilgan klub
xabarida.