https://oz.sputniknews.uz/20210114/Oilali-migrantlarni-deport-ilmaslik-taklif-etildi-15790679.html
Oilali migrantlarni “deport” qilmaslik taklif etildi
Oilali migrantlarni “deport” qilmaslik taklif etildi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat Dumasining nazorat va reglament bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan migratsiya qonunchiligiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida hujjat ishlab chiqildi. 14.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-14T20:20+0500
2021-01-14T20:20+0500
2021-04-02T20:27+0500
migratsiya
deportatsiya
iiv
migrantlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1386/86/13868686_0:0:3177:1787_1920x0_80_0_0_5eecd7609331c54bd64ddcc1840e2402.jpg
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Davlat Dumasining Nazorat va reglament qo‘mitasi deputati Natalya Kostenko tomonidan migratsiya qonunchiligiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida hujjat ishlab chiqildi. Unda aytilishicha, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan chet elliklar deportatsiya qilish o‘rniga Rossiyada qoldirish zarur.Hujjat loyihasiga ko‘ra, agar migrantlar Rossiyada yaqin qarindoshlari - Rossiya fuqarosi bilan birga yashasa, ularni vaqtincha yashash ruxsatnomasi, yashash guvohnomasi bekor qilinmaydi yoki Rossiyaga kirishga cheklov qo‘yilmaydi.Hozir qonunchilikka asosan agar chet el fuqarosi jamoat tartibi va xavfsizligini buzish, narkotik moddalar savdosi yoki migratsiya qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik uchun yiliga ikki yoki undan ortiq marta javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma (RVP) yoki yashash guvohnomasi (VNJ) bekor qilinadi.Xuddi shu sabablar bilan chet el fuqarosi Rossiyaga kiritilmasligi mumkin - ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi so‘nggi qaror kuchga kirgan kundan boshlab besh yil davomida kirish taqiqlanadi. Masalan, chet el fuqarosi yashash joyini tasdiqlovchi yillik bildirishnomani ikki marta topshirish muddatini o‘tkazib yuborsa, RVP bekor qilinishi mumkin. Natalya Kostenko taklif qilgan qonun loyihasida, bu choralarni yaqin qarindoshi - mamlakatda doimiy yashovchi Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lgan chet el fuqarosiga nisbatan qo‘llanmaslik taklif etilgan.Deputat tushuntirishicha, bugungi kunda chet el fuqarosini Rossiyada yashash imkoniyatidan mahrum qilganda, uning bu yerda Rossiya fuqarolaridan iborat oilasi borligi doim ham hisobga olinmaydi. Natijada migrant Rossiyada yaqin qarindoshlari bilan yashash, bolalarni tarbiyalash va ularni boqish, mamlakatda ishlash imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu masalalar Ichki ishlar vazirligi vakillari bilan muhokama qilingan va ular migrantga nisbatan oqibatlar har doim ham huquqbuzarlik xavfiga mos kelmasligini ta’kidlab, ichki ishlar organlarida bunday vaziyatda mos keladigan qarorni qabul qilish uchun yetarli vositalar yo‘qligiga e’tibor qaratdi.Qanday huquqbuzarlik qilishiga bog‘liqDavlat Dumasining MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Viktor Vodolaskiyning fikriga ko‘ra, qonun loyihasini diqqat bilan ko‘rib chiqish kerak.U RFda oilasi bo‘lgan boshqa davlat fuqurolariga yengillik aynan qaysi huquqbuzarliklar hisobga olinishi muhimligini ta’kidladi."Agar u yo‘lni noto‘g‘ri joyda kesib o‘tib, jarimaga tortilgan bo‘lsa, demak, tabiiyki, uni oilasidan mahrum qilish mumkin emas, ammo u narkotik moddalarni sotgan bo‘lsa, demak, uning mamlakatimizda qiladigan ishi yo‘q”, - deydi deputat.
https://oz.sputniknews.uz/20210114/Menat-migrantlari-onlayn-ravishda-moddiy-rdam-olishlari-mumkin-15789259.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1386/86/13868686_188:0:2917:2047_1920x0_80_0_0_b799f093ddce6e7be83c98fdf2446d6f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, deportatsiya, iiv, migrantlar
migratsiya, deportatsiya, iiv, migrantlar
Oilali migrantlarni “deport” qilmaslik taklif etildi
20:20 14.01.2021 (yangilandi: 20:27 02.04.2021) Davlat Dumasining nazorat va reglament bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan migratsiya qonunchiligiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida hujjat ishlab chiqildi.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Davlat Dumasining Nazorat va reglament qo‘mitasi deputati Natalya Kostenko tomonidan migratsiya qonunchiligiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
hujjat ishlab chiqildi. Unda aytilishicha, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan chet elliklar deportatsiya qilish o‘rniga Rossiyada qoldirish zarur.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, agar migrantlar Rossiyada yaqin qarindoshlari - Rossiya fuqarosi bilan birga yashasa, ularni vaqtincha yashash ruxsatnomasi, yashash guvohnomasi bekor qilinmaydi yoki Rossiyaga kirishga cheklov qo‘yilmaydi.
Hozir qonunchilikka asosan agar chet el fuqarosi jamoat tartibi va xavfsizligini buzish, narkotik moddalar savdosi yoki migratsiya qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik uchun yiliga ikki yoki undan ortiq marta javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma (RVP) yoki yashash guvohnomasi (VNJ) bekor qilinadi.
Xuddi shu sabablar bilan chet el fuqarosi Rossiyaga kiritilmasligi mumkin - ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi so‘nggi qaror kuchga kirgan kundan boshlab besh yil davomida kirish taqiqlanadi. Masalan, chet el fuqarosi yashash joyini tasdiqlovchi yillik bildirishnomani ikki marta topshirish muddatini o‘tkazib yuborsa, RVP bekor qilinishi mumkin. Natalya Kostenko taklif qilgan qonun loyihasida, bu choralarni yaqin qarindoshi - mamlakatda doimiy yashovchi Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lgan chet el fuqarosiga nisbatan qo‘llanmaslik taklif etilgan.
Deputat tushuntirishicha, bugungi kunda chet el fuqarosini Rossiyada yashash imkoniyatidan mahrum qilganda, uning bu yerda Rossiya fuqarolaridan iborat oilasi borligi doim ham hisobga olinmaydi. Natijada migrant Rossiyada yaqin qarindoshlari bilan yashash, bolalarni tarbiyalash va ularni boqish, mamlakatda ishlash imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.
"Agar kishi huquqbuzarligi natijasida davlatga yetkazilgan zararni qoplagan bo‘lsa, nega u Rossiyani tark etishi, uning oilasi azob chekishi kerak?", - deydi Kostenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu masalalar Ichki ishlar vazirligi vakillari bilan muhokama qilingan va ular migrantga nisbatan oqibatlar har doim ham huquqbuzarlik xavfiga mos kelmasligini ta’kidlab, ichki ishlar organlarida bunday vaziyatda mos keladigan qarorni qabul qilish uchun yetarli vositalar yo‘qligiga e’tibor qaratdi.
Qanday huquqbuzarlik qilishiga bog‘liq
Davlat Dumasining MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Viktor Vodolaskiyning fikriga ko‘ra, qonun loyihasini diqqat bilan ko‘rib chiqish kerak.
U RFda oilasi bo‘lgan boshqa davlat fuqurolariga yengillik aynan qaysi huquqbuzarliklar hisobga olinishi muhimligini ta’kidladi.
"Agar u yo‘lni noto‘g‘ri joyda kesib o‘tib, jarimaga tortilgan bo‘lsa, demak, tabiiyki, uni oilasidan mahrum qilish mumkin emas, ammo u narkotik moddalarni sotgan bo‘lsa, demak, uning mamlakatimizda qiladigan ishi yo‘q”, - deydi deputat.