O‘zbekistonlik FIFA hakami kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani uchun jazolandi

Obuna bo‘lish
FIFA va OFK hakami Sherzod Qosimov bir qator futbol uchrashuvlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgani aniqlandi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA)  hakam Sherzod Qosimovni kelishilgan o‘yinlardagi ishtiroki sabab 3-yilga futboldan chetlatdi.
O‘FA Etika qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida FIFA va OFK hakami Sherzod Qosimov bo‘yicha aniqlangan holatlar ko‘rib chiqilgan.  U bir qator futbol uchrashuvlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgani aniqlangan.
Futbol. Kubok konfederatsiy-2017. Trenirovka sbornoy Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onadagi futbol janjali aybdorlari qanday jazolandi
“Sherzod Qosimov O‘FA intizom kodeksining 5.44 bandiga asosan uch yil muddatga futbolga oid har qanday faoliyatdan chetlashtirish xususidagi qaror qabul qilindi”, - deyilgan O‘FA xabarida.
Mazkur qaror O‘FA tomonidan rasmiy tarzda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘FA Etika qo‘mitasi 2020-yilning noyabr oyida yuqoridagi bandga ko‘ra, bir qator hakamlarga jazo choralarini qo‘llagandi. Xususan, FIFA, OFK hakami Jasur Muxtorov 5-yilga, O‘FA hakami Temur To‘xtasinov bir yilga va O‘FA hakami Asker Najafaliyev esa 2020-yilgi mavsum oxirigacha futbolga oid faoliyatdan chetlatilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0