O‘zbekistonda koronavirusning "britancha shtamm"i qayd etildi

© Sputnik / Kirill Shipitsin / Mediabankka o‘tishVrach derjit v rukax masku dlya iskusstvennoy ventilyatsii legki
Vrach derjit v rukax masku dlya iskusstvennoy ventilyatsii legki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda bemorning umumiy holati qoniqarli, shikoyatlari yo‘q, tegishli tibbiy standartlar bo‘yicha davo muolajalarini olmoqda. Bemor bilan birga bo‘lgan oila a’zolarida manfiy natija aniqlangani sababli uy sharoitida izolyatsiyaga ruxsat berilgan.
TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusning "britancha shtamm"i qayd etildi, bu haqda SSV Matbuot xizmatiga Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev xabar berdi.
Mashina skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus "britancha" shtammi bilan kasallangan bolalarda kuzatilayotgan 5 ta alomat
2010 yilda tug‘ilgan poytaxtlik fuqaro Sh. oila a’zolari bilan birgalikda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga safar qilib, 2021-yilning 23-yanvar kuni Toshkentga qaytgan.
O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, xalqaro aeroportda fuqarodan ekspress usulida test olinganda, unda musbat natija qayd qilingan. Shundan so‘ng, bemor zudlik bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tez yordam mashinasida olib kelingan. Shifoxonada o‘sha kunning o‘zida funksional-klinik tekshiruvlardan o‘tkazildi va unga “COVID-19”ning simptomsiz kechishi tashxisi qo‘yildi.
— SARS-CoV-2 virusi genomini o‘rganish uchun Innovatsion rivojlantirish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markaziga yuqumli kasalliklar shifoxonasidan PZR usulida olingan 33 ta musbat natijali tomoq-burun namunasi “britancha shtamm”ni aniqlash maqsadida yuborilgandi, — deydi Bahodir Yusupaliyev. — Ushbu namunalar PZR skriningi orqali birinchi bosqich tekshiruvidan o‘tkazilgan. Natijada, ular orasida mutatsiyaga uchragan namunalar ham aniqlangan. Kuni kecha ikkinchi test bosqichida mutatsiya aniqlangan namunalardan birining genom qismlarida "britancha shtamm"ga xos bo‘lgan qo‘shimcha mutatsiya mavjudligi tasdiqlangan. Bu namuna esa 10 yoshli bemor Sh. (qiz bola)ga tegishli ekani ma’lum bo‘lgan.
Preduprejdenie zakritii fransuzskoy granisi na vyezde v port Duvr v Kente na yugo-vostoke Anglii - Sputnik O‘zbekiston
"Oldingilaridan ancha xavfli": Britaniyada tarqalayotgan virus haqida olimlar xulosasi
Hozirda bemorning umumiy holati qoniqarli, shikoyatlari yo‘q, tegishli tibbiy standartlar bo‘yicha davo muolajalarini olmoqda. Bemor bilan birga bo‘lgan oila a’zolarida manfiy natija aniqlangani sababli uy sharoitida izolyatsiyaga ruxsat berilgan.
"Sog‘liqni saqlash vazirligi ana shu vaziyatdan kelib chiqib, yana bir bor aholini hushorlikka, jamoat hamda ish joylarida tibbiy niqobni to‘g‘ri va doimiy tarzda taqib yurishga, ijtimoiy masofani saqlash, qo‘llarni muntazam yuvib turish kabi kundalik odatlarni kanda qilmaslikka chaqirib qoladi", - deyiladi xabarda.
Vazirlik o‘zbekistonliklardan zarurat bo‘lmaganda chet el safarlariga vaqtincha chiqmay turishni so‘ragan.
Yangiliklar lentasi
0