Sharqshunoslik universitetida Alisher Navoiy merosiga bag‘ishlab xalqaro anjuman o‘tkazildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAlisher Navoi vozvishayetsya nad aleyey
Alisher Navoi vozvishayetsya nad aleyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2021
Obuna bo‘lish
Ma’ruzachilar orasida Turkiya, Misr, Qozog‘istondan navoiyshunos mutaxassislar ishtirok etdilar. Ular adib asarlaridagi til o‘zgachaliklari, lug‘at boyligi, uslub masalalari bilan bog‘liq ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Ma’ruzalar o‘zbek, turk, rus va ingliz tillarida tinglandi
TOShKENT, 6 fev - Sputnik. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 5-6 fevral kunlari "Alisher Navoiy merosi dunyo sharqshunoslari nigohida" mavzuyida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. 
Alisher Navoi vozvishayetsya nad aleyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2020
Alisher Navoiy ordeni ta’sis etiladi
Ushbu konferensiyada qatnashish uchun dunyoning 14 mamlakatidan 130 dan oshiq murojaatlar bo‘ldi.
Konferensiya tahrir hay’ati tomonidan konferensiya mavzusi, axborot xatida keltirilgan yo‘nalishlar doirasida, har tomonlama talablarga javob beradigan maqolalar saralanib, kengashlarga ajratildi.
Konferensiyaning birinchi ochilish kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi o‘rinbosari, Turksoy tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari; Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Afg‘oniston davlatlarining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchilari, Anqara, Marmara, Anqara Xoji Bayram Vali, Alloma Tabotaboiy universitetlari rektorlari; Qozog‘iston Milliy Fanlar akademiyasi R.B.Sulaymonov nomidagi sharqshunoslik instituti direktori; Qozon Federal universiteti, Kobul Davlat universiteti prorektorlari ishtirok etdilar.
Institut uzbekskogo yazika i literaturi im Alishera Navoi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2019
Minskda Alisher Navoiy haykali ochildi
Tadbirning ikkinchi kuni 6-fevralda konferensiya besh kengashida o‘z ishini davom ettirdi. Konferensiya pandemiya sharoitida o‘tkazilayotgani uchun asosiy ishtirokchilar ZOOM orqali ishtirok etdilar.
Konferensiyada Afg‘oniston, Misr, Tojikiston, Eron, Turkiya, Ozarbayjon va O‘zbekistonning turli oliygohlaridan professor va tadqiqotchilar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Tadbir davomida Navoiy ijodining xorijda va O‘zbekistonda o‘rganilayotgan turli jihatlari ko‘rib chiqildi. Xususan, Misrda Navoiyning qarashlari, Xitoyning Shinjon Avtonom Respublikasida bosilib chiqqan Navoiy bo‘yicha asarlari, Turkiyada Navoiyning Usmonli adabiyotga qo‘shgan hissasi, Tojikistonda Navoiy she’riy janrlari, Xindistonda Navoiy asarlarining tadqiq etilishi shular jumlasidandir.
Ma’ruzachilar orasida Turkiya, Misr, Qozog‘istondan navoiyshunos mutaxassislar ishtirok etdilar. Ular adib asarlaridagi til o‘zgachaliklari, lug‘at boyligi, uslub masalalari bilan bog‘liq ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Ma’ruzalar o‘zbek, turk rus va ingliz tillari tinglandi.
Belarusda Alisher Navoiy busti ochiladi
Ma’ruzachilar Navoiy asarlarining manbalari, matnlari ustida tadqiqot olib borish, ularni ilmiy muomalaga kiritish bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Jumladan, professor R.Bahodirov Angliyada saqlanayotgan Navoiy qalamiga mansub qo‘lozmalar to‘g‘risida ma’ruza o‘qib berdi. Ushbu qo‘lozmalar elektron nusxalarini O‘zbekistonga olib kelish, ularni ilmiy tadqiqot institutlari mutaxassislari orqali ilmiy nashrga tayyorlash bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Professor A.Madraimov esa qo‘lozmalarga ishlangan miniaturalar va ularning o‘z davri ijtimoiy va madaniy muhitini o‘rganishdagi ahamiyati to‘g‘risida ma’ruza qildilar. Falsafa doktori (PhD) S.Boltaboyev esa qo‘lozma manbalarning ilmiy transkripsiyaga o‘girishning muammoli o‘rinlari va yechimlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Dotsent A.Alimbekov Navoiyning turklarga ta’siri masalasi to‘g‘risida “Bir turk dostoni”ni gapirib o‘tdi. Tadqiqotchi O.Madaliyeva esa Navoiy devonlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarni aytib o‘tdilar. Tinglangan barcha ma’ruzalar bir-biridan qiziq bo‘lib, savol-javobda bu fikrlar o‘z tasdig‘ini topdi.
V Dushanbe otkriti pamatniki Alisheru Navoi i Abduraxmanu Djami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2018
Dushanbeda Alishera Navoiy haykali ochildi
Kengash majlisida TDShU professori M.S.Imomnazarovning "Ma’naviy kamolot ehtiyoji yoxud insoniyat ma’naviy takomilida Alisher Navoiy nazariy qarashlarining ahamiyati", O‘zR FA Mexanika instituti dotsenti M.Safarboyevning "Vahdat ul-vujud" Navoiy va Ogahiy misolida", TDShU dotsenti R.H.Sharipovning "Badiiy tafakkur sir-sinoatlari" mavzusidagi ma’ruzalari ishtirokchilarda alohida qiziqish uyg‘otdi.
Sho‘’ba majlisi muhokamalarida qatnashgan f.f.d. prof. B.Karimov Alisher Navoiy asarlarini anglashda o‘rta turkcha muhim ahamiyat kasb etishi, turkiy tillarda hozirgi kunda 300 mln.ga yaqin kishi so‘zlashayotgani, turkiy tilning arab tili singari dunyo tiliga aylanishi uchun o‘rta turkchaga ehtiyoj borligini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0