“Toshkent shahar suv ta’minoti” mansabdorlari pora bilan qo‘lga tushdi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoMujchina derjit naruchniki
Mujchina derjit naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2021
Obuna bo‘lish
“Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ direktor o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i pora olayotgan vaqtda ushlandi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ direktor o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i pora olayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, 16-mart kuni IIVga fuqaro A.E. ariza bilan murojaat qilib, “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ xodimi undan pora talab qilayotganini bildirgan. Fuqara unga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
Aniqlanishicha, u tadbirkorlik qilish maqsadida Yunusobod tumani Markaz-6 dagi bekatni ijaraga olgan. Bekatga o‘tgan suv quvuriga ulanib, hisoblagich o‘rnatgan. Buni hujjatlashtirish uchun Toshkent shahar “Suvsoz” boshqarmasiga murojaat qilgan. Korxonaning “Mirolim” ismli xodimi suv quvurini o‘zboshimchalik bilan ulaganligini ro‘kach qilib, jarimaga tortmaslik evaziga 3 mln so‘m talab qilgan.
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2020
Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi
Shu kunning o‘zida tegishli organlar o‘tkazgan tezkor tadbirda “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ bo‘lim boshlig‘i H.M. ariza muallifi 3 mln so‘m olgan vaqtda qo‘lga olingan.
Ushlangan shaxs bu pullarni korxona direktori o‘rinbosari P.R.ning topshirig‘iga asosan olganini va pullarning bir qismini unga berishi lozimligini ma’lum qilgan.
17 mart kuni tezkor tadbir davom ettirilib, P.R. xizmat xonasida H.M.dan 1,8 mln so‘mni olgan vaqtda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan (Bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib poro olish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
P.R. va H.M.lar tegishli tartibda ushlangan. Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda
Yangiliklar lentasi
0