https://oz.sputniknews.uz/20210406/dzyudochi-sardor-nurillaev-osiyo-chempioni-boldi-18187436.html
Dzudochi Sardor Nurillayev Osiyo chempioni bo‘ldi
Dzudochi Sardor Nurillayev Osiyo chempioni bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida boshlangan dzudo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining ilk kuni o‘z yakuniga yetdi. Unda o‘zbekistonlik
2021-04-06T18:46+0500
2021-04-06T18:46+0500
2021-04-06T18:46+0500
sport
bishkek
musobaqa
dzudo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/06/18187057_0:0:1301:731_1920x0_80_0_0_9421e20d58429906ab4a2f928c03b7f3.jpg
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida boshlangan dzudo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining ilk kuni o‘z yakuniga yetdi. Unda o‘zbekistonlik dzudochi Sardor Nurillayev Osiyo chempioniga aylandi. O‘zbekiston dzudo federatsiyasi xabariga ko‘ra, -66 kg vazn toifasidagi dzudochi Nurillayev oltin medal uchun kechgan bellashuvda koreyalik An Baulga qarshi tatamiga chiqqan.Murosasiz bahsda Nurullayev Toshkent “Katta Dubulg‘a” turnirining oltin medali sohibi An Baulni ippon (ikkita vazari) bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratgan va unvonlari hisobiga Osiyo chempionligini qo‘shib qo‘ygan.Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik dzudochi Diyora Keldiyorova koreyalik raqibiga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalangan. Gulnur Muratbayeva, Sita Qadamboyeva hamda Nilufar Ermagambetova bronza medali uchun bahsda ustun kelgan.Shu tariqa Osiyo-Okeaniya chempionatining dastlabki kunida o‘zbekistonlik sportchilar bittadan oltin va kumush hamda uchta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20200116/zbek-sporti-tarikhida-ilk-bor-Toshkentda-2021-yilgi-dzyudo-byicha-ZhCh-tkaziladi-13231242.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/06/18187057_65:0:1220:866_1920x0_80_0_0_57e9e8cf711ed3ef6548e64025af6bef.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, bishkek, musobaqa, dzudo
sport, bishkek, musobaqa, dzudo
Dzudochi Sardor Nurillayev Osiyo chempioni bo‘ldi
Dzudo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining ilk kuni O‘zbekiston vakillari 5 ta medalga ega chiqishdi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida boshlangan dzudo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining ilk kuni o‘z yakuniga yetdi. Unda o‘zbekistonlik dzudochi Sardor Nurillayev Osiyo chempioniga aylandi.
O‘zbekiston dzudo federatsiyasi
xabariga ko‘ra, -66 kg vazn toifasidagi dzudochi Nurillayev oltin medal uchun kechgan bellashuvda koreyalik An Baulga qarshi tatamiga chiqqan.
Murosasiz bahsda Nurullayev Toshkent “Katta Dubulg‘a” turnirining oltin medali sohibi An Baulni ippon (ikkita vazari) bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratgan va unvonlari hisobiga Osiyo chempionligini qo‘shib qo‘ygan.
Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining
xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik dzudochi Diyora Keldiyorova koreyalik raqibiga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalangan. Gulnur Muratbayeva, Sita Qadamboyeva hamda Nilufar Ermagambetova bronza medali uchun bahsda ustun kelgan.
Shu tariqa Osiyo-Okeaniya chempionatining dastlabki kunida o‘zbekistonlik sportchilar bittadan oltin va kumush hamda uchta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.