https://oz.sputniknews.uz/20210330/nega-eron-xitoy-hamkorligi-aqshda-bezovtalik-rossiyada-quvonch-uygotmoqda-18036395.html
Nega Eron-Xitoy hamkorligi AQShda bezovtalik, Rossiyada esa quvonch uyg‘otmoqda?
Nega Eron-Xitoy hamkorligi AQShda bezovtalik, Rossiyada esa quvonch uyg‘otmoqda?
Sputnik O‘zbekiston
Bugungi dunyoda Jo Baydenni ko‘p narsa qoniqtirmaydi, masalan, Pekin va Tehron hamkorligining yangi bosqichshga chiqishi. O‘tgan hafta u “ko‘p yillar davomida ushbu
2021-03-30T14:49+0500
2021-03-30T14:49+0500
2021-04-18T19:40+0500
kolumnistlar
siyosat
hamkorlik
xitoy
eron
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1e/18028704_0:201:2929:1848_1920x0_80_0_0_25ee7b3579a1ebf24d62d7cdefdd51bd.jpg
Bugungi dunyoda Jo Baydenni ko‘p narsa qoniqtirmaydi, masalan, Pekin va Tehron hamkorligining yangi bosqichshga chiqishi. O‘tgan hafta u “ko‘p yillar davomida ushbu masala uni qiynab kelayotganini” ma’lum qilgan edi. Biroz o‘tib unga Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Shamxani “Bayden xavotir olishi mutlaq o‘rinli” deb javob qaytardi. Darqaqiqat, shanba kuni Tehronda imzolangan 25-yilllik Eron va Xitoyning siyosiy, strategik va iqtisodiy hamkorligi to‘g‘risidagi shartnoma, Amerikani jiddiy xavotirga soldi.Ushbu hujjat haqida dastlabki ma’lumotlar 2016-yilda paydo bo‘lgan edi. O‘shanda g‘arb OAVlarida turli vahimali mish-mishlar tarqalgan edi. Yashirin protokollar! Xitoy Eron hududida harbiy bazalar tashkil qiladi. Xitoy eronning barcha boyliklarini sotib oladi va Eron qarzdor davlatga aylanadi va ho kazo gaplar. Lekin OAV qo‘liga tushgan shartnoma loyihasida bunga o‘xshash hech qanday gap yo‘q ekan, aslida bo‘lishi ham mumkin emasdi.Chunki ikkala davlat ham dunyoning eng qadimiy sivilizatsiyalaridan hisoblanadi va o‘z suverenitetini juda yuqori baholaydi. Bugungi kunda Eron va Xitoy real suverenitetga ega bo‘lgan dunyoning kam sonli mamlakatlari qatordan o‘rin olgan. Shu sababli Xitoy investitsiyalari qanchalik ulkan bo‘lmasin – ular 450 milliard dollar bo‘lishi kutilmoqda – Eronni sotib olish haqida hech qanday gap bo‘lishi mumkin emas. Eron rahbariyatining ushbu qadami – kelajakka qaratilgan strategik tanlovdir va aynan ana shu holat atlantik davlatlar rahbarlarini rostakamiga xavotirga solmoqda. Bu bilan Xitoy dunyo iqtisodining yangi arxitekturasini qurmoqda. Bu Amerika o‘rniga Xitoy ustuvorlik qiladi degani emas. Bu – teng huquqlar asosida o‘zaro hamkorlik qilayotgn strategik alyanslar dunyosi bo‘ladi. Bunday hamkorlik avtomatik ravishda G‘arb ta’siring susayishiga, AQShni Yevroosiyodan siqib chiqarishga va dunyoda uning ustuvorligini yakunlashga olib keladi. Albatta “Yangi Buyuk Ipak yo‘lining” barcha ishtirokchilari ham to‘liq mustaqillikka ega emaslar, lekin hatto ular ham Vashingtonga qaramlikdan xalos bo‘lishni va o‘z iqtisodiga real investitsiyalar kiritishni istaydi. Eron kabi mutlaq mustaqil davlatlar uchun esa Xitoy bilan hamkorlik qilish uchun hech qanday cheklov yo‘q. Vashington uchun esa bu bitim – tomoqqa tiqilgan suyadek bo‘ldi, chunki ular 40-yil davomida Eronni yakkalashga, dunyo bozorlaridan siqib chiqarib tashlashga harakat qilishdi. Tuganmas sanksiyalar, bosimlar, urush boshlash po‘pisalari – bularning barchasi Eronni Amerikaning “birinchi raqamli dushmaniga” aylantirdi. Lekin Eron tuganmas sanksiyalar va cheklovlar yolg‘on ayblovlarning barchasiga dosh berib keldi va hududda o‘z ta’sirini saqlab qoldi. Ustiga ustak ular hatto amerika bosimini ularga qarshi ishlatishni boshladi. Yaqin Sharq va Islom dunyosida Eron - AQShning bosh raqibiga aylandi va har qanday og‘ir sharoitlarda, kuchli raqibga qarama-qarashlik ko‘rsata olgan davlat namunaciga aylandi. O‘tgan davrlarda Rossiya va Xitoy Eron tomonda bo‘lishdi. 2015-yilda Rossiya Eronning tinch atom dasturini saqlab qolishga yordam bergan bo‘lsa, Xitoy uning bosh savdo hamkoriga aylandi. G‘arb bilan faol qarama-qarshilik boshlanguniga qadar Xitoy o‘zining Eron bilan munosabatlarini biroz cheklab turishga majbur bo‘lsada, endi buning hojati yo‘q. Demak - Tehron bilan hamkorlik jadallashadi. Eron anchadan buyon ShHTga a’zo bo‘lish arafasida turibdi. U bir necha o‘nlab yillardan buyon ushbu tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega. Eronning ShHTga kirishi – uning geosiyosatda Rossiya va Xitoyga xayrixoh ekanining so‘zsiz isbotiga aylanadi. Harbiy sohada esa, Rossiya va Eron hamkorligi allaqachon yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bunga nafaqat Rossiya qurolarini sotib olish, balkim Surada jang maydonida hamkorlik, Hind okeanida uch davlat birgalikda o‘tkazgan harbiy dengiz floti o‘quv mashg‘ulotlari va boshqa misollar bor. Eron – Katta Yaqin Sharqning asosiy ishtirokchilaridan biridir. Sunniy arablar va Shiya forslar orasida ziddiyatlar qanchalik bo‘rttirilmasin, Rossiya va Xitoy ushbu hudduda tinchlik bo‘lishi, Eron va uning qo‘shnilari orasida hamkorlik munosabatlari rivojlanishi tarafdori. Amerikaliklar Yaqin Sharqdagi ichki ziddiyatlarni o‘z foydasiga ishlatishga qanchalik urinishmasin ular Eronni sindira olmadi. Iroq yo‘q qilinganidan so‘ng esa, hududda Eronning roli yanada kuchaydi. Yaqin 10-yillikda hududda AQSh roli susayishi, Rossiya va Xitoy o‘rni esa kuchayishi kutilmoqda. Xitoy hudud uchun ko‘proq savdo va investitsion hamkor bo‘lsa, Rossiya – siyosiy garant (va arbitr), AQShga qaramlikdan xalos qiluvchi harbiy hamkor bo‘lishi kutilmoqda. Eron bo‘lsa, AQSh bilan 40-yillik qarama-qarshilikni yengib o‘tib, Xitoy investitsiyalarini olgan va rossiya bilan aloqalarni mustahkamlagan holda, jumladan YeOII bilan iqtisodiy aloqalarni kuchaytirib – o‘z iqtisodini jiddiy ko‘tarib olish imkoniga ega. Sanksiyalar tufayli Eron iqtisodi “Katta yigirmatalik” darajasiga yetmayotgan bo‘lsa-da, uning ulkan potensiali bor. Kelajakda Eron ushbu yirik davlatlar klubida o‘ringa ega bo‘lishga haqli. Eron va uning qo‘shnisi Turkiya, so‘zsiz, ana shunday davlatlar qatoridan o‘rin olgan – Rossiyaning qo‘shnisi va Xitoyning hamkori.
https://oz.sputniknews.uz/20210302/ASh-Saudiyani-zhazolasa-bundan-Rossiya-va-Eron-manfaat-kradimi-16112652.html
https://oz.sputniknews.uz/20210215/Afoniston---Eron-chegarasida-500ga-yain-avtomobil-nib-ketdi-16007079.html
https://oz.sputniknews.uz/20200106/Eron-ASh-urushi-yainlashishi-mumkin-Khitoy-matbuoti-13169513.html
xitoy
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1e/18028704_98:0:2829:2048_1920x0_80_0_0_7c9530e32e3ff0306ea64becc3d2e947.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
kolumnistlar, siyosat, hamkorlik, xitoy, eron
kolumnistlar, siyosat, hamkorlik, xitoy, eron
Nega Eron-Xitoy hamkorligi AQShda bezovtalik, Rossiyada esa quvonch uyg‘otmoqda?
14:49 30.03.2021 (yangilandi: 19:40 18.04.2021) Yangi dunyoda Rossiya va Xitoyga Eron kabi kuchli, mustaqil, o‘z tarixiy ildizlarini yaxshi tushungan sivilizatsiya-davlatlar hamkorligi kerak.
Bugungi dunyoda Jo Baydenni ko‘p narsa qoniqtirmaydi, masalan, Pekin va Tehron hamkorligining yangi bosqichshga chiqishi. O‘tgan hafta u “ko‘p yillar davomida ushbu masala uni qiynab kelayotganini” ma’lum qilgan edi. Biroz o‘tib unga Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Shamxani “Bayden xavotir olishi mutlaq o‘rinli” deb javob qaytardi.
“Dunyo bu nafaqat G‘arbdan iborat. Va G‘arb nafaqat qonunlarni tan olmaydigan AQShdan va o‘z va’dalarini bajarmaydigan uchta Yevropa davlatlaridan iboratdir. Bayden xavotir olishi mutlaq o‘rinli. Sharqdagi strategik hamkorlikning gullab-yashnashi AQShda “kun botishini” tezlashtiradi. Xitoy va Eron o‘rtasida yo‘l xaritasi imzolanishi faol qarama-qarshilikning bir bo‘lagidir” , - dedi Ali Shamxani.
Darqaqiqat, shanba kuni Tehronda imzolangan 25-yilllik Eron va Xitoyning siyosiy, strategik va iqtisodiy hamkorligi to‘g‘risidagi shartnoma, Amerikani jiddiy xavotirga soldi.
Ushbu hujjat haqida dastlabki ma’lumotlar 2016-yilda paydo bo‘lgan edi. O‘shanda g‘arb OAVlarida turli vahimali mish-mishlar tarqalgan edi.
Yashirin protokollar! Xitoy Eron hududida harbiy bazalar tashkil qiladi. Xitoy eronning barcha boyliklarini sotib oladi va Eron qarzdor davlatga aylanadi va ho kazo gaplar. Lekin OAV qo‘liga tushgan shartnoma loyihasida bunga o‘xshash hech qanday gap yo‘q ekan, aslida bo‘lishi ham mumkin emasdi.
Chunki ikkala davlat ham dunyoning eng qadimiy sivilizatsiyalaridan hisoblanadi va o‘z suverenitetini juda yuqori baholaydi. Bugungi kunda Eron va Xitoy real suverenitetga ega bo‘lgan dunyoning kam sonli mamlakatlari qatordan o‘rin olgan. Shu sababli Xitoy investitsiyalari qanchalik ulkan bo‘lmasin – ular 450 milliard dollar bo‘lishi kutilmoqda – Eronni sotib olish haqida hech qanday gap bo‘lishi mumkin emas.
Eron rahbariyatining ushbu qadami – kelajakka qaratilgan strategik tanlovdir va aynan ana shu holat atlantik davlatlar rahbarlarini rostakamiga xavotirga solmoqda.
Xitoy ham o‘z navbatida “Bitta belbog‘, bitta yo‘l” strategiyasini bejizga boshlagani yo‘q. Ushbu strategiya ishga tushganidan so‘ng u G‘arbni “Xitoyni dengiz yo‘llari orqali jilovlab turish” strategiyasidan mahrum qiladi.
Bu bilan Xitoy dunyo iqtisodining yangi arxitekturasini qurmoqda. Bu Amerika o‘rniga Xitoy ustuvorlik qiladi degani emas. Bu – teng huquqlar asosida o‘zaro hamkorlik qilayotgn strategik alyanslar dunyosi bo‘ladi. Bunday hamkorlik avtomatik ravishda G‘arb ta’siring susayishiga, AQShni Yevroosiyodan siqib chiqarishga va dunyoda uning ustuvorligini yakunlashga olib keladi.
Albatta “Yangi Buyuk Ipak yo‘lining” barcha ishtirokchilari ham to‘liq mustaqillikka ega emaslar, lekin hatto ular ham Vashingtonga qaramlikdan xalos bo‘lishni va o‘z iqtisodiga real investitsiyalar kiritishni istaydi.
Eron kabi mutlaq mustaqil davlatlar uchun esa Xitoy bilan hamkorlik qilish uchun hech qanday cheklov yo‘q. Vashington uchun esa bu bitim – tomoqqa tiqilgan suyadek bo‘ldi, chunki ular 40-yil davomida Eronni yakkalashga, dunyo bozorlaridan siqib chiqarib tashlashga harakat qilishdi. Tuganmas sanksiyalar, bosimlar, urush boshlash po‘pisalari – bularning barchasi Eronni Amerikaning “birinchi raqamli dushmaniga” aylantirdi.
Lekin Eron tuganmas sanksiyalar va cheklovlar yolg‘on ayblovlarning barchasiga dosh berib keldi va hududda o‘z ta’sirini saqlab qoldi. Ustiga ustak ular hatto amerika bosimini ularga qarshi ishlatishni boshladi. Yaqin Sharq va Islom dunyosida Eron - AQShning bosh raqibiga aylandi va har qanday og‘ir sharoitlarda, kuchli raqibga qarama-qarashlik ko‘rsata olgan davlat namunaciga aylandi.
O‘tgan davrlarda Rossiya va Xitoy Eron tomonda bo‘lishdi. 2015-yilda Rossiya Eronning tinch atom dasturini saqlab qolishga yordam bergan bo‘lsa, Xitoy uning bosh savdo hamkoriga aylandi. G‘arb bilan faol qarama-qarshilik boshlanguniga qadar Xitoy o‘zining Eron bilan munosabatlarini biroz cheklab turishga majbur bo‘lsada, endi buning hojati yo‘q. Demak - Tehron bilan hamkorlik jadallashadi.
Eron anchadan buyon ShHTga a’zo bo‘lish arafasida turibdi. U bir necha o‘nlab yillardan buyon ushbu tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega. Eronning ShHTga kirishi – uning geosiyosatda Rossiya va Xitoyga xayrixoh ekanining so‘zsiz isbotiga aylanadi.
Harbiy sohada esa, Rossiya va Eron hamkorligi allaqachon yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bunga nafaqat Rossiya qurolarini sotib olish, balkim Surada jang maydonida hamkorlik, Hind okeanida uch davlat birgalikda o‘tkazgan harbiy dengiz floti o‘quv mashg‘ulotlari va boshqa misollar bor.
Eron – Katta Yaqin Sharqning asosiy ishtirokchilaridan biridir. Sunniy arablar va Shiya forslar orasida ziddiyatlar qanchalik bo‘rttirilmasin, Rossiya va Xitoy ushbu hudduda tinchlik bo‘lishi, Eron va uning qo‘shnilari orasida hamkorlik munosabatlari rivojlanishi tarafdori.
Amerikaliklar Yaqin Sharqdagi ichki ziddiyatlarni o‘z foydasiga ishlatishga qanchalik urinishmasin ular Eronni sindira olmadi. Iroq yo‘q qilinganidan so‘ng esa, hududda Eronning roli yanada kuchaydi. Yaqin 10-yillikda hududda AQSh roli susayishi, Rossiya va Xitoy o‘rni esa kuchayishi kutilmoqda.
Xitoy hudud uchun ko‘proq savdo va investitsion hamkor bo‘lsa, Rossiya – siyosiy garant (va arbitr), AQShga qaramlikdan xalos qiluvchi harbiy hamkor bo‘lishi kutilmoqda.
Eron bo‘lsa, AQSh bilan 40-yillik qarama-qarshilikni yengib o‘tib, Xitoy investitsiyalarini olgan va rossiya bilan aloqalarni mustahkamlagan holda, jumladan YeOII bilan iqtisodiy aloqalarni kuchaytirib – o‘z iqtisodini jiddiy ko‘tarib olish imkoniga ega.
Sanksiyalar tufayli Eron iqtisodi “Katta yigirmatalik” darajasiga yetmayotgan bo‘lsa-da, uning ulkan potensiali bor. Kelajakda Eron ushbu yirik davlatlar klubida o‘ringa ega bo‘lishga haqli.
Rossiya va Xitoyga esa yangi dunyoda aynan shunday hamkorlar kerak – kuchli, mustaqil, o‘z tarixiy ildizlarini yaxshi biladigan va o‘z milliy manfaatlarini himoya qilishga qodir bo‘lgan sivilizatsiya-davlatlar.
Eron va uning qo‘shnisi Turkiya, so‘zsiz, ana shunday davlatlar qatoridan o‘rin olgan – Rossiyaning qo‘shnisi va Xitoyning hamkori.