https://oz.sputniknews.uz/20210121/okimlik-khodimi-15-ming-dollar-bilan-lga-tushdi-15839814.html
Hokimlik xodimi 15 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
Hokimlik xodimi 15 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
Sputnik O‘zbekiston
Urgut tuman hokimligi xodimi fuqarolarning biridan Urgut erkin iqtisodiy zonasi hududidan yer ajratib berish evaziga 30 ming dollar so‘ragan 21.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-21T21:55+0500
2021-01-21T21:55+0500
2021-01-21T22:44+0500
yangiliklar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/04/14905184_0:153:3097:1895_1920x0_80_0_0_5d96237633e2a967904c316454972577.jpg
TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. Hokimlik xodimi 15 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matubot-xizmati.Urgut tuman hokimligi xodimi fuqarolarning biridan Urgut erkin iqtisodiy zonasi hududidan yer ajratib berish evaziga 30 ming dollar so‘rab, undan 15 ming dollarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil davomida respublika bo‘yicha jami 1148 ta jinoyat ishi bo‘yicha 1723 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 9 nafari respublika, 45 nafari viloyat va 1669 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 835 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 227 nafari firibgarlik, 132 nafari pora olish (berish) va pora olish-berishda vositachilik qilish, 58 nafari mansab mavqeyini suiiste’mol qilish, 31 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, 25 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 16 nafari mansab soxtakorligi va 399 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etishgan.Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 500,1 mlrd. so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. Tergov jarayonida ushbu zararning 355,7 mlrd. so‘mi undirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20201109/Bukhoro-viloyati-sanitariya-epidemiologiya-nazorati-bosharmasi-boshlii-pora-bilan-lga-tushdi-15358962.html
https://oz.sputniknews.uz/20200126/Sirdarda-IIB-khodimiga-pora-bermochi-blgan-ta-tazhribali-foisha-lga-olindi-13305213.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/04/14905184_182:0:2913:2048_1920x0_80_0_0_ca1b3b73395434866c6ec90487d020d7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangiliklar
Hokimlik xodimi 15 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
21:55 21.01.2021 (yangilandi: 22:44 21.01.2021) Urgut tuman hokimligi xodimi fuqarolarning biridan Urgut erkin iqtisodiy zonasi hududidan yer ajratib berish evaziga 30 ming dollar so‘ragan
TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. Hokimlik xodimi 15 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matubot-xizmati.
Urgut tuman hokimligi xodimi fuqarolarning biridan Urgut erkin iqtisodiy zonasi hududidan yer ajratib berish evaziga 30 ming dollar so‘rab, undan 15 ming dollarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil davomida respublika bo‘yicha jami 1148 ta jinoyat ishi bo‘yicha 1723 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 9 nafari respublika, 45 nafari viloyat va 1669 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 835 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 227 nafari firibgarlik, 132 nafari pora olish (berish) va pora olish-berishda vositachilik qilish, 58 nafari mansab mavqeyini suiiste’mol qilish, 31 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, 25 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 16 nafari mansab soxtakorligi va 399 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etishgan.
Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 500,1 mlrd. so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. Tergov jarayonida ushbu zararning 355,7 mlrd. so‘mi undirilgan.