O‘zbekiston TIV rahbari Ashraf G‘ani tomonidan qabul qilindi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyPrezident Afganistana Ashraf Gani
Prezident Afganistana Ashraf Gani  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2021
Obuna bo‘lish
Vazir O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘aniga yo‘llagan maktubini topshirdi.
TOShKENT, 23 fev - Sputnik. Bugun, 23-fevral kuni amaliy tashrif bilan Qobul shahriga kelgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘ani tomonidan qabul qilindi.
Jeleznodorojnie puti sortirovochnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2021
Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bog‘laydi: Sidiqov Trans-afg‘on temir yo‘li haqida
Vazir O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘aniga yo‘llagan maktubini topshirdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Afg‘oniston ko‘p qirrali munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama hamkorlikning joriy yuqori darajasi mamnuniyat bilan qayd etildi va barcha sohalarda o‘zaro manfaatli yaqin aloqalarni yanada chuqurlashtirishga o‘zaro sodiq ekanliklari ta’kidlandi.
Prezident Ashraf G‘ani birodar Afg‘oniston xalqi nomidan Afg‘oniston zaminida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mamlakat iqtisodiyotini tiklashda har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik izhor etdi.
Afg‘onlararo siyosiy muzokaralarning uzoq muddatli tinchlik oʻrnatish va mamlakatda xavfsizlikni ta’minlashdagi muhim o‘rni qayd etildi.
Muzokaralarda ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0