O‘zbekiston ilk bor YeOIK yig‘ilishida ishtirok etdi

© Press-slujba MIVT UzbekistanaZamestitel premyer-ministra, ministr IVT Uzbekistan S.Umurzakov prinyal uchastie v ocherednom zasedanii Soveta Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii
Zamestitel premyer-ministra, ministr IVT Uzbekistan S.Umurzakov prinyal uchastie v ocherednom zasedanii Soveta Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeOIK) Kengashining yig‘ilishida O‘zbekiston nomidan bosh vazir o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov qatnashdi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeOIK) Kengashining shu yil 29-yanvar kuni onlayn o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) da kuzatuvchi maqomini olgan mamlakat sifatida birinchi marta O‘zbekiston vakili ishtirok etdi.
Gosudarstvennie flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston ilk bor YeOII hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi
YeOIK yig‘ilishida Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, YeOII raisi A.Smailov, Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari A.Overchuk, Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchisi A.Novikov, Belarus bosh vazirining o‘rinbosari S.Petrishenko, Armaniston bosh vazirining o‘rinbosari M.Grigoran va YeOIK Kengashi raisi M.Masnikovich qatnashdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston nomidan bosh vazirning o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov qatnashdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari o‘z nutqida kuzatuvchi mamlakat maqomidagi O‘zbekiston va YeOII o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. Teng huquqlilik, o‘zaro manfaatdorlik va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida konstruktiv hamkorlik qurishning ahamiyati qayd etildi.
Yig‘ilish kun tartibiga savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat kooperatsiyasining keng ko‘lamli masalalari kiritildi. Mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik va farmatsevtika tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor yo‘nalishlarda sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan to‘rt yil mobaynida O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmi 75 foizga o‘sgan. Bugungi kunda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 30 foizdan ortig‘i YeOII davlatlariga to‘g‘ri keladi.
Yangiliklar lentasi
0