Dunyo okeanida ustuvorlik qilish: AQSh dengiz flotining 10-yillik rejasi

Obuna bo‘lish
Amerikaliklarning to‘q hayotini ta’minlash maqsadida AQSh floti dunyo okeanida ustuvorlik qilishi kerak. Bu yo‘lda ular Rossiya va Xitoyga qarshi kuchli  raqobatga tayyor bo‘lishi kerak.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik, Nikolay Protopopov. “To‘xtatib turish va g‘alaba qozonish” – AQSh Harbiy-dengiz floti (HDF) shtabi boshlig‘i admiral Maykl Gildey yaqin 10-yillikka mo‘ljalangan “Navigatsiya rejasini” imzoladi. Ushbu hujjatning asosiy mazmuni – amerikaliklarning tinch va to‘q hayotini ta’minlash maqsadida dunyo okeanida ustuvorlik qilish.   

Raqiblar

Hujjat mualliflari aytishiga ko‘ra, Amerika fuqarolarining faravonligini ta’minlash uchun, Amerika floti uzoq muddatli, nafaqat 10-yil balkim butun 21-asr davomida, kuchli  raqobatga tayyor bo‘lishi kerak.
Atomnaya podvodnaya lodka (APL) Yuriy Dolgorukiy - Sputnik O‘zbekiston
Sharqiy qirg‘oq Amerika floti uchun xavfsiz boshpana bo‘lmay qoldi - AQSh vitse-admirali
Bu borada AQShning asosiy raqiblari va global tinchlikni “buzuvchilar” – Rossiya va Xitoy. Amerikalik admirallar xulosaliga ko‘ra, ushbu davlatlar dengizda erkinlikni cheklamoqda.   
Moskva va Pekin noqonuniy ravishda o‘z hududidan tashqarida bo‘lgan “qimmatbaho dengiz resurslaridan” foydalanishni  cheklashga urinmoqda, kuch bilan “qo‘shnilarini qo‘rqitish” bilan shug‘ullanmoqda va muhim dengiz yo‘llarini “raketa nishoni ostida ushlab turmoqda”. 
Shuningdek, Rossiyada zamonaviy gipertovush tezligida harakatlanuvchi raketalar, yangi suv osti kemalari, taktik yadroviy qurollar ishlab chiqarilayotgani Amerika tomonidan keskin qarshilik bilan kutib olinmoqda. Pentagon xabariga ko‘ra, Rossiya dengiz floti butun dunyo bo‘yicha faolligini oshirmoqda, shu sababli “Rossiyani ishonchli nazorat ostiga olish kerak”, deyilgan AQSh doktrinasida.
Ildam rivojlanib borayotgan Xitoy dengiz floti ham, amerikalik tahlilchilar xulosasiga ko‘ra, Vashington uchun nafaqat yangi chaqiriq balkim uzoq muddatli va o‘tkir xavfga aylanmoqda.
Goroda mira. Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston
"Xitoy floti 72 soat ichida yo‘q qilinadi" - Bayden jamoasi reja tuzmoqda
“Navigatsiya rejasi”da aytilishiga ko‘ra, AQSh – dengiz davlati va uning rivojlanishi va xavfsizligi uning dengizda ustuvorlikni saqlab qolish qobiliyatiga bog‘liq. Buning uchun AQSh o‘zining harbiy-dengiz kuchini saqlab qolishi va uni “Dunyo okeanining har bir qarichiga”  tarqatishi kerak. Amerikaliklar dunyoning xalqaro huquq tomonidan ruxsat berilgan har bir burchagiga uchish va suzish imkoniyatini saqlab qolishi kerak.
Shuningdek, AQSh ayrim davlatlarning “haddan ortiq dengiz ambitsiyalarini” cheklab turishi va ularning jangovar imkoniyatlarini cheklash uchun dunyoning istadgan nuqtasida  o‘z harbiy-dengiz kuchlarini joylashtirish huquqiga ega bo‘lishi kerak.

Flotni kuchaytirish

Ballistik raketalar bilan jihozlangan atom suv osti kemalari AQShni yadroviy hujumdan saqlab qoladi, maxsus kuchlar esa har qanday raqibga kutilmaganda  zarba berishi mumkin.  Amerika admirallari aytishiga ko‘ra, AQSh harbiy-dengiz kuchlari quruqlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har qanday qirg‘oqqa desant tushirishga tayyor.
Bazoviy tralshik BT-115 Pavel Xenov i storojevoy korabl proyekta 22350 (fregat) Admiral flota Kasatonov - Sputnik O‘zbekiston
Harbiy dengiz floti "Shimoliy oqim-2"ni qurayotgan kemalarni o‘z himoyasiga oldi
AQSh harbiy dengiz kuchlari “agressiyani cheklab turish uchun” eng zamonaviy axborot, kibernetik texnologiyalari va dengizdan, suv ostidan va havodan  turib hujum qiluvchi qurollarga ega.
Yaqin yillarda dengizdagi qarama-qarshiliklarda ustuvorlikni AQSh sun’iy ong bilan bog‘lamoqda. AQSh admirallari xulosaliga ko‘ra, ushbu tizimlar jangda o‘z ustuvorligini isbotlagan. Shu sababli dengiz floti ularni ommaviy qo‘llagan holda yangilanadi.
Inson ishtirokisiz boshqariladigan dengiz platformalari ham “juda muhim”. Ular razvedkada, kuzatuvda va hujumda dengiz floti imkoniyatlarini kuchaytiradi. O‘n yillik oxirida HDF shaxsiy tarkibi robotlashtirilgan apparatlar bilan yaqin hamkorlikda ishlashni o‘rganishi kerak.
AQSh HDF xulosasiga ko‘ra, belgilangan barcha maqsadlarni amalga oshirish uchun flotni kengaytirish va kuchaytirish kerak. Yanada ko‘proq atom suv osti kemalari, yuqori hujum imkoniyatiga ega bo‘lgan harbiy korabllar kerak. Yangi korabllar “Sozvezdiye”ga o‘xshagan kichik o‘lchamli bo‘lishi kerak.
Rossiyada Harbiy dengiz floti kuni nishonlandi - Sputnik O‘zbekiston
Atom suv osti kemalari, desant va aviatsiya: Rossiyada Harbiy-dengiz floti kuni nishonlandi
Pentagon aviatashuvchilarni ham o‘z hisobidan chiqarmaydi. Aviatashuvchilar hali ham AQSh kuchini namoyish qiluvchi asosiy vosita bo‘lib qolmoqda. Shuningdek “Kolumbi” va “Virjiniya” klassidagi atom suv osti kemalari ham muhim ahamiyatga ega.

“Raqamli” va lazer texnologiyalar

AQSh HDF rahbariyati aytishiga ko‘ra, faqat zamonaviy texnika bilan masala hal bo‘lmaydi. Shaxsiy tarkibni o‘qitish ham – muhim ahamiyatga ega. Admirallar aytishiga ko‘ra “dengizchilar nafaqat xavflarga tezkor javob berishi, balkim o‘sha davlat fuqarolari mentalitetini yaxshi bilgan holda, raqib harakatlarini oldindan bilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak”.
Butun Yer shari bo‘ylab Shimoldan Tinch okeanining g‘arbigacha “bo‘lajak mojarolar” ssenariylari mashq qilinadi. Masalan bu yil, AQSh HDF aviatashuvchi guruhlari ishtirokida desant manyovrlari o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Ushbu mashg‘ulotlarda bu yil birinchi marta, eng zamonaviy qurollar bilan jihozlangan kichik taktik kiber-guruhlar ishtirok etadi. Admiral Gildey aytishiga ko‘ra, ushbu manyovrlar ko‘lami “eng yangi tarixda” misli ko‘rilmagan darajada bo‘ladi.
Repetitsiya parada ko Dnyu VMF v gorodax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Britaniyaliklar Rossiya floti qudratini tan olishdi
AQSh HDF strategiyasida axborot va raqamli texnologiyalar markaziy o‘rin egallagan. Ular ishtirokisiz harbiy mashg‘ulotlarni tasavvuri qilish qiyin. “Raqamli texnologiyalar” dengiz jangini tez va samarali olib borish imkonini beradi.
HDF tahlilchilari raqib AQSh himoyasini “juda ko‘p raketalar yordamida yorib o‘tishni” rejalashtirmoqda, deb hisoblaydi. Shu sababli Pentagon ko‘plab mobil va statsionar radarlar tizimidan foydalanishni rejalashtirgan. Undan tashqari AQSh suv usti va osti harbiy kemalari va uchuvchisiz apparatlarining himoya xususiyatlarini kuchaytirishni rejalashtirgan. Yaqin masofa janglarida esa an’anaviy qurollar bilan birga energetik quroldan foydalanish ham rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0