https://oz.sputniknews.uz/20210406/phanes-group-navoiy-viloyatida-quyosh-fotoelektr-stantsiya-quradi-18176269.html
“Phanes Group” Navoiy viloyatida quyosh fotoelektr stansiya quradi
“Phanes Group” Navoiy viloyatida quyosh fotoelektr stansiya quradi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston Energetika vazirligi va “Phanes Group” xalqaro kompaniyasi o‘rtasida Navoiy viloyatining Nurota tumani hududida quyosh elektr
2021-04-06T13:33+0500
2021-04-06T13:33+0500
2021-04-06T13:33+0500
iqtisod
elektr energiyasi
energetika vazirligi
quyosh fotoelektr stansiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/06/18176075_0:0:3147:1770_1920x0_80_0_0_68f365c96ba58e5831c4a11165021c4f.jpg
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston Energetika vazirligi va “Phanes Group” xalqaro kompaniyasi o‘rtasida Navoiy viloyatining Nurota tumani hududida quyosh elektr stansiyasini (QES) qurish to‘g‘risida investitsiya shartnomasi imzolandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.Shuningdek, marosim davomida “Phanes Group” va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida bitim imzolangan.Imzolangan hujjat 200 MVt quvvatga ega bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish, egalik qilish va ekspluatatsiya qilish uchun texnik va tijoriy shartlarni, shuningdek, 60 km uzunlikdagi 220/110 kV podstansiyasini o‘z ichiga oladi.“Phanes Group” bosh ofisi BAAning Dubay shahrida joylashgan. U quyosh energiyasi, shuningdek, investitsiya va aktivlarni boshqarish sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi xalqaro kompaniya hisoblanadi. Kompaniya 2012-yilda tashkil etilgan. U rivojlanayotgan bozorlarga, ayniqsa Afrika, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlariga alohida e’tibor qaratmoqda.Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Aksa Enerji” turk kompaniyasi Toshkent viloyatining Qibray tumanida umumiy quvvati 470 MVt bo‘lgan ikkita issiqlik elektr stansiyasini (IES) qurishi xabar qilingan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20201230/Uch-viloyatda-ush-fotoelektr-stantsiyasi-uriladi-15706045.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/06/18176075_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_df5a194097092fe4b1549a87aa455546.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, elektr energiyasi, energetika vazirligi, quyosh fotoelektr stansiyasi
iqtisod, elektr energiyasi, energetika vazirligi, quyosh fotoelektr stansiyasi
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston Energetika vazirligi va “Phanes Group” xalqaro kompaniyasi o‘rtasida Navoiy viloyatining Nurota tumani hududida quyosh elektr stansiyasini (QES) qurish to‘g‘risida investitsiya shartnomasi imzolandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Shuningdek, marosim davomida “Phanes Group” va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida bitim imzolangan.
Imzolangan hujjat 200 MVt quvvatga ega bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish, egalik qilish va ekspluatatsiya qilish uchun texnik va tijoriy shartlarni, shuningdek, 60 km uzunlikdagi 220/110 kV podstansiyasini o‘z ichiga oladi.
“Phanes Group” bosh ofisi BAAning Dubay shahrida joylashgan. U quyosh energiyasi, shuningdek, investitsiya va aktivlarni boshqarish sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi xalqaro kompaniya hisoblanadi. Kompaniya 2012-yilda tashkil etilgan. U rivojlanayotgan bozorlarga, ayniqsa Afrika, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlariga alohida e’tibor qaratmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Aksa Enerji” turk kompaniyasi Toshkent viloyatining Qibray tumanida umumiy quvvati 470 MVt bo‘lgan ikkita issiqlik elektr stansiyasini (IES) qurishi xabar
qilingan edi.