Pora olishdan bosh tortgan kadastr xodimiga 10 mln so‘m mukofot berildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
Obuna bo‘lish
Zangiota tuman filiali bo‘limi boshlig‘i o‘ziga nisbatan pora taklif qilinayotganligi to‘g‘risida organlarga o‘z vaqtida xabar bergan.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Toshkent viloyatida pora olishdan bosh tortgan kadastr xodimiga 10 mln so‘m mukofot berildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbirda o‘tkazilgan. Unda “E.” MChJ rahbari o‘rinbosari “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” Zangiota tuman filiali bo‘limi boshlig‘iga 1000 dollar pora taklif qilib, bergan vaqtida ushlangan. U porani jamiyatga tegishli issiqxona qurilishi uchun ajratilgan yer maydonining topografik fotosuratini tasdiqlash evaziga bergan.
Mujchina derjit naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2021
“Toshkent shahar suv ta’minoti” mansabdorlari pora bilan qo‘lga tushdi
Kadastr agentligi rahbariyati tuman bo‘lim boshlig‘ini o‘ziga nisbatan pora taklif qilinayotganligi to‘g‘risida organlarga o‘z vaqtida xabar berganligi uchun 10 mln so‘m bilan mukofotlagan.
Bundan tashqari, unga Xonobod sihatgohiga 2 kishilik yo‘llanma berilgan.
Yangiliklar lentasi
0