https://oz.sputniknews.uz/20210329/toshkentda-ijarada-yashagan-besh-talabaning-olimiga-nima-sabab-bolgani-ochiqlandi-18013933.html
Toshkentda ijarada yashagan besh talabaning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ochiqlandi
Toshkentda ijarada yashagan besh talabaning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ochiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi uyda ijarada yashagan besh nafar talabaning o‘limiga is gazi sabab bo‘lgan.
2021-03-29T17:11+0500
2021-03-29T17:11+0500
2021-04-01T16:39+0500
hodisalar
toshkent
yunusobod
is gazidan zaharlanish
talabalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1121/80/11218058_1:0:1548:870_1920x0_80_0_0_47c8ed94c247332095f6492d3e5035f8.jpg
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi uyda ijarada yashagan besh nafar talabaning o‘limiga is gazi sabab bo‘lgan. “Daryo” nashrining Bosh prokuratura matbuot xizmati taqdim etgan ma’lumotlarga tayanib yozishicha, voqea joyidan olingan oziq-ovqat mahsulotlari Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik xizmati tomonidan tekshirishdan o‘tkazilgan. Xonadon egasi G.M. vafot etganlar bilan birga ijarada yashagan N.A. “Bunyodkor-dudbo‘ron xavfsizligi” kompaniyasining dudbo‘ronlar pechka ustasi Z.X. batafsil so‘roq qilingan.“Shuningdek, 26-fevral kuni soat 22:00 dan 27-fevral kuni soat 09:00 oralig‘ida Injobod ko‘chasidagi uyga qanday kuchlanishda tabiiy gaz yuborilgani va odatiy kunda tabiiy gaz kuchlanishining miqdori haqida “Hududgazpoytaxt”dan hamda Gidrometeorologik xizmatidan shu vaqt oralig‘ida bo‘lgan ob-havo ma’lumotlari olindi”, — deyilgan xabarda.Beshala yigitning hammasi is gazidan o‘tkir zaharlanish natijasidagi o‘tkir nafas va yurak qon-tomirlari yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan. Bu Respublika sud tibbiyot ekpertiza ilmiy-amaliy markazining 15-martdagi yakuniy xulosalari bilan tasdiqlangan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ijaradagi uydan besh talabaning murdasi topilgani xabar qilingan edi. Ular Toshkent Axborot texnologiyalari, Singapur va “Inha” universiteti talabalari bo‘lishgan. Ilk rasmiy ma’lumotlarda talabalar noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish oqibatida vafot etgani aytilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210329/samaqandda-is-gazi-tort-kishining-umriga-zomin-boldi-18006430.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1121/80/11218058_194:0:1354:870_1920x0_80_0_0_668c33b125d5f0b4dead76c1c54edda2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , toshkent, yunusobod, is gazidan zaharlanish, talabalar
hodisalar , toshkent, yunusobod, is gazidan zaharlanish, talabalar
Toshkentda ijarada yashagan besh talabaning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ochiqlandi
17:11 29.03.2021 (yangilandi: 16:39 01.04.2021) Bosh prokuratura Toshkentda ijarada yashagan besh talabaning o‘limiga is gazi sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi uyda ijarada yashagan besh nafar talabaning o‘limiga is gazi sabab bo‘lgan.
“Daryo” nashrining Bosh prokuratura matbuot xizmati taqdim etgan ma’lumotlarga tayanib
yozishicha, voqea joyidan olingan oziq-ovqat mahsulotlari Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik xizmati tomonidan tekshirishdan o‘tkazilgan. Xonadon egasi G.M. vafot etganlar bilan birga ijarada yashagan N.A. “Bunyodkor-dudbo‘ron xavfsizligi” kompaniyasining dudbo‘ronlar pechka ustasi Z.X. batafsil so‘roq qilingan.
“Shuningdek, 26-fevral kuni soat 22:00 dan 27-fevral kuni soat 09:00 oralig‘ida Injobod ko‘chasidagi uyga qanday kuchlanishda tabiiy gaz yuborilgani va odatiy kunda tabiiy gaz kuchlanishining miqdori haqida “Hududgazpoytaxt”dan hamda Gidrometeorologik xizmatidan shu vaqt oralig‘ida bo‘lgan ob-havo ma’lumotlari olindi”, — deyilgan xabarda.
Beshala yigitning hammasi is gazidan o‘tkir zaharlanish natijasidagi o‘tkir nafas va yurak qon-tomirlari yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan. Bu Respublika sud tibbiyot ekpertiza ilmiy-amaliy markazining 15-martdagi yakuniy xulosalari bilan tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ijaradagi uydan besh talabaning murdasi topilgani
xabar qilingan edi. Ular Toshkent Axborot texnologiyalari, Singapur va “Inha” universiteti talabalari bo‘lishgan. Ilk rasmiy ma’lumotlarda talabalar noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish oqibatida vafot etgani aytilgan edi.