Yangi mexanizm: elchilar parlamentga hisobot beradilar

© MID UzbekistanaZdanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan v Tashkente
Zdanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2021
Obuna bo‘lish
Xorijdagi muassasasa rahbarlarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati majlisida hisobot berishi mexanizmi joriy etilmoqda.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi 2017-yil 18-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga qo‘shimcha kiritishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston prezidenti qarori loyihasini tayyorladi.
Qaror loyihasiga O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-666-sonli Qonunining 15-moddasi bilan “Parlament nazorati to‘g‘rida”gi Qonunning 10-3-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunning 32-9 moddasi sifatida “O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish” haqida to‘ldirilgan normalar asos qilib olindi.
Loyihada O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari to‘g‘risidagi Nizomning 16-bandi quyidagi tahrirdagi o‘n to‘rtinchi yangi xatboshi bilan to‘ldirish taklif etilmoqda: “o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati majlisida hisobot beradilar”.
Yangiliklar lentasi
0