Jizzax viloyatining uch tumani va bir shahrida hokimlar o‘zgardi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPortfel
Portfel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzax viloyatining Zafarobod, Mirzacho‘l va Forish tumanlarida hokim o‘zgardi. Shuningdek, Jizzax shahriga yangi hokim tayinlandi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Bugun, 19-yanvar kuni Jizzax viloyati Xalq deputatlari Jizzax shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Jizzax shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Akbar Shukurovning boshqa lavozimga o‘tgani munosabati bilan shahar hokimi lavozimiga Komil Xolmurodov nomzodi ma’qullandi.
Komil Xolmurodov bugun Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimidan ozod etilgan edi.
V zale zasedaniy - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istonda birdaniga uchta hokim o‘zgardi
Uning o‘rniga Mirzacho‘l tumaniga hokim etib, 2016-yildan buyon “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Sherzod Ahmedov tayinlandi.
Xalq deputatlari Zafarobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Ibrohim Qarshiboyev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi. 
Sessiyada deputatlar Nodirbek Radjapovni tuman hokimi etib tasdiqladi. 
Nodirbek Rajapov bungacha Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 
Xalq deputatlari Forish tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi Abdivali Mustanov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi. 
Ikrom Matiyev nomzodi deputatlar tomonidan Forish tuman hokimi lavozimiga ma’qullandi.
U bunga qadar Yangiobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0