"KoviVak" - Rossiya koronavirusga qarshi 3-vaksinani ishlab chiqarishni boshladi

© Sputnik / Mediabankka o‘tish
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obuna bo‘lish
"KoviVak" - zaiflashtirilgan tirik koronavirus asosida yasalgan birinchi vaksinadir. U inson organizmida virusga nisbatan eng to‘liq immunitet shakllantirishi mumkin.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Rossiyaning Chumakov nomidagi immunobiologik preparatlar ishlab chiqarish markazida koronavirusga qarshi uchinchi vaksina - "KoviVak"ni ishlab chiqarish boshlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Ushbu jarayonning tantanali boshlanish marosimida Ta’lim va fan vaziri Valeriy Falkov ishtirok etdi.
"KoviVak" - suyuqlik shaklida bo‘lib ampulalarda ishlab chiqariladi. Bir upakovkadada 10 dona ampula bo‘lib uning eng yuqori narxi 4330 rublni tashkil qiladi", - deyilgan xabarda.
"KoviVak" - butunvirion turdagi vaksina bo‘lib, u yuqish qobiliyatidan mahrum qilingan, lekin immunitet uyg‘otish xususiyatini saqlab qolgan SARS-CoV-2 virusining o‘zidan iborat.
Ushbu vaksina eng qadimiy turdagi vaksina bo‘lib insoniyat bunday vaksinalardan 100-yildan ortiq vaqt davomida foydalanib kelmoqda.
Bunday vaksinalar o‘zida virusda mavjud bo‘lgan barcha oqsillarni mujassamlashtirgan bo‘ladi va insonda uyg‘otiladigan immunitet javobi - eng to‘liq bo‘ladi. Ya’ni inson organizmida virusda mavjud bo‘lgan barcha DNKlarga nisbatan antitanachalar paydo bo‘ladi.
Prezident RF V. Putin vistupil na sessii onlayn-foruma Davosskaya povestka dnya 2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2021
Hech qanday xorijiy vaksina bu darajada himoya qilish qobiliyatiga ega emas - Putin
Bugungi kunga qadar olingan ma’lumotlarga asosan, emlanganidan 28 kun o‘tib "KoviVak" samardorli 85% ni tashkil qiladi. Lekin vaksina ishlab chiqaruvchilari aytishiga ko‘ra keyinroq uning samaradorlik ko‘rsatgichi ortishi mumkin.
Ma’lumot uchun, vektorli vaksinalar tarkibida odatda virusning bir bo‘lagi mavjud va inson immuniteti aynan mana shu bo‘lakda mavjud DNKlarga nisbatan shakllanadi.
"KoviVak" Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligida 20-Fevralda ro‘yxatga olingan edi. 2021-yil oxiriga qadar 10 million doza vaksina ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada ayni damda ikkita vaksina ro‘yxatdan o‘tgan "Sputnik V" va "EpiVakKorona". "Sputnik V" bilan emlanganlar soni 4,3 milliondan oshib ketgan. Mart oyida "EpiVakKorona" bilan 600 ming kishini emlash rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0