Gol ursam uzog‘i bilan bir kun eslab yuraman - Eldor Shomurodov

Obuna bo‘lish
Eldor Shomurodovning rossiyalik 13 yoshli havaskor sharhlovchi Maksim Istominga bergan intervyusini o‘zbek tilida e’tiboringizga havola etamiz.
TOShKENT, 21 yanv- Sputnik. "Jenoa" jamoasining rasmiy kanalida Eldor Shomurodovning muxlisi, rossiyalik 13 yoshli havaskor sharhlovchi Maksim Istomin olgan intervyusi e’lon qilindi. Quyida ushbu intervyu.
- Salom Eldor, salom muxlislar. Birinchi savolim, sizning ismingizni Eldor yoki Eldor?
- Eldor, yumshatir belgisi yo‘q. 
- Futbolga qanday kelib qolgansiz?
- Men 6-7 yoshimda futbol o‘ynashni boshlaganman. Biz futbolchi oilamiz desak ham bo‘ladi. Otam, ikki tog‘am, akam futbolchi. Oilamizda hamma futbolga qiziqadi. Shuni uchun ham men futbolga qiziqib ketganman.
Eldor Shomurodov vo vremya igri - Sputnik O‘zbekiston
“Yuventus” Eldor Shomurodovga bo‘lgan qiziqish haqidagi xabarga izoh berdi
Ko‘pchillik menga otam yaxshi hujumchi bo‘lgan deyishadi. Shuni uchun men ham hujumchi bo‘lishni orzu qilganman.
- Siz dastlab Rostovda himoyachi o‘rnida maydonga tushgan edingiz, keyin hujumchi bo‘lib chiqdingiz va darrov muvaffaqiyat qozondingiz. Bu qanday sodir bo‘lgan edi?
- Hozir sizni hayron qoldiraman - men hech qachon himoyachi bo‘lmaganman. Ha, lekin qaysidir o‘yinda murabbiy meni hujumchi-himoyachi sifatida maydonga chiqargan edi. Terma jamoada 1-2 yil yarim himoyada o‘ynaganman.
- Oilangiz bilan munosabatlaringiz qanday? Ularni sog‘inasizmi?
- Oilamiz juda katta bayramlarni birga o‘tkazishga harakat qilamiz. Hammamiz yig‘ilganimizda xuddi tug‘ilgan kun yoki boshqa bayramdek bo‘ladi. 
So‘nggi vaqtlarda uyga kelganimda biz butun oila bo‘lib futbol ham uynaymiz. O‘zimizni 7 kishilik ikkita jamoamiz bor, mini-futbol o‘ynaymiz. Oilamizda futbolchilar ko‘p bo‘lgani uchun  yaxshi futbolchilar ko‘p. Shuni uchun har doim ham meni ishtirokimdagi jamoa g‘alaba qozonavermaydi. Men hozir ana shunday uchrashuvlarni juda sog‘inganman.
- Jenoada nima sababdan 61 raqamni olishga qaror qildingiz?
- Men bu yerga kelganimda 14 nomer band edi. Qaysi raqamni olishni o‘ylab turganimda, mening bir do‘stim 61 raqamni olsang Rostovdagi muxlislaring xursand bo‘lishadi, deb maslahat berdi. (Rossiya viloyatlari ro‘yxatida Rostov - 61 o‘rinda) Shundan so‘ng 61 raqamni olishga qaor qildim.
- Siz bolalikdan uchrashishni orzu qilgan futbolchi bormi?
Eldor Shomurodov zabil vtoroy mach za Djenoa v 16-m ture Serii A - Sputnik O‘zbekiston
Eldor Shomurodov Ronaldu bilan bir klubda to‘p surishi mumkin
- Men har doim aytganman, mening kumirim Fernando Torez va Didye Drogba. Men ular bilan uchrashib ularning avtografini olsam xursand bo‘lardim.
- "Jenoa" klubida kimning o‘yini sizga yoqadi?
- "Jenoa"da hamma top o‘yinchilar yig‘ilgan. Ular jamoa bo‘lib o‘ynaganda yanada yaxshiroq natija ko‘rsatadi.
Yosh futbolchilarga qanday maslahat bergan bo‘lardingiz? Eng muhimi nima?
- Eng muhimi - har doim futbol haqida o‘ylash. Agar sen futbolni tanlagan bo‘lsang, futbol xaqida o‘ylash kerak, ko‘proq ish bajarishga harakat qilish kerak. O‘ziga ishonish va ko‘yilgan maqsad sari intilish kerak.
- Demak asosiysi ko‘proq ishlash kerak?
- Ha, diqqat bilan qunt bilan ishlash kerak. Fubolda arzimas narsa yo‘q. Har bir narsaga e’tibor berish kerak.
- Sizda xobbi bormi, futboldan bo‘sh vaqtingizda nima bilan shug‘ullanasiz?
Forvard Djenoa Eldor Shomurodov vo vremya matcha - Sputnik O‘zbekiston
Eldor Shomurodovning golli uzatmasi “Jenoa”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi
- Xozir bo‘sh vaktim juda kam. Ota-onam bilan gaplashaman, italyancha gaplashishni o‘rganayapman.
- "Jenoa"da o‘zbek restoranini topdingizmi?
- Yo‘q, bu yerda o‘zbek oshxonasi yo‘q.Lekin menga Italiya ovqatlari ham yoqdi. Ayniqsa, rizotto.
- Rostovdan so‘ng Genuya haqida taasurotlaringiz qanday?
- Yaxshi, bu yer juda chiroyli tarixiy shahar ekan, dengiz yonida. Men Monte Pesh degan joyda bo‘ldim. U yerdan butun Genuya ko‘rinadi. Bu yerda ham odamlar futbolni yaxshi ko‘radi, "Jenoa"ga jamoasiga muxlislik qiladiganlar ko‘p.
- Sizda "Jenoa"dagi birinchi muvaffaqiyatli uzatmangiz, birinchi golingiz haqida qanday taassurot qoldi?
- Men kechagi kun bilan yashamaslikka harakat qilaman, bo‘lib o‘tgan o‘yinni tezroq unutishga harakat qilaman. Gol ursam uzog‘i bilan bir kun eslab yuraman keyin unutaman. Yangi o‘yinga tayyorgarlik ko‘raman.
- Kelajakda qanday rejalaringiz bor?
Eldor Shomurodov posle zabitogo gola vo vremya futbolnogo matcha  mejdu FK Djenoa i Parmoy  - Sputnik O‘zbekiston
Eldor Shomurodov Italiyada birinchi golini urdi
- Men futbolchi sifatida usishga harakat qilaman, qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishga, g‘alaba qozonishga harakat qilaman.
Men jamoa bilan biror trofey (kubok)  yutib olishga harakat qilaman, Jenoa bilan, lekin asosiysi - O‘zbekiston terma jamoasi bilan Jahon chempionatiga chiqish.  Bu mening asosiy maqsadim.
Yaqinda ota bo‘lingiz. Nimalarni his qilayapsiz?
- Bunga haliyam ishongim kelmaydi. Juda xursandman. Unga qarab turib o‘zimni ko‘rgandek bo‘laman. Farzandimga tug‘ilganiga bugun 25 kun bo‘ldi. Ular hozir Toshkentda.  Yaqinda kelishi kerak. Uni juda sog‘indim.
Futbol sharhlovchisi bo‘lishni istaysizmi?
- Men ko‘p gapirishni uncha yoqtirmayman, shuni uchun mendan komentator chiqmasa kerak, lekin siz buni juda yaxshi uddalayapsiz. Men sizning izohlaringizni eshitganman. 
Rahmat, Sizga katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.


Yangiliklar lentasi
0