AQSh razvedkasi Latviya SS shafqatsiz jallodlarini yollagan - doklad

© Sputnik / Oksana Djadan / Mediabankka o‘tishUchastniki shestviya latishskogo legiona Vaffen SS v Rige.
Uchastniki shestviya latishskogo legiona Vaffen SS v Rige. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2021
Obuna bo‘lish
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Sovet Ittifoqi tinch aholisini qirg‘in qilishda ishtirok etgan Latviya SS legioni sobiq a’zolarini faol ravishda yollagan.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Ikkinchi jahon urushi davrida bosib olingan hududlarda Sovet Ittifoqi tinch aholisini qirg‘in qilishda ishtirok etgan Latviya SS legionining sobiq a’zolarini faol ravishda yollagan, keyinchalik Latviya SSRga qarshi qo‘poruvchilik ishlarida ulardan foydalangan. Bu haqda “Jallodlar nafaqada. Latviyalik natsist jinoyatchilar SRU xizmatida” dokladida aytilgan.
Doklad taqdimoti payshanba kuni "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligida bo‘lib o‘tadi.
Glavniy redaktor telekanala RT i MIA Rossiya segodnya Margarita Simonyan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2020
Simonyan polshalik siyosatchilarga Yevropani fashizmdan kim qutqarib qolganini eslatib qo‘ydi
"Bu dokladda chop etilgan ma’lumotlar Latviya Markaziy razvedka boshqarmasi agentlarining aksariyati Ikkinchi Jahon urushi paytida natsistlarga xizmat qilganligi, ko‘pchilik agentlar insoniyatga qarshi jinoyatlarga aloqador, shu jumladan Xolokost, Leningrad blokadasi, tinch aholiga qarshi jazo operatsiyalari" – deyiladi bayonotda.
Matn “Tarixiy xotira” jamg‘armasi tomonidan RIA Novostiga taqdim etildi.
Tadqiqotda Novgorod viloyati, Jestanaya Gorka qishlog‘i hududida tinch aholini, shu jumladan ayollar va bolalarni qirg‘in qilishda faol ishtirok etgan Latviya SS legioneri Yanis Sirulisning Markaziy razvedka boshqarmasi bilan hamkorlik qilgani to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
Maxfiyligi olib tashlangan Markaziy razvedka boshqarmasi hujjatlari tahlili asosida Daugavas Vanagi tashkilotining a’zolari, shu jumladan uning kengashi a’zolari AQSh razvedka agentlari orasida alohida rol o‘ynagan.
U Ikkinchi Jahon Urushidan keyin Belgiyadagi harbiy asirlar lagerida sobiq Latviya SS legionchilari tomonidan yaratilgan. Tashkilot bosh qarorgohi G‘arbiy Germaniyaning Munster shahrida joylashgan, uning filiallari 12ta G‘arb davlatlarida, xususan AQSh, Angliya va Kanadanda joylashgan. Tashkilotga to‘qqiz mingdan ziyod odamni birlashtirgan 130 ga yaqin mahalliy bo‘limlardan iborat edi.
Sovet Ittifoqi qulaganidan keyin Latviyada filiallar ochildi. Hozir Daugavas Vanagi i filiallari, Latviya SS legionining eng ko‘p faxriylari yashaydigan mamlakatlarda mavjud. Latviyadagi Daugavas Vanagining taklifiga binoan har yili 16-mart Latviya Legionini xotirlash kuni sifatida nishonlanadi.
Predsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2019
Matviyenko Sovet ittifoqi va natsist Germaniyasi taqqoslanishini qoraladi
Mualliflar nima uchun Markaziy razvedka boshqarmasi odamzodga qarshi jinoyatlarda aniq ishtirok etgan odamlarni jalb qilishni afzal ko‘rganligini quyidagicha izohlaydi: "Bu savolga aniq javob bor. Natsistlar jinoyatlarida ishtirok etish, albatta, yollash uchun nomzodlar uchun afzallik bo‘lmas edi. Asosiy ustunlik - natsistlar tomonidan tashkil qilingan politsiya tuzilmalari xizmat qilish bo‘lgan".
Hisobot mualliflariga ko‘ra, sobiq politsiyachilar “oper ish” uchun foydali bo‘lgan aloqalar va ko‘nikmalarga ega bo‘lganlar. "Markaziy razvedka boshqarmasi politsiya xodimlarini yollashni afzal ko‘rgan, chunki politsiyachilar fashistlar tomonidan uyushtirilgan jinoyatlarda eng faol ishtirok etgan", - deb ta’kidlashdi tarixchilar.
Rossiya huquqni muhofaza qilish idoralari va tarixchilar fashistlarning SSSRning tinch aholisiga qarshi ko‘plab jinoyatlarini fosh etishdi.
2020 yil oktabr oyida Rossiyada genotsid bo‘yicha birinchi sud qarori qabul qilindi. Sud fashistlarning Novgorod viloyati Jestanaya Gorka qishlog‘i aholisi genotsidga uchradi: 1942-1943 yillarda u yerda 2,5 mingdan ortiq odam o‘ldirildi.
Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin ham Germaniyaning urush yillarida olib borilgan siyosatini genotsid deb ham atagan - Sovet Ittifoqi qurbonlarining mutlaq katta qismi tinch aholini tashkil qilgan.
Bu yil TQ natsizmni reabilitatsiya qilish va tarixni soxtalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish bo‘linma tashkil etilishini e’lon qildi. Bo‘linma ommaviy qirg‘inlarni amalga oshirgan shaxslarni qidirib topish, tarixiy faktlarning buzib ko‘rsatish holatlarini oldini olish ishlari bilan shug‘ullanadi.
Yangiliklar lentasi
0