O‘zbekistonlik migrantlar Rossiyada nafaqat qurilishlarda kerak – Postavnin

© Sputnik / Ruslan KrivobokVacheslav Postavnin
Vacheslav Postavnin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Migratsiya- XXI asr” fondi prezidenti Vacheslav Postavnin Rossiyada xorijliklar uchun mehnat bozorida talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatni ushlab turishga imkon beradigan tizim yaratish zarur deb hisoblaydi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat oldiga Rossiya hududidagi qurilish-montaj ishlariga mehnat migrantlarini soddalashtirgan holda jalb qilish masalasini ko‘rib chiqishni qo‘ydi. Vazirlar mahkamasi bu topshiriqni joriy yil 1-martiga qadar bajarishi kerak.
Sbor urojaya klubniki - Sputnik O‘zbekiston
Astraxan viloyatida qaysi sohalarda migrantlarga talab yuqoriligi aytildi
“Migratsiya - XXI asr” fondi prezidenti Vacheslav Postavnin Rossiyada ishchi kuchi yetishmasligi muammosi nafaqat qurilish sohasi, balki qishloq xo‘jaligida ham mavjudligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning janubiy viloyatlarida o‘zbekistonlik migrantlarga har qachongidan ham zarur.
“Ishbilarmonlar ularning issiqxona xo‘jaliklariga O‘rta Osiyo, avvalo O‘zbekistondan ishchilar juda zarurligini aytishmoqda”, - deydi Postavnin Sputnik agentligi bilan suhbatda.
U muammoni hal qilishga Rossiya Qishloq xo‘jaligi ham e’tibor qaratishi lozim deb hisoblaydi.
Rabochiy na stroyploshadke - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlarsiz ish bo‘lmaydi: Rossiya qurilish kompaniyalari xorijliklarni kutmoqda
Postavnin Rossiyada bugungi kunda yetarlicha ishsiz quruvchi migrantlar borligini taxmin qildi. Ehtimol, ularni topib, to‘plab va kerakli joylarga olib borish kerakdir, deb ta’kidladi u. Ammo mamlakatda hozircha bunday mexanizm yo‘q.
“Menimcha, allaqachon mamlakatda bo‘lib turganlarni ish bilan ta’minlagan yaxshiroq. Bu barcha jihatdan to‘g‘ri. Chunki migrantlar nafaqat Rossiyada ishlayotgan, balki bu yerda barcha o‘z muammolari bilan yashayotgan insonlar”, - deydi Postavnin.
Uning fikriga ko‘ra, mehnat bozorida talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatni ushlab turishga, odamlarni mamlakat bo‘ylab taqsimlashga, ularning malakalarini aniqlashga imkon beruvchi tizim lozim.
Yangiliklar lentasi
0